EQD=HI/EUD
100
Ehtiyojlar qondirilish darajasi odatda iste‘mol bilan taqqoslanadi. U yil
davomida aholi jon boshiga iste‘mol qilingan tovar va xizmatlar turi miqdori hisobida
baholanadi. Masalan, aholi jon boshiga iste‘mol qilingan non va non mahsulotlari, sut,
go‘sht, sabzavot, meva; har yuz oilaga to‘g‘ri keladigan uzoq muddat foydalanadigan
tovarlar: avtomobil, televizor, kir yuvish mashinasi, muzlatgich, uy-joy maydoni va
boshqalar.
Ehtiyojlarning qondirilishi umumiy tarzda aholi turmush darajasini ko‘rsatadi.
Turmush darajasi - aholi ehtiyojlarini qondirilishiga qarab baholanadi. Aholining
ehtiyojlarining qondirilishi ularning farovon yashashi, uzoq umr ko‘rishining
garovidir. Buning uchun esa ana shu ehtiyojlarni qondiradigan darajada ishlab
chiqarish zarur bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |