Resurslardan foydalanish darajasi turlicha bo‘lgani uchun barcha tovarlar
olimlariKsenofont, Platon, Aristotel shuningdek, qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston
17
va Markaziy Osiyo muttafakkirlari qarashlarida ham uchraydi. Qadimgi Hindis-
tonning «Manu qonunlari»da (bizning eramizgacha IV-III asr) ijtimoiy mehnat
taqsimoti, xukmronlik va qaramlik munosabatlari mavjud bo‘lishi qayd qilingan.
Qadimgi Xitoy mutafakkirlari xususan Konfutsiy (bizning eramizgacha 551-479
y.y.) asarlarida aqliy va jismoniy mehnatning farqlari ko‘rsatiladi, bunda birinchisi
jamiyat ―yuqori‖ qatlamlari, ikkinchisi asosiy qismi qullardan iborat bo‘lgan
«oddiy kishilar» ga tegishli bo‘lishi qo‘rsatilgan.
Iqtisodiy qarashlarning yanada rivojlanishiga qadimgi Gretsiya mutafakkirlari
munosib hissa qo‘shgan, Ksenofont (430-354 y.y.,), Platon (427-347 y.y. e.o),
Aristotel (384-322 y.y. e.o.) qarashlarini hozirgi zamon iqtisodiy fanining bosh-
lang‘ich nazariy nuqtasi sifatida tavsiflash mumkin. Bu ularning xo‘jalik
ne‘matlari asosi hisoblangan naflilik to‘g‘risidagi, ne‘matlarni to‘g‘ri ayriboshlash,
ekvivalent ayriboshlanishi va boshqa shu kabi qarashlariga tegishli.
Qadimgi Rim mutafakkirlari (S.Katona, Varrona, Kalumella) iqtisodiy
qarashlarida qulchilikning mavjud bo‘lishi asoslanadi, tabiatan barcha kishilar
tengligi qayd qilinadi, adolatli narx printsiplari, mehnat mahsulotlarini ijtimoiy
baholash, mulkchilik tushunchasi, boylik va boshqa shu kabilarga o‘z fikrlarini
bayon qilinadi.
Aristotel birinchilardan bo‘lib tovarning xususiyatini ko‘rsatib, ayriboshlash
nisbatini asoslaydi, pulning kelib chiqishi va vazifalariga o‘zining qarashlarini
bayon qiladi.
Iqtisodiyot nazariyasi fani ko‘pgina mamlakatlarda milliy bozor shakllangan
va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda dastlab «siyosiy iqtisod» nomi bilan
shakllana boshladi.
Siyosiy iqtisod grekcha so‘zdan olingan bo‘lib «politiko»–ijtimoiy, «oykos»-
uy xo‘jaligi, «nomos»–qonun, ya‘ni uy yoki ijtimoiy xo‘jalik qonunlari degan
ma‘noni bildiradi. Bu «iqtisod» tushunchasiga yaqin bo‘lib u ilmiy bilishning aniq
sohasini va yaxlit iqtisodiy munosabatlarni anglatadi. Frantsuz iqtisodchisi Antuan
de Monkreten birinchi marta «Siyosiy iqtisod traktati» (1615 y.) nomli asarida, bu
fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asosladi.
18
Iqtisodiy fan shakllanishi jarayonida bir qancha g‘oyaviy oqimlar, maktablar
vujudga kelgan. Ular jamiyat boyligining manbai nima, u qaerda va qanday qilib
ko‘payadi, degan savollarga javob topishga urinishgan. Bunday iqtisodiy
oqimlardan dastlabkisi «merkantilizm», (italyancha merkante - savdogar) deb
atalgan. Bu oqim tarafdorlari odamlarning, jamiyatning boyligi (pul, oltin)
savdoda, asosan tashqi savdoda paydo bo‘ladi, ko‘payadi, faqat savdoda band
bo‘lgan mehnat unumli mehnat, boshqalari esa unumsizdir, deb tushuntiradi.
Boshlang‘ich merkantalizm (XIV asr oxiri XVI asr o‘rtalari) monetar tizim
deb nomlanib, uning asosiy sharti pul (oltin, kumush)ni mamlakatda ushlab qolish
hisoblangan. Keyingi merkantalizm (XVII asr-XVIII asr boshlari) tashqi savdo
rivojlanishi va umuman iqtisodiy rivojlanishga pulni tashqariga chiqarishni
taqiqlash to‘siq bo‘lishini anglashgan.
Keyingi merkantalizmning Angliyadagi asosiy vakili Tomas Mann (1571-
1641) hisoblanib, u davlatning ichki va tashqi siyosatini asoslaydi. Merkantalizm
kontseptsiyasi asosan protektsionizm iqtisodiy siyosatiga tayanadi, ya‘ni ular
davlatning iqtisodiyotni boshqarishda qatnashishi, eksportning importdan ortiq
bo‘lishi va boylikni ko‘paytirishni ta‘minlashi zarurligi masalalariga e‘tibor qara-
tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: