Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

5.

 

Zamonaviy iqtisodiy qarashlar va uning rivojlanish yo’nalishlari 

XIX  asrning  70-yillaridan  boshlab  «siyosiy  iqtisod»    «iqtisod»  fani    sifatida  

talqin    qilinib,  iqtisodiyot  nazariyasida  yangi  yo‘nalish  «ekonomiks»  (inglizcha 

―ekonomiks‖ – iqtisod, xo‘jalik hayoti, iqtisodiy fan) shakllandi.  

Bu  davrdagi    yangi    iqtisodiy    kontseptsiyalar    qiymatning  mehnat 

nazariyasini inkor  qilib  diqqat markaziga  bir qator umumiy printsiplarni qo‘yadi. 

Bular:  iqtisodiy  ne‘matlar   nafliligi    uning pasayib borish   iqtisodiy  muvozanatlik 

qoidalari va boshqalar.  

      XIX asrning ikkinchi yarmidan  «marjinalizm» deb atalgan oqim vujudga kelib 

(frantsuzcha    so‘zidan  olingan  bo‘lib,  «keyingi,    qo‘shilgan»,  degan  ma‘noni 

beradi)  uning  asoschilari  Avstriya  iqtisodiy  maktabining  namoyondalari  Karl 

Menger  (1840-1921),  Fridrix  fon  Vizer  (1851-1926),  Bem  Bavrek  (1851-1914) 

hamda  ingliz  iqtisodchisi  Uilyam  Stenli  Jevons  (1835-1882)  tomonidan  keyingi 

qo‘shilgan tovar nafliligining, mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borishi, 

qonunlari    mazmuni    ochib    berildi.  Bu  oqim  iqtisod  fanida  yangi  yo‘nalish 

neoklassik,  ya‘ni  yangi  klassik  deb  nom  oldi.  Mazkur  nazariyaning  yirik 

namoyandalaridan  biri  A.Marshall    iqtisodiy  jarayonlarning  uzviy  bog‘lanishi  va 

uning  nisbatlarini  ishlab  chiqishga  harakat  qiladi,  bozor  muvozanati  va  narxni 

aniqlovchi omillar talab  va taklifdan  iborat deb qaraydi.  Bu  nazariy  yo‘nalishning 



23 

namoyondalaridan  biri    Shveytsariya  iqtisodchisi  Leon  Valras  (1834-1910)  

umumiy iqtisodiy muvozanat modelini ishlab chiqishga harakat qiladi.  

Neoklassiklar  o‘zlarini  A.Smit  va  boshqa  liberal  iqtisodchilarning  izdoshlari  

hisoblab  iqtisodiy  erkinlik  va  davlatning  bozor  mexanizmiga  aralashmaslik 

printsiplarini  qo‘llab  chiqadi.  Ularning  bosh  g‘oyasi  shundan  iboratki,  bozor 

iqtisodiyoti  muvozanatlikni  o‘z-o‘zicha  tartibga  solish  va  qo‘llab-quvvatlashga 

layoqatli, davlat faqat bozorning faoliyat qilishi uchun shart-sharoit yaratishi zarur. 

Neoklassik  oqim  tarafdorlari    shaxsiy  manfaatga  asoslangan  bozor  iqtisodiyoti 

alohida sub‘ektlari hatti-harakatiga e‘tibor  qaratadi. 

Avstriya  iqtisodiy  maktabining  namoyandasi  E.Shumpeter  «Iqtisodiy 

taraqqiyot  nazariyasi»  (1912  yil)  deb  nomlangan  kitobida  iqtisodiy  tizimlar 

o‘zgarishining  ichki  kuchlarini,  ularning  ichki  mazmunini  ko‘rsatishga  harakat 

qildi  va  u  iqtisodiyotni  harakatga  keltiruvchi  asosiy  kuch  tadbirkorlik  degan 

xulosaga keladi.  

Ingliz  iqtisodchisi  Jon  Meynard  Keyns  (1883-1946)  o‘zining  «Bandlik,  foiz 

va  pulning  umumiy  nazariyasi»  (1936  yil)  nomli  kitobida  makroiqtisodiy 

ko‘rsatkichlar:  milliy  daromad,  kapital  xarajatlar,  iste‘mol  va  jamg‘arishning 

o‘zaro  bog‘liqligini  tahlil  qilib,  investitsiya  va  iste‘mol  nisbatlarining  eng 

maqsadga  muvofiq  tarzda  qaror  topishi  iqtisodiy  taraqqiyotning  muhim  omili  deb 

ko‘rsatadi.  Keyns  ta‘limoti  ta‘sirida  iqtisodiyotda  makroiqtisodiy  tahlil  yo‘lga 

qo‘yildi.  U  davlatning  iqtisodiyotni  boshqarishda  faol  qatnashishi  zarurligini 

asoslaydi.  

Keynsning  bosh  g‘oyasi  shundan  iboratki,  bozor  iqtisodiy  tizimi 

takomillashmagan  va o‘z-o‘zini tartibga solishga  layoqatli emas,  mumkin bo‘lgan 

yuqori  bandlik  va  iqtisodiy  o‘sish  faqat  iqtisodiyotga  davlatning  faol  aralashuvi 

orqali ta‘minlanishi mumkin. 

O‘tgan  asrning  50-yillari  boshlarida  neokeynschilar  (R.  Xarrod,  E.  Domar,  E. 

Xansen  va  boshq.)  bandlik  va  inflyatsiya  o‘rtasida  optimal  nisbatni  topishga 

harakat  qilib,  iqtisodiy  o‘sish  muammosining  yechimini  ishlab  chiqadi. 

―Neoklassik  sintez‖  kontseptsiyasi  ham  shunga  yo‘naltirilgan.  Jumladan,  P. 



24 

Samuelson  neoklassik  va  Keynscha  nazariyalarni,  ishlab  chiqarishning  optimal 

darajasini ta‘minlovchi hamda talabni faollashtiruvchi omillarni bog‘lashga harakat 

qiladi.                                P.  Samuelsonning  asosiy  g‘oyasi  shundan  iboratki,  qachonki 

to‘liq  bandlikka  erishilganda  bozorning  o‘zini-o‘zi  tartiblash  tizimi  amal    qiladi  

boshlaydi.  

XX  asrning  60  –  70-yillarida  neokeynschilar  (J.  Robinson,  P.  Sraffa,  N. 

Kaldor  va  boshqalar)  daromadlarni  ancha  teng  taqsimlash,  bozor  raqobatini 

cheklash,  inflyatsiyaga  qarshi  tadbirlar  o‘tkazishni  yoqlab  keynschilikni  D. 

Rikardo g‘oyalari bilan to‘ldirishga harakat qiladi. 

Keyns  nazariyasi  g‘arb  mamlakatlarida  iqtisodiy  o‘sishning,  ancha  yuqori 

sur‘atlarini  ta‘minlash,  bandlikni  oshirish  va  umumiy  farovonlikni  o‘stirish 

imkonini  berdi.  Biroq  kuchli  jahon  iqtisodiy  inqirozlari  iqtisodiyotni  davlat 

tomonidan  tartibga  solish  jamiyatni  ishsizlik,  inflyatsiya  va  iqtisodiy  bo‘hronlarni 

bartaraf  qilishga  layoqatsiz  ekanligini  ko‘rsatdi.  Shu  sababli,  iqtisodiyot 

nazariyasidagi  yangi  yo‘nalish  –  monetarizm,  yangi  klassik  maktab  va 

neoinstituttsionalizm keynschilikni siqib chiqara boshladi.  


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish