Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet424/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   420   421   422   423   424   425   426   427   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

8.

 

O’zbekistonda milliy valyuta-so’mning barqarorligini ta’minlash 

vazifalari 

Respublikada  milliy  valyutani  mustahkamlashda  so‘mning  xarid  quvvatini 

oshirib borish  va  uning barqarorligini  ta‘minlash  muhim  vazifalardan  hisoblanadi. 

Bunga  bozorni  raqobatdosh  mahsulotlar  bilan  to‘ldirish  va  zarur  ehtiyotlar  hosil 

qilish  orqali  erishiladi.  Bozorni  iste‘mol  mollari  bilan  to‘ldirishda  milliy  ishlab 

chiqarishni  imkoni  boricha  kengaytirib  borish,  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega. 

Chunki  shu  orqali  iste‘mol  tovarlari  sotishning  umumiy  hajmida  milliy  ishlab 

chiqaruvchilar  mahsulotlari  hissasi  oshirib  boriladi.  Ayni  vaqtda,  milliy  ishlab 

chiqarishni  kengaytirish  orqali  so‘mning  barqarorligini  ta‘minlash  chetdan 

mahsulot keltirishni inkor qilmaydi. Aholini sifatli chet el mollari bilan ta‘minlash 

maqsadida import ham rag‘batlantirib boriladi. 

 So‘mning  barqaror  amal  qilishi,  uning  har  qanday  valyutaga  erkin  almashilishi 

etarli  valyuta  zaxirasi  bo‘lishiga  bog‘liq.  Unga  erishishda  korxonalar  va  barcha 

sub‘ektlarning  jahon  bozoriga  raqobatga  bardosh  beradigan  mahsulot  ishlab 

chiqarishi  uchun  zarur  bo‘lgan  rag‘batlantiruvchi  omillarni  vujudga  keltirish 

alohida ahamiyatga ega.  

So‘mning  barqarorligini  ta‘minlashda  undan  ehtiyotkorona  va  tejab  –  tergab 

foydalanish, ishlab chiqarishga sarflangan mablag‘larning eng ko‘p samara berishiga, 

olingan kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishiga erishish muhim o‘rin tutadi. 

Inflyatsiyaga  qarshi  aniq  o‘ylangan  siyosat  o‘tkazish  milliy  valyutani 

mustahkamlanishning  muhim shartlaridan biridir. Bu siyosat eng avvalo inflyatsiya 

darajasini keskin kamaytirishga qaratilishi lozim.  

Inflyatsiyaga  qarshi  siyosat  negizini  pul  taklifining  o‘sishini  tovarlar  va 

xizmatlar miqdorining tegishli darajada o‘sishi bilan bog‘lab olib borishga qaratilgan 

tadbirlar tashkil qilish zarur. Chunki xarid qilish uchun mollar etarli bo‘lmagan holda 

aholi  qo‘lida  pulning  ortiqcha  ko‘payib  ketishi  inflyatsiyaning  yanada  avj  olib 

ketishiga sabab bo‘ladi. Pul miqdori bilan birga narxlarning ham tobora o‘sib borishi 

muqarrar ravishda  uzoq  davom  etadigan  giperinflyatsiyani keltirib chiqaradi.  Bu o‘z 




372 

navbatida,  milliy  ishlab  chiqarishning  izdan  chiqishi,  aholi  keng  tabaqalarining 

qashshoqlashishi va butun ijtimoiy tizimning barbod bo‘lishi xavfini tug‘diradi. 

Tovarlar  taqchilligi  mavjud  bo‘lib  turgan  sharoitida  geperinflyatsiyaning 

oldini  olish  uchun  aholi  iste‘mol  sarflarining  o‘sishini  ishlab  chiqariladigan 

mahsulot, ko‘rsatiladigan  xizmatning  moddiy  hajmi ko‘payishiga bevosita bog‘liq 

qilib  qo‘yish  zarur  bo‘ladi.  Ichki  bozorni  mollar  va  xizmatlar  bilan  to‘ldirish, 

muomalaga  o‘rinsiz  ortiqcha  pul  chiqarilishiga  yo‘l  qo‘ymaslik,  milliy  valyuta 

barqarorligini ta‘minlash va xalq turmush darajasini o‘stirishning muhim shartidir. 

So‘mning barqarorligini ta‘minlashda naqd pul emissiyasining o‘sishiga, aholi 

qo‘lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik birinchi darajali ahamiyatga 

ega.  Bunda  muomalaga  chiqarilgan  pul  miqdorining  o‘z  vaqtida  qaytarilishiga 

erishishi,  mahsulot  ishlab  chiqarishning  o‘sishini  ta‘minlamagan  korxonalarga 

kreditlar  berilishini  cheklash  choralari  ko‘rilishi  kerak.  Boshqacha  aytganda  qattiq 

pul-kredit siyosatini amalga oshirish ko‘zda tutiladi. Respublikamizda keyingi yillarda 

puxta  o‘ylangan  pul-kredit  siyosatini  izchil  olib  borish  tufayli  inflyatsiya  ko‘zda 

tutilgan prognoz ko‘rsatkichlar chegarasida saqlanib qolinmoqda.  

 Inflyatsiyani  pasaytiruvchi  qudratli  omil  milliy  valyuta  almashuv  kursining 

barqarorlashuviga  erishishdir.  Bu  o‘z    navbatida    import  narxlarning 

barqarorlashuviga olib keladiki, natijada ichki bozordagi narxlar o‘zgaradi.  

Valyuta  birjalarida  valyuta  operatsiyalarining  barcha  turlari  uchun  talab  va 

taklif  natijasida  shakllanadigan  yagona  almashuv  kursini  belgilash,  valyuta  kursi 

barqarorligiga erishishning dastlabki shartidir. 

Milliy  valyuta  kursi  barqarorligini  ta‘minlashning  navbatdagi  sharti 

valyutani  nakd  pulsiz  almashtirish  hajmini  ko‘paytirishga  ustunlik  berishdir. 

Istiqbolda  esa  bu  sohadagi  siyosat  banklararo  valyuta  birjasidagi  aylanma 

mikdorini  korxona  va  fuqarolar  o‘z  pulini  kerakli  miqdorda,  xohlagan  valyutaga 

erkin almashtirish imkoniyatini beradigan darajaga etkazishga qaratiladi.   

Shunday  qilib,  yuqorida  qarab  chiqilgan  chora  va  tadbirlarning 

muvaffaqiyatli  amalga  oshirilishi  milliy  valyutamiz  almashuv  kursining 

barqarorlashuviga, uning xarid qilish quvvatining oshishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatdi. 



373 


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   420   421   422   423   424   425   426   427   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish