Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Inflyatsiyani turkumlashga bir qator mezonlar asos qilib olinadi



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet417/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   413   414   415   416   417   418   419   420   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Inflyatsiyani turkumlashga bir qator mezonlar asos qilib olinadi. 

I.

 Kelib chiqish sabablariga ko‘ra inflyatsiya quyidagi turlarga ajratiladi: 

a)  Talab  inflyatsiyasi.  Narx  darajasining  surunkali  o‘sishi  jami  talab  ortiq-

chaligi  bilan  tushuntiriladi.  Bu  iqtisodiyotning  ishlab  chiqarish  sohasi  mahsuloti-

ning  real  hajmini  ko‘paytirish  ortiqcha  talabni  qondira  olmasligini  anglatadi. 

Chunki  barcha  mavjud  resurslar  to‘liq  foydalanishga  jalb  qilingan  bo‘ladi.  Shu 




366 

sababli  bu  ortiqcha  talab  narxning  oshishiga  olib  keladi  va  talab  inflyatsiyasini 

keltirib chiqaradi.  

b)  Taklif  inflyatsiyasi.  Ishlab  chiqarish  xarajatlarining  o‘sishi  keltirib 

chiqadigan  inflyatsiya,  mahsulot  birligiga  qilinadigan  xarajatlarning  ko‘payishi 

hisobiga narxlarning oshishini bildiradi. 

 Mahsulot  birligiga  ishlab  chiqarish  xarajatlarining  ortishi  iqtisodiyotda 

foydani  va  mahsulot  hajmini  qisqartiradi.  Natijada  tovarlar  taklifi  ham  qisqaradi. 

Bu  o‘z  navbatida  narx  darajasini  oshiradi.  Ishlab  chiqarish  xarajatlari    ish  haqi, 

xomashyo va energiya narxlarining o‘sishi hisobiga ham ortib boradi.  

 Agar  ish  haqining  ortishi  mehnat  unumdorligining  o‘sishidan  yuqori 

sur‘atlarda ro‘y bersa, mahsulot birligiga xarajatlar ortib boradi. 

Ba‘zan  xarajatlar  o‘sishi  zanjirli  reaktsiya  tavsifini  kasb  etadi.  Jumladan, 

energetiklar  ish  haqining  o‘sishi  dastlab  soha  xarajatlari  va  elektr  energiya 

ta‘riflarini  oshiradi,  keyin  bu  jarayon  zanjirli  tarzda  tarqaladi:  telefon  xizmatlari 

qiymati,  transport  xizmatlari  ta‘rifi,  oziq  –  ovqat  mahsulotlarini  ishlab  chiqarish 

xarajatlari va boshqa shu kabilar narxining o‘sishiga olib kelishi mumkin. 

II.

  Narxlarning  o‘sish  sur‘atlariga  ko‘ra  inflyatsiyaning  a)  me‘yoridagi;  b) 

o‘rmalab boruvchi v) giperinflyatsiya kabi turlari ajratiladi. Inflyatsiyaning birinchi 

turida narxlar yiliga 10 foizgacha, ikkinchisida 20 dan 200 foizgacha, uchinchisida, 

astronomik miqdorda o‘sishi kuzatiladi. 

Giperinflyatsiya  aholi  va  hatto  jamiyatning  yuqori  ta‘minlangan  qatlamiga 

juda  katta  yo‘qotish  keltiradi,  savdo  barter  ayriboshlashga  o‘tadi,  milliy  xo‘jalik 

izdan chiqadi. 

Giperinflyatsiya  1970-1980  yillar  arafasida  Boliviyada  yiliga  2400%  ga, 

1992 yilda Rossiyada 2600% ga etgan. 



III.

  Bashorat  qilish  mumkinligiga  qarab  kutilayotgan  va  kutilmagan 

inflyatsiya  farqlanadi.  Kutilayotgan  inflyatsiyada  uning  oqibatlarini  oldindan 

bashorat  qilib  kutilayotgan  salbiy  oqibatlariga  tayyorlanib,  uni  sezilarli  darajada 

yumshatish  mumkin.  Ikkinchisida  narxlarning  kutilmagan  o‘sishi  natijasida 

mamlakat iqtisodiy ahvolining sezilarli yomonlashuvi ro‘y berishi mumkin. 




367 

IV.

  Namoyon  bo‘lish  darajasiga  ko‘ra  oshkora  va  yashirin  inflyatsiya 

ajratiladi. 

Oshkora  inflyatsiya  narxlar  o‘sishida  namoyon  bo‘ladi.  Yashirin 

inflyatsiyada  narxlar  go‘yoki  barqaror  ko‘rinadi,  ortiqcha  pul  tovar  taqchilligida 

transformatsiyalashadi. 




Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   413   414   415   416   417   418   419   420   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish