Tayanch tushunchalar
Yalpi talab
- bu barcha iste‘molchilar, ya‘ni aholi, korxonalar va davlat
narxlarining o‘rtacha darajasida sotib olishi mumkin bo‘lgan tovarlar va
xizmatlarning umumiy hajmini yoki milliy iqtisodiyotdagi yalpi sarflar miqdorini
bildiradi.
Yalpi taklif
- narxlarning mavjud darajasida sotishga chiqariladigan
pirovard tovarlar va xizmatlar miqdori yoki milliy ishlab chiqarishning real
hajmidir.
Xrapovikli samara
- yalpi talab oshganda narxning o‘rtacha darajasi
ko‘tarilishi, lekin talab kamayganda, qisqa davr ichida narx pasayish tamoyiliga ega
bo‘lmasligini ko‘rsatadi.
Unumdorlik
- bu milliy ishlab chiqarish real hajmining foydalanilgan
resurslar miqdoriga yoki harajat birligiga to‘g‘ri keladigan nisbiy miqdori.
Do'stlaringiz bilan baham: |