2.
Keynscha model
Klassik modelda aks etgan iqtisodiy voqelik bir asr o‘tib ―Buyuk
depressiya‖ davrida sinovdan o‘tmadi va yangi paydo bo‘lgan omillar ta‘sirini
nazariy umumlashtirishni taqozo etdi. Bu bozordagi jarayonlarni narxsiz
mexanizmlar bilan tushuntirishni zarur qilib qo‘ydi.
Bu vazifa iqtisodiyot nazariyasida yangi yo‘nalishni boshlab bergan Dj. M.
Keyns tomonidan hal qilindi. Uning nazariyasi makro darajadagi tahlil zarurligini
tasdiqladi va XX asrning 30-yillaridan iqtisodiyot nazariyasining rasmiy mikro va
makroiqtisodga bo‘linishiga sabab bo‘ldi.
Dj.M. Keyns birinchi bo‘lib bozor iqtisodiyotining o‘z- o‘zini tartibga
solishiga layoqatliligi to‘g‘risidagi xukmron qarashdan voz kechib, makrodarajada
uni davlat tomonidan tartibga solish zarurligini asosladi.
U o‘z-o‘zini tartibga solish dastagi hisoblangan narx, ish haqi va foiz
stavkasi egiluvchanligini inkor etdi. Shu sababli, Keyns talabni rag‘batlantirishga
yo‘naltirilgan faol makroiqtisodiy siyosat zarurligi to‘g‘risidagi qarashida qattiq
turdi. U ishlab chiqarish va bandlikning o‘zgarishi taklif omillariga emas, balki
yalpi talabga bog‘liqligini isbotladi. Keyns fikricha, yalpi sarflar tarkibiy
qismlaridan har biri, asosan iste‘mol va investitsiyalar o‘z-o‘zicha o‘zgarib turishi
mumkin.
Bandlikning ortishi milliy daromad (MD) o‘sishiga olib keladi va u
iste‘molni belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanadi. MD hajmi qanchalik ko‘p
bo‘lsa, yalpi talab ham shunchalik katta bo‘lishi zarur. Biroq iste‘molga sarflar
284
daromadlar o‘sgan darajaga mos ravishda ko‘paymaydi. Buning sababi Keyns
fikricha, ―asosiy psixologik qonun‖ hisoblanib daromadlar o‘sib borishi bilan
iste‘molga moyillik pasayadi va daromadning jamg‘armaga yo‘naltiriladigan qismi
ulushi nisbatan ko‘proq ortadi. Natijada MD hajmi qanchalik katta bo‘lsa
iste‘molchi real talabi nisbatan shunchalik kam bo‘ladi.
Aynan u ishlab chiqarish hajmi va shu orqali bandlik darajasiga ta‘sir
ko‘rsatadi. Iste‘molchilik sarflaridagi ―yetishmovchilik‖ investitsiyalar bilan
qoplanishi zarur. Biroq Keyns qarashicha jamg‘armaning o‘sishi o‘z-o‘zidan
investitsiyalar ko‘payishiga olib kelmaydi. Investitsiyalar o‘sishiga 1) kapital
unumdorligi kamayib borish qonuni amal qilishi tufayli kutilayotgan foyda
normasi pasayishi va 2) foiz normasiga bevosita bog‘liq yuqori likvidlikning
(zaxirada naqd pulga ega bo‘lishiga intilish) afzal ko‘rilishi to‘siq bo‘ladi.
Keyns narxning kam xarakatchanligi dalilini hisobga olib uning o‘rniga
―sotish hajmi‖ ko‘rsatkichini ilgari suradi.
Bu yalpi talab va yalpi taklif muvozanatli hajmi shakllanish mexanizmini
yangicha tasavvur qilish imkonini beradi. MD hajmining har qanday o‘sishi ishlab
chiqarish va shu orqali yalpi taklif hajmi ortishining natijasi hisoblanadi.
Yalpi talab chizig‘ining boshlanish nuqtasi ―nol‖ belgisidan yuqoriroq
joylashadiki, iste‘molning ayrim eng muhim turlarini kishilar hatto daromadi eng
kam darajada bo‘lganda ham amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |