Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


-chizma. Ishchi kuchi taklifi va uning o’zgarishi



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet497/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   493   494   495   496   497   498   499   500   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 

28.2-chizma. Ishchi kuchi taklifi va uning o’zgarishi 

 

28.3-chizma. Ishchi kuchi bozorida muvozanatlik

 

Chizmada  ishchi  kuchiga  talab  chizig‘i  AB  taklif  chizig‘i  DS  bilan  M 



nuqtada  kesishadi.  Bu  nuqta  muvozanat  nuqtasi  bo‘lib,  ishchi  kuchiga  talab  va 


456 

taklif miqdoran tenglashganligini bildiradi. Ish haqi 5000 so‘m bo‘lganda 500 kishi 

mehnatiga  talab  qondiriladi,  ish  qidirgan  500  kishi  ishga  joylashadi,  demak,  ish 

kuchining bundan ortiqchasi ish xaqining mavjud darajasida band qilinmaydi. 

Ishchi  kuchiga  bo‘lgan  talab  va  uning  taklifiga  ish  xaqidan  tashqari  boshqa 

omillar ham ta‘sir qiladi, bular: 

 

Texnika taraqqiyoti; 



 

Iqtisodiy   faollik (tanglik yoki turg‘unlik holati); 



 

Yangi texnologiyaning joriy etilishi; 



 

Ishlab chiqarish tarkibining o‘zgarishi; 



 

Mavsumiylik; 



Shunday  mehnat  turlari  ham  borki,  ular  maxsus  qobiliyat  va  tayyorgarlikni 

talab  qiladi.  Masalan:  og‘ir  jismoniy  ish  sog‘lom  va  baquvvat  kishilarni;  san‘at, 

adabiyot,  fan,  konstruktorlik  sohalari  alohida  iste‘dodni  talab  qiladi.  Shunday 

kasblar borki, ular puxta bilim, maxsus tayyorgarlik va katta tajribani talab qiladi.   

Ishchi  kuchining  taklifiga  ishning  jozibadorligi  kasbdan  obro‘  topish, 

qo‘shimcha  imtiyoz  olish,  yuqori  mansabga  erishish  imkoni,  ishsiz  qolish  xavfi-

ning yo‘qligi, mehnat sharoitining yaxshiligi, shuningdek imtiyozli kredit olish im-

koni va boshqalar ta‘sir qiladi. 

Ishchi  kuchining  taklifiga  eng  avvalo  nufuz  qonuni,  ya‘ni  aholi  sonining 

o‘sish sur‘ati ta‘sir ko‘rsatadi. Aholi soni tez o‘sib, mehnat qilish yoshiga etganlari 

qanchalik  ko‘p  bo‘lsa,  ishchi  kuchi  taklifi  ham  shuncha  ko‘p  bo‘ladi. 

O‘zbekistonda 1995 yilda mehnat qilish yoshiga yetganlar jami aholining 49.3%ni 

tashkil  etgan  bo‘lsa,  2016  yilda  bu  ko‘rsatkich  58,1%ga  etgan

88

.  Shunga  mos 



ishchi kuchi taklifi ham ortgan.  

Ishchi kuchiga bo‘lgan talab miqdori uning yordamida yaratiladigan tovar va 

xizmatlarga  bo‘lgan  talabning  hajmiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Agar  bozorda  tovarlarga 

talab oshsa ishchi kuchiga talab ortadi, talab qisqarganda ishchi kuchiga ham talab 

qisqaradi.  Mana  shu  bog‘liqlik  sababli  iqtisodiy  inqirozlar  davrida  ishchi  kuchiga 

talab keskin qisqarib ishsizlar soni oshib boradi.  

                                                             

88

 Ўзбекистонда меҳнат ва бандлик. T.:2016. 21 бет.  




457 

Respublikada keng ko‘lamli  islohotlarni amalga oshirishdagi  ustuvor  vazifa 

–  bu  mamlakatimiz  iqtisodiyotini  modernizatsiya  qilish  va  aholi  bandligini 

oshirishning  muhim  omili  sifatida  ishlab  chiqarish  va  ijtimoiy  infratuzilmani 

yanada rivojlantirishdan iboratdir. Bu yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, aholining, 

ayniqsa  yoshlarning  ish  bilan  bandligini  ta‘minlash,  odamlarning  daromadi  va 

farovonligini oshirish imkonini beradi. 


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   493   494   495   496   497   498   499   500   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish