Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


 Bandlikni ta’minlashda mehnat birjalari faoliyati. Ishsizlarni ijtimoiy



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet498/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   494   495   496   497   498   499   500   501   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

3. Bandlikni ta’minlashda mehnat birjalari faoliyati. Ishsizlarni ijtimoiy 

himoyalash 

Ishchi  kuchi  bozori  xaridorlar  –  (ish  beruvchilar)  va  sotuvchilar-  (ish  kuchi 

egalari)dan  iborat  bo‘ladi.  Ish  beruvchilar  davlat  idora  tashkilotlari,  xususiy  va 

jamoat  tashkilotlari,  mehnatni  taklif  etuvchilar  –  ish  kuchi  egalari  bo‘lib,  ular 

mehnat  qobiliyatiga  ega  va  o‘z  ishchi  kuchini  sotishga  ishtiyoqi  bo‘lgan 

kishilardan  tashkil  topadi.  Ishchi  kuchi  bozorining  aniq  shakllari  bular  -  mehnat 

birjalari va ishga yollovchi firmalardir. 

Mehnat birjasi – ishchi kuchini taqdim qiluvchilar hamda ishga yollovchilar 

o‘rtasida  ish  kuchini  sotish  va  sotib  olish  bo‘yicha  kelishuvni  amalga  oshirishda 

vositachi vazifasini bajaruvchi maxsus muassasadir.                                        

Dastlabki  mehnat  birjalari  X1X  asrning  birinchi  yarmida  tashkil  topgan. 

Bizning  Respublikada  mehnat  birjalari  2009  yildan  boshlab  –―Aholi  bandligiga 

ko‘maklashish markazlari‖ deb atala boshlandi. 

Bunday markazlarning asosiy vazifalari quyidagilardir: 

-  ishsizlarni  ro‘yxatga  olish,  xamda  ish  joyini  o‘zgartirmoqchi  bo‘lganlarni 

ishga joylashtirishda vositachilik qilishi; 

- ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifni o‘rganish; 

- alohida ixtisosliklar bo‘yicha ishchi kuchiga talab haqida ma‘lumot berish; 

-  yoshlarni  kasb  ixtisosliklar  bo‘yicha  yo‘naltirish,  yangi    kasb-hunarga 

o‘rgatishni tashkil qilish. 

Mehnat  birjalarining  faoliyati  faqat  ish  bilan  ta‘minlash  emas,  balki  iqti-

sodiyot  tarmoqlari  tarkibidagi  o‘zgarishlar  bilan  bog‘liq  xolda  o‘zgarib  turadigan 

mehnat bozori talabini qondirishdan iborat. 



458 

Respublikada  axolining  yuqori  sur‘atlar  bilan  o‘sib  borayotganligini,  ish 

bilan  bandlikni  ta‘minlash  uchun  mamlakatimizda  bir  qator  tadbirlarni  amalga 

oshirish mo‘ljallangan: 

Birinchidan, keng faoliyat turlari, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlikni 

kengaytirish  uchun  sharoit  yaratish.  Birinchi  navbatda  qishloq  xo‘jaligi  ashyosini 

qayta  ishlash,  iste‘mol  mollari,  mahalliy  xomashyodan  qurilish  materiallari 

tayyorlovchi xususiy kichik korxonalarni faol rivojlantirishni rag‘batlantirish. 

Ikkinchidan,  xizmat  ko‘rsatish  sohasi  va  kasanachilikning  turli  shakllarini 

keng  joriy  etish,  qishloq  joylarda  chorvachilikni  rivojlantirishni  rag‘batlantirishga 

alohida e‘tibor qaratish.   

Uchinchidan,  qishloqlarda  keng  tarmoqli  ijtimoiy  va  ishlab  chiqarish 

infratuzilmasini yaratish, shu orqali yangi ish joylarini vujudga keltirish. 

To‘rtinchidan,  ishdan  bo‘shagan  xodimlarni  qayta  tayyorlash  va  qayta 

o‘qitishni tashkil etishni tubdan o‘zgartirish. 

Beshinchidan,  vaqtincha  ishga  joylashtirish  imkoni  bo‘lmagan  mehnatga 

yaroqli  axolini  davlat  tomonidan  ishonchli  ravishda  ijtimoiy  himoyalash.  Bu 

siyosat  ularning  o‘ta  zarur  ehtiyojlarini  qondirish  va  kafolatli  tirikchilik 

manbalariga ega bo‘lishiga erishishga qaratiladi. 

Aholining  ish  bilan  bandligi  muammosi  ko‘p  qirrali  bo‘lib,  u  barcha 

odamlarga  o‘z  qobiliyatlarini  ishga  solish  imkoniyatini  berish  bilan  birga,  aholi 

extiyojlarini qondirish  uchun  dastlabki teng  imkoniyatlarni ta‘minlovchi davlat  va 

bozor  mexanizmini  vujudga  keltirish,  ishchi  kuchini  unumli  va  samarali  ish  bilan 

band  qilish,  zarur  hollarda  ishchi  kuchini  iqtisodiyot  tarmoqlari  va  sohalari 

o‘rtasida qayta taqsimlash kabi masalalarni ham o‘z ichiga oladi.  

 


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   494   495   496   497   498   499   500   501   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish