Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


O’zbekistonda iqtisodiyot  tarmoqlari  bo’yicha bandlar



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet500/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   496   497   498   499   500   501   502   503   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

O’zbekistonda iqtisodiyot  tarmoqlari  bo’yicha bandlar 

(2016 yil.) 

28.1-jadval 

Iqtisodiyot tarmoqlari 

Ming kishi  

Foizda  


Iqtisodiyotda jami bandlar soni  

13298,4 

100,0 

Shu jumladan tarmoqlarda: 

Qishloq o‘rmon va baliq xo‘jaligi 



 

3646,7 


27,4 

Sanoat 


 

1802,4 


13,6 

Qurilish 



 

1263,6 


9,5 

Savdo 


 

1452,4 


10,9 

Tashish va saqlash



 

638,2 


4,8 

Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar



 

308,0 


2,3 

Axborot va aloqa 



 

63,6 


0,5 

Moliyaviy va sug‘urta faoliyati 



 

66,5 


0,5 

Ta‘lim 


 

1105,6 


8,3 

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish



 

601,6 


4,5 

San‘at, ko‘ngil ochish va dam olish 



 

65,1 


0,5 

Boshqa faoliyat turlari 



 

2284,7 


17,2 

 

Respublikada  bandlikning  tarmoq  tarkibidagi  keskin  kamayishi  qishloq 



qishloq xo‘jaligi soxasi ulushiga tegishli bo‘lgan. Agrar soxaning YaIMdagi ulushi 


460 

2016  yilda  2000  yilga  taqqoslanganda  12,5  (30,1  dan  17,6)  foizga  qisqargani 

holda, bandlikdagi ulushining kamayishi 6,8 foizni tashkil qilgan.  

Respublikada  bandlikning  tarmoq  tarkibidagi  ro‘y  beradigan  istiqboldagi 

muhim o‘zgarishlar sifatida quyidagilarni qayd qilish mumkin. 

 



Iqtisodiyotning,  sanoat  tarmog‘ining  mavjud  quvvatlarini  yangilash  va 

modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash hamda kooperatsiyalash 

asosida mahalliylashtirish dasturlarini amalga oshirish natijasida bandlikdagi ancha 

muhim  miqdor  va  sifat  o‘zgarishlar  uning  alohida  tarmoqlariga  tegishli  bo‘ladi. 

Jumladan,  sanoatning  qazib  oluvchi  va  undiruvchi  tarmoqlarida,  band  bo‘lganlar 

salmog‘i nisbatan kamayib, uni qayta ishlovchi tarmoqlaridagi ulushi shunga mos 

ravishda  ortib  boradi.  Bu  avvalo,  yoqilg‘i,  metallurgiya,  kimyo  va  qurilish 

materiallari sanoatiga tegishli. 

 

Qishloq  xo‘jaligini  innovatsion  rivojlanish  yo‘liga  o‘tkazishda  band 



bo‘lganlar mutloq va nisbiy ulushining kamayishi tarmoq mahsulotining YaIMdagi 

salmog‘i  qisqarishiga  mutanosib  ravishda  bo‘lishiga  erishib  borishga  qaratilishi 

zarur.  

 



Samarali  bandlikni  ta‘minlash  talabi  hisobga  olinganda  iqtisodiyotning 

transport  va  aloqa  tarmog‘i  boshqa  tarmoq  va  sohalarga  qiyosan  ancha  yuqori 

mavqega  ega.  Mazkur  tarmoqda  keyingi  yillarda  qaror  topgan  ijobiy  tamoyillarni 

saqlab  qolish  nafaqat  sohada  balki  butun  milliy  iqtisodiyotda  samarali  bandlikni 

ta‘minlashga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.  

 



Samarali  bandlikka  erishib  borish  talabi  nuqtai  nazaridan  iqtisodiyotning 

qurilish  hamda  savdo  tarmoqlarida  va  umumiy  ovqatlanish  sohalarida  ishchi 

kuchidan 

foydalanilmayotgan  katta  potentsial 

imkoniyatlar 

mavjudligini 

ko‘rsatadi.  Xususan,  qurilish  tarmog‘ining  bandlikdagi  ulushi  2000-2016  yilda  ¼ 

hissaga  ortgani  holda,  uning  YaIM  dagi  hissasi  deyarli  o‘zgarmay  qolgan.  Savdo 

va  umumiy ovqatlanish sohalarining  YaIM dagi  ulushi kamayib borgan sharoitda, 

unda  band  bo‘lganlar  salmog‘i  1/3  barobarga  ortgan.  Demak,  iqtisodiyotning 

mazkur  tarmoqlarida  ham  samarali  bandlikka  erishib  borish  istiqboldagi 

vazifalardan  hisoblanib, davlatning bu sohalarni  innovatsion rivojlantirishga qara-




461 

tilgan  chora-tadbirlari  ko‘proq  mehnat  unumdorligi  va  iqtisodiy  faoliyat 

samaradarligini rag‘batlantirish maqsadlariga yo‘naltirilishi zarur.  

Respublika  iqtisodiyotida  bandlarning  hududiy  kesimidagi  ulushi  ayrim  vi-

loyatlar  bo‘yicha  2,7%  (Sirdaryo  viloyati)dan  11,4%  (Farg‘ona  viloyati)gacha 

bo‘lgan darajani tashkil qilgan,  ya‘ni bandlikning eng past  va  yuqori ko‘rsatkichi 

o‘rtasidagi  farq  4,2  barobardan  ko‘proqqa  teng  bo‘lgan  (2016  y.).  Sirdaryo  va 

Farg‘ona  viloyatlarining  YaIMdagi  ulushi  (mos  ravishda  1,8  va  6,7%)dagi  farqlar 

ko‘lami ham 3,7 barobardan ko‘proqni tashkil qilgan.  

Respublika  viloyatlari  bo‘yicha  band  bo‘lganlarning  ulushidagi  nisbatan 

ancha  katta  farqlarni  ular  iqtisodiyotining  rivojlanganlik  darajasi,  ixtisoslashuv 

yo‘nalishi,  tarmoq  tuzilishi  va  unda  sanoat  hamda  qayta  ishlovchi  sohalarning 

ulushi kabi omillar belgilab beradi.  

Hozirgi  kunda  mamlakatda  aholini  ish  bilan  bandligini  ta‘minlash  bo‘yicha 

amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar quyidagilarni qamrab oladi: 

1.

 



Aholining ish bilan bandligi tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish hamda 

ishsiz aholini yangi, mehnat bozorida raqobatbardosh kasb-hunarlarga o‘rgatish. 

2.

 

Ishlab  chiqarishni  modernizatsiyalash,  texnik  va  texnologik  jihatdan 



qayta  jihozlash,  ayniqsa  tarkibiy  o‘zgartirish  va  diversifikatsiyalashga  e‘tiborni 

kuchaytirish.  

3.

 

Ish 



bilan 

bandlikka 

ko‘maklashuvchi 

markazlar 

faoliyatini 

takomillashtirish, bunda eng avvalo, ular tuzilmasini maqbullashtirish.  




Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   496   497   498   499   500   501   502   503   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish