Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet493/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   489   490   491   492   493   494   495   496   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

I.

 

Mehnatga layoqatli yoshdagilar: 

 



16 yoshdan 54 yoshgacha bo‘lgan ayollar; 

 



16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar. 

II.

 

Mehnatga  layoqatli  yoshdan  katta  yoshdagi  (mehnat  nafaqasidagi) 

ishlovchilar. 

III.

 

Balog’at  yoshiga  etmagan  ishlovchi  o’smirlar  (16  yoshgacha 

bo’lganlar). 

 Mehnat  resurslari  iqtisodiy  faol  va  iqtisodiy  nofaol  aholi  qatlamlaridan 

iborat bo‘ladi. O‘zbekistonda  mehnat resurslarining o‘rtacha 70-72 foizi, iqtisodiy 

faol    hisoblanib    ularning  95%  ga  yaqini  iqtisodiyotda  band  qilingan.  Iqtisodiy 

nofaol aholining 57,0% dan ortiqrog‘ini band qilinmaganlar tashkil qilsa, 43,0% ga 



451 

yaqini  mehnatga  layoqatli  yoshdagi  o‘quvchilar  va  ishlab  chiqarishdan  ajralgan 

holda ta‘lim olayotganlardan iborat. 

Iqtisodiy  faol  aholi  qatlami  yalpi  ishchi  kuchini  tashkil  qiladi.  Yalpi  ishchi 

kuchining  miqdor  o‘lchami  –  bu  mehnatga  layoqatli  kishilarining  (mehnat 

resurslarining) umumiy sonidir. 

Yalpi  ishchi  kuchining  sifat  o‘lchami  esa  ularning  bilimi,  malakasi, 

mahorati, 

ko‘nikmasi  va  ish  tajribasining  o‘rtacha  ko‘rsatkichlarida 

mujassamlashadi.  

Boshqa resurslar kabi mehnat resurslari ham takror hosil qilib turilishi kerak. 

Ishchi kuchini takror hosil qilish insonning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini 

uzluksiz  kengaytirilgan  tarzda  tiklab  turish,  ularning  mehnat  malakasini,  umumiy 

bilimi,  kasbiy  tayyorgarlik  darajasini  yangilab  va  o‘stirib  borish  hamda  ishchi 

avlodini tayyorlash kabilarni o‘z ichiga oladigan jarayondir. 

Ishchi kuchini takror hosil qilish quyidagilarni anglatadi: 

 

aholining  tabiiy  harakati,  tabiiy  o‘sishning  umumiy  shart-sharoitlarini 



yaratish; 

 



xodimlarni ishlab chiqarishga jalb qilish va bo‘shatish; 

 



mehnat  resurslarini  tarmoqlar,  sohalar  va  hududlar  o‘rtasida  taqsimlash 

hamda qayta taqsimlash; 

 

aholining ijtimoiy, ma‘naviy va madaniy ehtiyojlarini qondirib borish; 



 

ishchi kuchini to‘liq va samarali bandligini ta‘minlash. 



Milliy  iqtisodiyot  faoliyat  qilishining  asosiy  maqsadlaridan  biri  to‘liq  ish 

bilan  bandlikni  ta‘minlash  hisoblanadi.  ―To‘liq  bandlik‖  va  ―samarali‖  yoki 

―oqilona‖ bandlikni ham taqozo qiladi. 

Ish  bilan  to‘liq  bandlik  mehnatga  layoqatli  bo‘lgan  va  ishlashni  hohlagan 

barcha  kishilarning  ish  bilan  ta‘minlanganini  anglatadi.  Shuningdek,  ish  bilan 

to‘liq  bandlik  bir  tomondan  iqtisodiyotda  ishsizlikning  tabiiy  darajasi  mavjud 

bo‘lishini  inkor  etmaydi,  boshqa  tomondan,  bu  mehnatga  layoqatli  barcha 

kishilarning ishlab chiqarishga jalb etilish zarurligini anglatmaydi. 




452 

Bandlik  miqdor  o‘lchamda  qancha  kishi  va  qancha  vaqt  ish  bilan  mashg‘ul 

bo‘lishini bildiradi. Sifat jiqatidan esa bu ishlagan vaqt davomida qancha miqdorda 

tovar  va  hizmatlar  yaratilishi,  ular  qanday  narxda  sotilishi,  natijada  qancha  pul 

daromad  olinishini  bildiradi.  To‘liq  bandlik  belgilangan  ish  kuni,  haftasi  va  oy 

davomida  har  doim  ish  bilan  mashg‘ul  bo‘lishini  bildiradi.  Aks  holda  to‘liq 

bo‘lmagan bandlik kelib chiqadi. 

―Samarali‖  yoki  ―oqilona‖  va  ―samarasiz‖  bandlik  ham  mavjud.  Oqilona 

bandlik  bu  yuqori  mehnat  unumdorligi  va  shunga  binoan  yuqori  daromad 

keltiradigan  va  ishlovchining  mehnatdan  qoniqishini  ta‘minlovchi  bandlikdir. 

Samarasiz  bandlik  mehnat  unumdorligi  past,  ish  haqi  kam  va  ishlovchi  o‘z 

mehnatidan  qoniqmagandagi  bandlikdir.  Bunday  bandlikda  texnologiya  yuqori 

bo‘lmaydi,  malakasi  va  ish  tajribasi  kam  kishilarning  mehnati  talab  qilinadi. 

Oqilona  bandlikka    kompyuter  dasturchisining  bandligini  misol  qilib  olish 

mumkin. U zamonaviy kompyuterlarda ishlaydi, uning mehnati maxsus iste‘dod va 

tayyorgarlik  talab  qiladi  va  ish  haqi  ham  boshqalarnikidan  ancha  yuqori  bo‘ladi. 

Samarasiz  bandlikka  misol  qilib  qishloq  xo‘jaligi  xodimlari  bandligini  olish 

mumkin. Ish bilan samarali bandlik,  xodimlarning  o‘z  mehnati  natijalaridan to‘liq 

iqtisodiy  manfaatdorligining  ta‘minlanishi  zarurligini  anglatadi.  Bu  o‘z  navbatida 

mehnat resurslarining oqilona band qilinishini va ulardan foydalanishning intensiv 

turiga tayanishini taqozo qiladi. 

 Bandlik  axamiyatiga  qarab  birlamchi  va  ikkilamchi  bandlikka  ajratiladi. 

Birlamchi bandlik bu asosiy ish bilan, ya‘ni daromadning asosiy qismini beruvchi 

faoliyat turi bilan band bo‘lishidir. Ikkilamchi bandlik qo‘shimcha ish bilan, ya‘ni 

qo‘shimcha  daromad  beruvchi  faoliyat  bilan  band  bo‘lishidir.  Ko‘pchilik  ishlov-

chilar  birlamchi  bandlikka  moyil  bo‘ladi,  u  keltirgan  daromad  ishlovchini  qoniq-

tirmaganda, u ikkilamchi bandlikka harakat qiladi. Ikkilamchi bandlik o‘rindoshlik 

asosida ishlash shaklida ro‘y beradi. 

Bandlik  darajasi  ishlashga  layoqati  bo‘lganlarning  qanchasi  amalda  ishlab 

turishlarini bildiradi. 




453 

Bandlik  darajasi  iqtisodiyotda  band  bo‘lganlarning  mehnat  resurslariga 

nisbatan hisoblanadi. Bunda mehnat qobiliyati borlarning hammasi ishlashni xohlaydi 

deb  faraz  qilinadi.  Bandlik  darajasi  (Bd)  ishlovchilarning  (I)  mehnat  resurslaridagi 

(Mr) hissasi bo‘lib, foizda ifodalanadi.   


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   489   490   491   492   493   494   495   496   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish