3. O’zbekistonda davlat ijtimoiy siyosatining asosiy yo’nalishlari
Davlatning
ijtimoiy
siyosati
tegishli
markazlashgan
daromadlarni
tabaqalashgan soliq solish yo‘li bilan shakllantirish va uni byudjet tizimi orqali
aholi turli guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarini
qayta taqsimlashda ijtimoiy to‘lovlar bilan birga bozor narxlarini o‘zgartirish
(masalan, fermerlarga narxlarni kafolatlash) va ish haqining eng kam darajasini
belgilash usullaridan foydalanadi. Bundan ko‘zlangan ―...maqsad – iqtisodiyot va
ijtimoiy sohadagi, eng muhimi, odamlarning hayot darajasidagi jiddiy tafovutni
bartaraf etishdir‖
86
O‘zbekistonda davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshirish maqsadlaridan
kelib chiqib, byudjetning ijtimoiy yo‘naltirilganlik tavsifi saqlab qolinadi. Davlat
byudjeti
harajatlar
qismining
60
foizdan
ortig‘i ijtimoiy ehtiyojlarni
moliyalashtirishga qaratiladi.
Ijtimoiy to‘lovlar – kam ta‘minlanganlarga pul yoki natural yordam
ko‘rsatishga qaratilgan tadbirlar tizimi bo‘lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda
qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Ijtimoiy to‘lovlarning maqsadi jamiyatdagi
munosabatlarni insonparvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish
hisoblanadi.
86
Мирзиѐев Ш.М. Танқидий таҳлил қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - ҳар бир раҳбар
фаолиятининг кундалик ҳоидаси бўлиши керак.Т.: «Ўзбекистон», 2017 14-январь.22-бет.
447
Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni
yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf
qilishga yo‘naltirilgan siyosatdir.
Respublikada bozor munosabatlariga o‘tish davrida ijtimoiy siyosat aholini
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va himoya qilishga qaratiladi hamda alohida yirik
yo‘nalishlarda amalga oshiriladi.
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo‘nalish
– bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi
munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam oshirib
borish hisoblanadi. Bunda respublikaning o‘ziga xos yondashuvi ishlab chiqilib,
daromadlar nisbatini o‘zgartirish, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning,
jamg‘arma banklardagi aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorini bir
vaqtning o‘zida qayta ko‘rib chiqish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Daromadlar
nisbatini o‘zgartirishda respublikada joriy etilgan yangi yagona ta‘rif setkasi katta
ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu barcha toifadagi xodimlarning mehnat haqi miqdorlarini
tarif koeffitsientlari orqali, eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita o‘zaro bog‘lash
imkonini berdi.
Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo‘nalishi - ichki iste‘mol bozorini
himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy
turlari iste‘molini muayyan darajada ushlab turish hisoblanadi.
Iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning
uchinchi yo‘nalishi – aholining kam ta‘minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash
va qo‘llab - quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o‘tkazilganligi bo‘ldi. Bu
yo‘nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari - pensionerlar,
nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar hamda
qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo‘llar bilan himoya qilib
boriladi.
Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o‘tish – ijtimoiy siyosatni amalga
448
oshirishda, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan yangi bosqich
boshlashini bildiradi.
Bu siyosat ijtimoiy himoya aniq maqsadi va aholining aniq tabaqalarini
qamrab olishni ko‘zda tutadi.
Ijtimoiy ko‘maklashishning yangi tizimida bolalar va kam daromadli oilalar
yordamdan bahramand bo‘luvchilar hisoblanib, ular uchun hamma nafaqa va
moddiy yordamlar faqat mahalla orqali yetkazib beriladi. Shu maqsadda
mahallalarda byudjet mablag‘lari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik tuzilmalari
va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy o‘tkazgan mablag‘lari hisobidan maxsus
jamg‘armalar hosil qilindi.
Respublika
Prezidenti
Sh.M.Mirziyoev
qayd
qilib
o‘tganidek:
―...islohotlarning asosiy maqsadi
aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini
ta‘minlashdir‖
87
Davlatning ijtimoiy siyosati ijtimoiy sohani rivojlantirishni ham o‘z ichiga
oladi. ―Harakatlar strategiyasi‖ da uning ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilar
ko‘rsatiladi:
aholining bandligi va real daromadlarini bosqichma-bosqich oshirish;
aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini
takomillashtirish;
arzon uy-joylar qurish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish,
aholining
hayot
sharoitlari
yaxshilanishini
ta‘minlovchi yo‘l-transport,
muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda
modernizatsiya qilish;
ta‘lim va fan sohasini rivojlantirish;
yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish.
Shunday qilib, islohotlar davrida davlat aholining muhtoj tabaqalarini qo‘llab-
quvvatlash bilan birga, o‘z mehnat faoliyati orqali oilasining farovonligini
87
Мирзиѐев Ш.М. Танқидий таҳлил қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - ҳар бир раҳбар
фаолиятининг кундалик ҳоидаси бўлиши керак.Т.: «Ўзбекистон», 2017 14-январь.6-бет.
449
ta‘minlashga intiluvchi kishilar uchun teng sharoit va qulay imkoniyat yaratishga
harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |