kabi nomlar bilan ham ataladi. Oldingi davrlarda iqtisodiy fan 7-12 yillik tsikllarni
ajratib ko‘rsatganligi tufayli, aynan shu tsikl Frantsiya, Angliya va AQShda foiz
stavkalari va narxdagi tebranishlarni tahlil qilish asosida sanoat siklining tabiatini
o‘rganishga kata hissa qo‘shgan Kleman Jyuglyar (1819-1905 yy.) nomi bilan
ataladi. Jyuglyar tsiklining davomiyligi ayrim iqtisodchilar qayd qilgan asosiy
Birinchi sanoat tsikli 1825 yili Angliyada metallurgiya va boshqa yetakchi
kuzatiladi. 1836 yildagi inqiroz dastlab Angliyad aboshlanib, keyin AQShga ham
tarqaladi, 1847-1848 yillarda AQSh va qator Evropa davlatlarida boshlangan
347
Agar XIX asrda sanoat sikli 10-12 yilni tashkil qilgan bo‘lsa, XX asrda
uning davomiyligi 7-9 yil va undan ham kam davrgacha qisqargan.
1857 yilda qator G‘arbiy Evropa davlatlarini qamrab olgan birinchi jahon
tsiklik inqirozi ro‘y bergan. 1873 yilda XIX asrdagi eng uzoq va talafotli
inqirozdan keyin 1882 va 1990 yillarda yana yangi inqiroz kuzatilgan.
1900-1901 yillarda bir vaqtda Rossiya va AQShda metallurgiya sanoatida
boshlangan inqiroz shiddatli ravishda barcha Evropa davlatlariga tarqalgan.
Iqtisodiyot tarixiga ―Buyuk depressiya‖ nomi bilan kirgan 1929-1933
yillardagi inqiroz eng talafotli va uzoq davom etgan inqiroz hisoblanadi. Bu
inqiroz davrida jahon ishlab chiqarishi hajmi 44%ga, jahon savdosi 62%ga
kamaygan. Inqiroz kuchaygan davrda yetakchi davlatlarda ishsizlikning umumiy
soni 30-40 mln. kishiga etgan.
―Buyuk depressiya‖dan keyin 1974-1975 yillardagi inqiroz bir vaqtda deyarli
butun rivojlangan mamlakatlarni qamrab olib, ishlab chiqarish 12% ga qisqargan.
Bir qator mamlakatlar uchun 1980-1982 yillardagi inqiroz eng talafotli
hisoblanib, bu davrda band qilinmagan ishlab chiqarish quvvatlari Italiyada 30%ni,
Kanadada 30%dan ortiqni, AQSh qayta ishlash sanoatida 32,4%ni tashqil qilgan.
Kuznets tsikli
ko‘p hollarda «qurilish tsikli» deb ham nomlanib, 20 yilgacha
bo‘lgan iqtisodiy tebranishlar bilan aniqlanadi. Kuznets Saymon o‘zining «Milliy
daromad» (1946 y.) nomli kitobida milliy daromad, iste‘mol sarflari, ishlab
chiqarish maqsadidagi uskunalar hamda bino va inshootlarga yalpi investittsiyalar
ko‘rsatkichlarida 20 yillik o‘zaro bog‘liq tebranishlar mavjud bo‘lishini ko‘rsatib
bergan. 1955 yilda amerikalik iqtisodchining xizmatlarini tan olish ramzi sifatida
sanoat siklini Kuznets tsikli deb nomlashga qaror qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: