Tayanch iboralar:
Gistologiya faniga asos solgan olimlar;
to‘qimalarning tuzilishi, kelib chiqishi hamda funksiyasiga nisbatan
klassifikatsiyasi; to‘qimalarning tuzilishi, xillari (hosil qiluvchi, qoplovchi,
mexanik, asosiy va o‘tkazuvchi to‘qimalar) va vazifasi, o‘simlik
organlarida uchrashi va to‘qimachilik sanoatidagi ahamiyati.
БОТАНИКА ВА ЎСИМЛИКЛАР ФИЗОЛОГИЯСИ
16
2.
To‘qimalar haqida tushuncha
Boshqa tirik organizmlar kabi, o‘simliklar organizmining ham elementar
tuzilish va funksional birligini hujayra tashkil qiladi. Evolyutsiya davomida
o‘simliklar organizmida o‘ziga xos spetsifik funksiyalarni bajarishga
ixtisoslashgan hujayralar guruhlari shakllangan. Hayvon organizmi hujayralari
kabi, o‘simliklar ham tuzilishi va funksiyasiga ko‘ra bir xildagi hujayralar
to‘qimalarni hosil qiladi. To‘qima – bu tuzilishi va funksiyasi bir xilda o‘xshash
bo‘lgan hujayralar guruhidan tashkil topadi. O‘simlik organizmida ayrim
to‘qimalarning tarkibi faqat bir xil tuzilishga ega hujayralardan tashkil topadi,
shuningdek ayrim to‘qimalar bir nechta tipdagi hujayralardan tashkil topadi.
Odatda, nay-tola bog‘lamli o‘simliklarda 3 ta tipdagi to‘qimalar o‘zaro
farqlanadi.
O‘simlik organizmida har bir to‘qimalar tizimi tarkibi bir nechta
to‘qimalar turlaridan tashkil topadi
.
3.
To‘qimalaр klassifikatsiyasi
1.
To‘qimalar rivojlanishiga ko‘ra: embrional va doimiy to‘qimalardan iborat.
Embrional to‘qimaga meristematik ѐki hosil qiluvchi to‘qima kiradi.
Embrional to‘qimadan doimiy to‘qimalar kelib chiqib, ularga quyidagilar
kiradi:
2.
Qoplovchi to‘qima;
3.
Asosiy to‘qima;
4.
Mexanik to‘qima;
5.
O‘tkazuvchi to‘qima.
6.
Bundan tashqari to‘qimalar shakliga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:parenximatik va
prozinximatik. Oddiy to‘qima-shakli va funksiyasi bir xil bo‘lgan ho‘jayralar
to‘plamidan iborat bo‘ladi (parenxima, sklerenxima). Murakkab to‘qima-
shakli va funksiyasi har xil bo‘lgan ho‘jayralar to‘plamidan iborat (qoplovchi,
o‘tkazuvchi to‘qimalar). To‘qimalar rivojlanishiga ko‘ra:embrional va doimiy
to‘qimalarga bo‘linadi. Doimiy to‘qimalarga- qoplovchi, o‘tkazuvchi,
mexanik va asosiy to‘qimalar kiradi. To‘qimalar anatomofiziologik
xususiyatiga ko‘ra quyidagi xillarga bo‘linadi:
7.
Hosil qiluvchi (embrional, meristema);
8.
Qoplovchi;
9.
O‘tkazuvchi;
10.
Mexanik;
11.
Asosiy;
12.
Ajratuvchi;
13.
Aerenxima;
14.
Xlorenxima;
15.
Jamg‘aruvchi;
16.
Co‘ruvchi to‘qimalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |