Ta’limning ko‘rsatmalilik qoidasi
o‘qitish jarayonining sifatini orttiradi,
o‘quvchilarning bilim olishlarini osonlashtiradi. Bu qoida o‘qitish jarayonida
ko‘rish, eshitish, xid bilish, ta’m bilish, teri, muskul-xarakat kabi sezgi organlarning
ob’kt ustida safarbar qilinishi talab etadi. Ta’limda ko‘rsatmalilikning
ko‘rsatmaliilkning samarali natijalar berishi uchun ko‘rgazmali qurollar
o‘quvchilarning yoshi, umumiy tayyorgarligi – saviyasiga mos bo‘lishi,
mavzu
mazmunining ochib berishiga yordam berishi, undan foydalanish uchun ta’lim
usullari to‘G‘ri tanlangan bo‘lishi lozim.
Ta’limning o‘quvchilarga mos bo‘lishi qoidasida
ta’limning ikki tomoni
e’tiborda tutiladi: a) o‘quv materiallarining xarakteri mazmuni va xajmi sinf
o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi; b) bilmi xajmi o‘quvchtilarning
saviyasiga mos bo‘lishi lozim. Ta’limning o‘quvchilarga mos bo‘lishi
quyidagi
qoidalarga asoslanadi: “Osondan qiyinga qarab borish”, “Ma’lumdan noma’lumga
qarab borish”, “Soddadan murakkabga qarab borish”.
Ta’lim va tarbiyaning birligi qoidasi va moxiyati
Maktab o‘quvchilariga ta’lim berish, tarbiyalash va ularning umumiy
rivojlanishlarini bir butunlikda amalga oshirish zarur. Ta’lim tizimida ta’lim va
tarbiyaning birligi qoidasi asosiy va etakchi qoidalardan biri hisoblanadi. U didaktik
qonunlarning o‘qish va o‘qitish borasidagi tub moxiyatini ifodalaydi; Binobarin,
o‘quv
fanlarining har biri, xatto, ayrmi mavzu va mavzuchalari ham, shubxasiz
tarbiyalovchilik xarakterga ega.
Ta’lim jarayonida o‘tilayotgan katta va kichik mavzularning mazmunidan
kelib chiqadigan tarbiyaviy tomonlarini to‘G‘ri belgilash va uni ta’lim bilan birga
bir butunlikda amalga oshirishni ta’minlash juda muhim va hal qiluvchi axamiyatga
‘ga.
Demak, bir butun ta’lim jarayonida ikki o‘zaro boG‘liqlik: xayotni bilish va
unga bo‘lgan munosabatni tarkib topish jarayoni ajralib turadi.
Maktabda
beriladigan ta’lim bilan tarbiya o‘rtasidagi pedagogik jarayoning butunligini ta’min
etuvchi o‘zviy birlikhaimsha mavjud.
Maktab ta’limida o‘quvchilar tabiiy fanlarni – matematika, kimyo, biologiya,
astranomiya va boshqa fanlarni o‘zlashtirish orqali ilmiy e’tiqodlari shakllana
boradi. Ular dunyoni o‘rganish mumkinligini ilmiy asosda anglab oladilar, haqiqatga
ishonch bilan, yolG‘on narsalarga nafrat bilan qaray oladigan bo‘ladilar. Ular
ustidan xaqqoniy xukm chiqaradigan aqlli, idrokli, iymonli inson bo‘lib etishadilar.
Maktab ta’limida gumanitar fanlarning ham tarbiyaviy axamiyati juda
muhimdir. Tarix fanini o‘zlashtirish orqali o‘quvchilar (yangi taklif etilgan fani
dasturi asosida)
jumxuriyatimiz tarixi, uning rivojlanish bosqichlari, moddiy-
madaniy, jismoniy-siyosiy, ma’naviy
jixatdan rivojlanishi, adabiy-badiiy merosi,
bobokalonlarimiz tomonidan qoldirilgan qimmatli xazinalarimiz, xozirgacha
o‘rganilmay qolgan aql pedagogikasi durdonalari bilan tanishadilar. qo‘ying-chi,
sharqona udumlar, odatlar dunyosiga kirib boradilar, tarixning chin madadkori xalq
ommasi ekanligi haqida aniq bilimga ega bo‘ladilar. Adabiyot va san’atni o‘rganish
o‘quvchilarni chin inson qilib tarbiyalashdagi eng zarur shartlaridan biridar.
Ta’lim-tarbiyaning birligi ta’lim jarayonini to‘G‘ri
tashkil qilish va
o‘qitishning xilma-xil usullaridjan foydalana olishga ko‘p jixatdan boG‘liq dir.
Ayniqsa, ta’lim bilan tarbiyaning birligini tiha’minlamoq uchun:
-
bayon qilinayotgan o‘quv materiallarining mazmuni ham ilmiy, ham G‘oyaviy
jixatdan to‘G‘ri tashkil qilinishi;
-
o‘qitilayotgan temaning ilmiy va tarbiyaviy moxiyati ochib berilishi, ta’lim
jarayonida xadislardan foydalanish imkoniyatini yaratilishi;
-
bayon qilinayotgan ilmiy bilimlarning puxta va mustaxkam o‘zlashtirilishi va
turmushda unga amal qilinishi;
-
ta’limda muammoli jarayonni vujudga keltirish, o‘quvchilarning qiziqishlari,
aktivlik, tashabbuskorliklarini ta’minlashga e’tiborning kuchaytirilishi;
-
ta’lim jarayonida o‘quvchilarning uyushqoqlik, intizomlilik va javobgarlikni
sezish, o‘zaro yordam xislarini tarbiyalashni ta’minlamoq zarur.