Boshqaruvchi shaxsiga qo’yilgan talablar Reja



Download 484,66 Kb.
bet6/16
Sana07.01.2022
Hajmi484,66 Kb.
#328064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2. Boshqaruvchi shaxsiga qo’yilgan talablar

Liberal rahbar - bu rahbarning kayfiyatini, ishga munosabatini, ishdan mamnun yoki mamnun emasligini bilish qiyin. Unda ta’qiqlash, po’pisa bo’lmaydi, uning o’rniga ko’pincha, ishning oxirgi oqibati bilan tanishish bilangina cheklanadi xolos. Jamoada hamkorlik yo’q. Boshliq jamoaning muammolarini ishning baland-pasti bilan qiziqmaydiganday, go’yoki boshqa «koinotda» yurganga o’xshaydi. Aniq ko’rsatmalar bermaydi.

Uning o’rniga norasmiy liderlar yoki o’ziga yaqin kishilar orqali qilinishi lozim bo’lgan topshiriqlar bajaruvchilarga etkaziladi. Uning asosiy vazifasi, uning nazarida, xodimlar uchun ish sharoitini yaxshilash, ishdagi kamchiliklarni bartaraf etish, kerakli maxsulotlar, xomashyo kabilarni topib kelish, majlislarda qatnashish va xokazolardan iborat.

Xodimlar bilan mulokotda bo’lishga to’g’ri kelganda, u doimo xushmuomila bo’lib, odob, axloq normalarini buzmaslikka xarakat qiladi, lekin xech qachon ular bilan tortishmaydilar. Olimlarning fikricha, bunday rahbar ishi olib borgan jamoada barcha ko’rsatkichlar doimo orqada, qo’nim ham yo’q. Liberal rahbar ishda anarxiyani qilib qo’yib, ko’p turmay, boshqa erdan ish qidirishga xarakat qiladi.

Yuqorida baho berilgan boshqarish uslublari ko’proq liderlikka emas, balki rahbarlikka taalluqli, lekin ilmiy adabiyotlarda bu ikki ibora, ko’pincha sinonimday ishlatiladi. Aslida, eng yaxshi rahbar o’zida barcha liderlik sifatlarini ham mujassamlashtirgan bo’ladi. chunki sof ijtimoiy psixologik ma’nodagi liderning turlari turli sharoitlarda o’zida ko’proq namoyon etadigan shaxsiy sifatlarga ko’ra, tabaqalanadi.

Yuqorida aytib o’tilganidek, rahbarda tug’ma qobiliyat bo’ladi, deb ham aytib bo’lmaydi. Ikkinchi tomondan, rahbar vaziyatga qarab stixiyali tarzda tarbiyalanib ketaveradi, deb ham bo’lmaydi. Minglab shaxs sifatlari ichida ko’plari rahbarlik uchun qulay va ma’quldir. A.V.Petrovskiy ana shunday ijobiy sifatlarning bir yarim mingini sanab chiqqan. Lekin ularning barchasini umumlashtiradigan, bo’lishi lozim bo’lgan ayrim sifat qobiliyatlari borki, o’shalar haqida qisqacha to’xtalib o’tmoq lozim.

Avvalo, xar qanday raxbarda intellekt - aql-zakovatning ma’lum normasi bo’lishi kerak. Bu norma yaxshi raxbar uchun o’rtadan yuqori bo’lmog’i muvofiqdir. Chunki geniy darajadagi intellektga ega bo’lgan rahbar bilan ishlash odamlar uchun qator noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin, bunday aql-zakovat qolganlarning ijobiy rivojlanishiga psixologik to’siq bo’lishini amaliyot va xayot ko’rsatadi. Rahbardagi o’rtadan yuqori intelektni qoplab ketadigan yana boshqa muhim sifatlar borki, ular boshqarish ishining samarasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Masalan, rahbarning mustaqil fikrlilik, topqirlik, tashabbuskorlik sifatlari. Chunki ayrim xollarda xato qilsa ham rahbar original fikrlar aytib, yo’l-yo’riqlar ko’rsata olishi, xar bir ko’rsatilgan fikr, qilingan ishga mustaqil baho bera olishi zarur. Xar qanday rahbar uchun kerak bo’lgan xislatdan yana biri tom ma’noda «ziyoli» bo’lish yoki boshqacha qilib aytganda, madaniyatli bo’lishdir. Boshliq o’zidagi madaniyatni, avvalo, muomalada, odamlar bilan bo’ladigan mulokotlarda namoyish qilmog’i kerak. Muomala madaniyati – bu o’rinli, aniq, qisqa, samimii gapirish madaniyati va ikkinchi tomondan, suhbatdoshni tinglash qobiliyatidir.

Jamoa faoliyatini va o’z faoliyatini rejalashtirish qobiliyati rahbar uchun muhim bo’lgan talabalardan biridir. Chunki rejalashtirish asosida o’z-o’ztni boshqara olish va boshqarishni tashqi faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda boshqara olishni ta’minlovchi muhim psixologik xususiyat yotadi. Raxbar o’z ishini puxta rejalashtirish qobiliyatiga ega bo’lgan realistik tafakkurga ega bo’lmog’i, ya’ni xar qanday sharoitlarda ham o’sha muammo yoki ishga taalluqli barcha alternativ variantlardan eng to’g’risi va maqsadga muvofiqligini tanlab oladigan, ishni to’g’ri tashkil eta bilgan, ya’ni kam sarflab ishni uddalay olgan, noaniq yoki tasodifiy vaziyatlarda ham ish taktikasini to’g’ri yo’lga yo’naltira oladigan odam bo’lishi kerak.

Rahbarlik va boshqarish ikki tarzdagi ijtimoiy ‘odisalardir. Rahbarlik bu shaxsning mavqei, boshqarish esa bevosita amaliy jarayondir. Rahbarlik mavqe sifatida shaxsda egalik xususiyatini shakllantiradi. Bunda egalik o’z xulqi, xatti- xarakatlari va muomila munosabatlariga nisbatan egalik xissini vujudga keltiradi. Boshqarish esa bevosita jamoaga qaratilgan bo’lib, uning psixologik natijasi o’zlikka nisbatan xurmat, o’zligini qadrlash, anglash kabilarni vujudga keltiradi. Rahbar doim o’z xodimlari bilan mulokotda bo’ladi. Bu esa uni mulokot qilish ko’nikmalarini shakllangan bo’lishini talab qiladi. Mulokot asosida ishni turli xil tarzda tashkillashtiradi. Jumladan, ishni byurokratik, demokratik tarzda tashkillashtirishi mumkin. xuddi mana shu mulokot shakliga ko’ra jamoada ijtimoiy fikr vujudga keladi. rahbar ishni tashkillashtirishga ko’ra uch xil rahbarlik stiliga ega bo’lishi kerak. Avtoritar, demokratik va liberal. Ushbu stilllarning xar biri o’z natijasiga ega bo’lib, jamoada turli xil ijtimoiy psixologik kayfiyatni vujudga keltiradi.


Download 484,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish