Boshqaruvchi shaxsiga qo’yilgan talablar Reja



Download 484,66 Kb.
bet1/16
Sana07.01.2022
Hajmi484,66 Kb.
#328064
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2. Boshqaruvchi shaxsiga qo’yilgan talablar


Boshqaruvchi shaxsiga qo’yilgan talablar


Reja:

  1. Rahbarlik sifatlari talablari.

  2. Raxbarning ishbilarmonlik va shaxslilik xususiyatlari.

  3. Lider xususiyatlari xakidagi kontseptsiyalarning talkini va taxlili.

  4. Liderlik uslublari.

  5. Liderlikning ikki ulchamli modeli: «Tashabbus» va «uzaro munosabatlar» lider xatti-xarakat turining omili sifatida.



Lider asosan, guruxdagi shaxslararo munosabatlarni boshqaradi. U xech qachon yolg’iz bo’lmaydi, gurux a’zolarini u yoki bu xarakatlarga chorlaydi. Chunki lider gurux a’zolarining psixologiyasi, ularning kayfiyatlari, intilishlari, qiziqishlari va xokazolarini xammadan xam yaxshi biladi. Ular ichida eng tashabbuskoridir. Bundan tashqari, liderlikning uslublari va sifatlari xam aloxida o’rganilgan. Boshqaruvning sub’ekti o’rganilganda odatda boshqaruvchi shaxs yoki odamlar guruxi nazarda tutiladi. Guruxni boshqaruvchi shaxs esa «lider» yoki «boshliq» deb xisoblanadi. Boshqaruv psixologiyasida liderlik muammosi juda ko’p olimlarning e’tiborini o’ziga tortgan. B.D.Parigin, K.Berd, A.N. Leontev, liderlik uslublari xaqida esa M.Forverg, M.Yu.Jukov shular jumlasidandir.

Boshkarish psixologiyasi uz faoliyatida tadkikot metodlaridan foydalangan xolda ish yuritadi. Shu tufayli boshkaruv faoliyati yuzasidan olingan ma’lumotlar, ishlab chikilgan tadbirlar ilmiy asosligi bilan muxim kasb etadi. Boshkaruv psixologiyasida umumiy va ijtimoiy psixologiya metodlaridan foydalaniladi. Xususan kuzatish, test, anketa, suxbat, faoliyat maxsulini urganish, arxiv bilan ishlash, sotsiometriya va boshka shu kabi metodlar boshkarish psixologiyasi uchun tadkikot metodlari sifatida xizmat kiladi.

Guruxda raxbarlik xaqida fikr ketganda, avvalo, gurux xaqida qisqacha psixologik izox bermoqchimiz.

Gurux - bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat, mulokot xamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Guruxni aloxida shaxslar tashkil etadi, lekin xar bir gurux psixologiyasi uni tashkil etuvchi aloxida shaxslar psixologiyasidan . farq qiladi va o’ziga xos qonuniyatlarga bo’ysunadi. Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruxlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir. Shu guruxdagi rasmiy munosabatlarning boshqaruvchisi raxbardir. Guruxda raxbarlik, maqsadga qaratilgan, jamiyatda ishlab chiqilgan normalar, tartiblar asosida, saylovlar oqibatida sodir bo’ladi. Bundan tashqari, raxbar liderda yo’q bo’lgan rag’batlantirish tizimiga ega bo’lib, shu asosda o’z xodimlariga ta’sir o’tkazishi mumkin. Raxbar guruxda u yoki bu qarorlar va

ko’rsatmalarni o’z ixtiyoricha bajara olmaydi, u ko’plab rasmiy ko’rsatmalar, rejalar, normalar, buyruqlar doirasidan chiqib ketishi qiyin bo’ladi.

Guruxdagi o’zaro munosabatlar yuqoridan pastga yoki aksincha bo’lab, gurux a’zolarining konkret mavqelari, boshliq bilan buysunuvchilar o’rtasidagi munosabatlarni o’z ichiga oladi. Bu borada «lider» va «boshliq» tushunchalari o’rtasidagi farqlar xaqida gapirish mumkin. B.D. Parigin bu ikki tushunchani farqlab shunday yozadi:

1. Lider guruxdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarsa, raxbar shu guruxdagi rasmiy munosabatlarni boshqaradi;

2. Liderlik kichik guruxlardagina xos bo’lgan xodisa bo’lsa, raxbarlikning xaq-xuquqlari katta guruxlar doirasida xam sodir bo’lishi, amalga oshirilishi mumkni;

3. Agar liderlik stixiyali, betartib jarayon bo’lsa, raxbarlik maqsadga karatilgan, jamiyatda ishlab chiqarilgan normalar, tartiblar asosida saylov oqibatida sodir bo’ladigan xodisadir;

4. Liderlik raxbarlikka nisbatan vaqtinchalik xodisa bo’lib, gurux a’zolarining kutishlari, ularning kayfiyatlari, faoliyat yo’nalishiga qarab uzoqroq muddatda yoki qisqa muddatda ro’y beradi;

5. Raxbarning liderdan farqi yana shundaki, u liderda yo’q bo’lgan jazolash va rag’batlantirish tizimiga ega bo’lib, shu asosda o’z xodimlariga ta’sirini o’tkazishi mumkin.

Bu psixologik ta’sir shundayki, biron - bir manfaatni ko’zlab qilingan ishda erishilgan yutuqlar uchun boshliq xodimlarini ko’tarinki rux bilan rag’batlantirib mukofatlab tursa, o’sha erda xodimlar o’zlari bilmagan xolda boshliqqa nisbatan ijobiy munosabatda bo’lishada;

6. Lider guruxda u yoki bu qarorlar, ko’rsatmalar, tashabbuslarni o’z ixtiyoricha, bevosita chiqarish mumkin. Raxbarda esa bu yo’nalishda ko’plab rasmiy

ko’rsatmalar, rejalar, normalar, buyruqlar mavjudki, raxbar- bhlar doirasidan chiqib ketishi kiyin.

Ko’p xollarda raxbar lider uslubini qo’llasa, bu jamiyat tamonidan «o’zboshimchalik», «qonunga bo’ysunmaslik» deb qoralanadi.

7. Liderning faoliyati faqat kichik guruxlar

doirasida amalga oshiriladi, raxbar shu guruxdagi, kengroq ijtimoiy doiradagi, jamiyatdagi vakil bo’lgani uchun vakolatlari xam keng, faoliyat imkoniyatlari xam ortiqdir.

Liderlik xodisasi to’g’risida gap ketar ekan, liderlik nazariyalari xaqida xam qisqacha to’xtalib o’tish o’rinlidir. Xozirgi kunga qadar liderlik to’g’risida asosan, uchta nazariya mavjud.

Birinchisi, «Liderlik sifatlari nazariyasi»dir. Uning moxiyati shuki, xamma xam lider bo’la olmaydi, ayrim shaxslarda shunday sifatlar yig’indisi tug’ma mavjud bo’lib, bu sifatlar ular uni guruxda lider bo’lishini ta’minlaydi. Masalan, 1940 yilda amerikalik K.Berd 79 sifatdan iborat bo’lgan liderlik qirralari ro’yxatini tuzdi. Bu ro’yxatda liderlik qirralari, jumladan, tashabbuskorlik, mulokotga kirisha olishlik, yumor xissi, o’ziga ishonch, tez va aniq qarorlar qabul qila olish,

tashkilotchilik kabi sifatlar bor edi. Lekin bu nazariyaning xatoligi shunda ediki, birinchidan, u yuqoridagi sifatlar qanday qilib namoyon bo’ladi - yu, qanday shakllanishini tushuntirib bera olmaydi, ikkinchidan, so’rovlar mobaynida bitta sifat xam mutloq ko’p marta qayt etilmadi. Bundan ko’rinib turibdiki, liderlik murakkab psixologik xodisa.

Ikkinchi nazariya liderlikning vaziyatga bog’liqligi nazariyasidir. Bu erda asosiy g’oya - lider vaziyatning maxsuli degan g’oyadir. Xar. bir odamda liderlik sifatlari bor, lekin ayrim vaziyatlar, ayrim shaxslarning o’zlarini ko’rsatishlari, lider bo’lishlari uchun qulay xisoblanadi.

Yuqoridagi ilk nazariyani tanqid qilish natijasida paydo bo’lgan uchunchi nazariya liderlikning sintetik nazariyasidir. Bu nazariya liderni guruxiy munosabatlarning bevosita maxsuli deb qaraldi. Liderning ro’yobga chiqishida guruxning birlamchi rolini ilgari suradi.


Download 484,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish