Mehnat jamoasini jipslashtirish qobiliyatining quyi darajali ekanligi. Jamoadagi psixologik iliq muhit rahbar muvaffaqiyatining namunasidir. Psixologik muhit o’zaro yordam muhit o’zaro moslik ahllik, totuvlik, o’zaro tushinuv simpatiya singari his – tuyg’ularning barqaror majmuasini o’zida aks ettiradi. Turli yoshdagi, kasbdagi, jinsdagi kishilarning xarakteridan milliy mansubligidan qat’iy nazar ularni jipslashtirish rahbarning asosiy funktsiyasi va uning mahoratidir. Jamoa a’zolarini jipslashtirish uquvining zaifligi psixologik muhitga zarar etkazadi, hamkorlik hamdardlik tuyg’ularini susaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |