Boshqaruv hisobi


QF = Bo‘lim foydasi – (Bo‘lim aktivlari x Maqsadli



Download 1,19 Mb.
bet74/198
Sana24.06.2022
Hajmi1,19 Mb.
#698090
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   198
Bog'liq
BOSHQARUV HISOBI nashriyot (4)

QF = Bo‘lim foydasi – (Bo‘lim aktivlari x Maqsadli foyda me’yori) Qavs ichidagi ko‘rinish foydaning qiymati bahosi bo‘lib, u mas’uliyat markazlari uchun belgilangan foyda me’yorining minimal ko‘rinishidir. Segmentlar tomonidan ushbu miqdordan yuqori topilgan
har qanday miqdor xo‘jalik yurituvchi subyektga foyda keltiradi.
Iqtisodiy qo‘shimcha qiymat (IQQ) yoki boshqariladigan foyda. Chet el kompaniyalarining tajribalarida korxonalarning moliyaviy faoliyati natijalarini hisoblash uchun IQQ ko‘rsatkichidan foydalanishlari - aktivlardan samarali foydalanishga, kapitalni saqlashga, mehnat unumdorligini oshirishga va mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifatini oshishiga olib kelmoqda.
Kompaniyaning aksiya va obligatsiya egalari uchun topgan daromadi va analogik darajada bo‘lgan xavf asosida mablag‘larning boshqa kompaniyalarga sarmoya sifatida kiritilishidan tushgan daromad farqi - iqtisodiy qo‘shimcha qiymat deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, xo‘jalik yurituvchi subyekt foydasidan barcha majburiyatlar qiymat ayirmasi iqtisodiy qo‘shimcha qiymat bo‘ladi.
Qoldiq foyda va iqtisodiy qo‘shimcha qiymat mohiyatan bir-biriga yaqindir. IQQ xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyatidan olingan foydadan soliqlar ushlab qolingandan so‘ngi foyda miqdoridir.


6 a).Test savollari



  1. Boshqaruv hisobini tashkil qilish maqsadida biznes segmentlarini qaysi turlarga bo‘lishadi?

  1. operativ va statistik;

  2. joriy va hududiy;

v) choraklik, yarim yillik va yillik,;
g) umumlashtirilgan va yig‘ma;
d) barcha javoblar to‘g‘ri.



  1. Qaysi xalqaro standartda segmentlar bo‘yicha hisobotni tuzish va taqdim etish tartibi belgilab berilgan?

  1. 14-sonli “Segmentar hisobot” nomli buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari (BHXS);

  2. 29-sonli “Giperinflatsiya sharoitida moliyaviy hisobot” nomli BHXS;

v) 34-sonli “Oraliq moliyaviy hisobot” nomli BHXS;
g) 27-sonli “Yig‘ma moliyaviy hisobot va sho‘ba korxonalarga investitsiyalar hisobi” nomli BHXS;
d) 1-sonli “Moliyaviy hisobotni ochib berish” nomli BHXS;



  1. Segmentar hisobotlarning qanday turlari mavjud?

  1. joriy va hududiy;

  2. choraklik, yarim yillik va yillik;

v) operativ va statistik;
g) xo‘jalik yurituvchi subyektning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib turli xilda;
d) barcha javoblar to‘g‘ri.



  1. Biznes segmenti bu - ...

  1. xo‘jalik yurituvchi subyektning ma’lum qismini vakolatlar va mas’uliyat berish maqsadida ajratish;

  2. xo‘jalik yurituvchi subyektning mas’uliyat markazlari;

v) xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobot shakllari;
g) joriy va hududiy segmentlar yig‘indisi;
d) a va g.



  1. Hududiy segmentning ta’rifi qaysi bandda to‘g‘ri berilganligini aniqlang.

  1. xo‘jalik yurituvchi subyektning menejerlari (rahbarlari) faoliyatini samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan, bo‘limlar xarajatlari va

daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtiradigan hisob obyekti;

  1. xo‘jalik yurituvchi subyektning tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda ishtirok etuvchi, risk va foyda kabi iqtisodiy shart-sharoitlar ta’sirida, ma’lum makonda harakat qiluvchi ajratib qo‘yilgan qismi;

v) xo‘jalik yurituvchi subyektning mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishi bo‘yicha yillik kompleks rejasi;
g) xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining muayyan sohasi va turiga, real kapital o‘sishiga, ya’ni, ishlab chiqarish vositalari, aylanma mablag‘lar qiymatining o‘sishiga, ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan xarajatlari miqdori;
d) xo‘jalik yurituvchi subyektning istiqbolga, ya’ni kelgusi davrlarga mo‘ljallangan moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini strategik rejalashtirish.



  1. Segmentar hisobotning shakllari qaysi bandda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

  1. buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot, pul mablag‘lari to‘g‘risidagi hisobot, asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot va xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot;

  2. buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot, pul mablag‘lari to‘g‘risidagi hisobot, asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot va xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot, tayyor mahsulot zaxiralari, sotish to‘g‘risidagi hisobot;

v) tayyor mahsulot zaxiralari, sotish to‘g‘risidagi hisobot;
g) a va v;
d) to‘g‘ri javob berilmagan.



  1. Segmentar hisobotni tuzish tamoyillari qaysi bandda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

  1. tezkorlik;

  2. ahamiyatlilik, haqqoniylik, izchillik va tugallanganlik;

v) ehtiyotkorlik, taqqoslanuvchanlik;
g) aniq manzillilik, ishonchlilik, tushunarlilik;
d) a, b, v va g.

  1. Segmentlar bo‘yicha boshqaruv hisoboti to‘plami qaysi shakllar to‘plamidan iborat bo‘lishi mumkin:

  1. material va butlovchi qismlar zaxiralari to‘g‘risidagi hisobot, tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha hisobot, ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmatlar) to‘g‘risida hisobot;

  2. xarid qilingan tovar-moddiy boyliklar to‘g‘risidagi hisobot, tayyor mahsulot zaxiralari to‘g‘risidagi hisobot, sotish hajmi to‘g‘risidagi hisobot;

v) pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot, debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi hisobot, yig‘ma hisobot;
g) a, b va v;
d) to‘g‘ri javob varianti berilmagan .



  1. Segment xarajatlari tarkibida hisobga olinmaydigan xarajat moddalarini toping.

  1. bevosita mehnat (ish) haqi xarajatlari;

  2. texnologik ehtiyojlar uchun sarflanadigan elektr energiyasi xarajatlari;

v) moliyaviy qo‘yilmalar bo‘yicha xarajatlar;
g) favqulodda xarajatlar;
d) v va g.



  1. Quyidagilarning qaysilari segment daromadlari sifatida hisobga olinadi?

  1. boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ishtirok etishdan olinadigan daromadlar;

  2. boshqa segmentlar bilan bo‘ladigan muomalalardan olinadigan daromadlar;

v) tashqi mijozlar bilan tuzilgan shartnomalardan olinadigan daromadlar;
g) a, b va v;
d) favqulodda daromadlar.



  1. Ichki segmentar hisobotni tuzish bo‘yicha umumiy tamoyillar quyidagi qaysi bandda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

  1. segment faoliyatini nazorat qilish imkoniyati yaratilishi tamoyili;

  2. chetlanishlarni boshqarish tamoyili;

v) ma’lumotlarning tezkorlik, ehtiyotkorlik, taqqoslanuvchanlik tamoyili;
g) a, b va v bandlarda ko‘rsatilgan;
d) to‘g‘ri javob yo‘q.



Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish