§. Segmentar hisobot javobgarlik markazlari faoliyatini baholashning asosi sifatida
Xo‘jalik yurituvchi subyektda biznes segmentlari bo‘yicha tuziladigan segmentar hisobotni mas’uliyat markazlari bo‘yicha shakllantirilgan hisobot sifatida e’tirof etish, ya’ni tushunish mumkin.
Segmentar hisobni tashkil etish zarurati munosabati bilan boshqaruv hisobida ularning chegaralarini quyidagi mezonlarga muvofiq belgilash lozim:
alohida biznes segmentlari bo‘yicha tuziladigan segment hisobotlari qanday ko‘rinishda bo‘lishi lozim (ya’ni, segmentar hisobot ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularni hisobga olish hamda baholash mezonlarini belgilab berish);
segmentlar o‘rtasida sodir etiladigan jarayonlarda hisob- kitoblarni amalga oshirish va baholarni belgilash usullarini aniq belgilab berish zarur;
segmentlar daromadlari va xarajatlari, aktivlari va majburiyatlarini taqsimlash asoslarini aniq ko‘rsatib berish ham muhimdir.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan demokratik mamlakatlarda faoliyat yuritadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar amaliyotida moliyaviy harakterga ega bo‘lgan to‘rtta ko‘rsatkichlardan foydalanadilar:
foyda;
aktivlarning rentabelligi;
qoldiq foyda;
iqtisodiy qo‘shimcha qiymat.
Xarajat va daromad markazlari faoliyatining samaradorligini aniqlashda ushbu ko‘rsatkichlar mos kelmaydi.
Markazlar faoliyatini nazorat qilishda faqat birinchi ko‘rsatkichdan foydalanish mumkin, xolos. Sarmoya (investitsiya) markazi faoliyati natijasini tahlil etishda esa keyingi uchta ko‘rsatkichdan (aktivlar rentabelligi, qoldiq foyda va iqtisodiy qo‘shimcha qiymat) foydalanish, maqsadga muvofiq. Ushbu ko‘rsatkichlarni hisoblashda segmentlarga tegishli bo‘lgan aktivlar qiymati va majburiyatlari to‘g‘risida axborot bo‘lishi zarur.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning foydasi sotilgan mahsulot (xizmatlar)dan kelib tushgan tushum va sarflangan xarajatlar farqi asosida aniqlanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini baholaydigan daromad ko‘rsatkichi mustaqil emas, balki ko‘proq amaliy ahamiyatga ega. Bo‘limlarning foydasini hisoblagandan so‘ng, keyingi ikkita, ya’ni aktivlarning rentabelligi va sof (qoldiq) foydani hisoblash mumkin.
Boshqaruv hisobi va tahlili nuqtayi-nazaridan aktivlar rentabelligi (AR) ko‘rsatkichi aktivlarga sarf etilgan sarmoyaning qanchalik samarali
foydalanganligini ko‘rsatadi. Aktivlar rentabelligi formulasi quyidagi ko‘rinishga ega:
AR = Bo‘limlar foydasi : Bo‘limlar aktivi
Boshqaruv hisobida umumiy qoida mavjud bo‘lib unga ko‘ra, agar taklif etilayotgan investitsiya loyihalari bo‘yicha ulardan tushadigan foyda kapital qiymatidan yuqori bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi subyekt taklif etiladigan sarmoyalarni qabul qilishi kerak. Segmentlar faoliyatini baholashda qoldiq foyda ko‘rsatkichi ushbu umumiy qoidani inobatga oladi.
Qoldiq foyda (QF) – bu xo‘jalik yurituvchi subyekt ma’muriyati tomonidan belgilangan, mas’uliyat markazlari tomonidan minimal foyda normasidan ko‘proq ishlab topilgan foydaga aytiladi.
Qoldiq foyda formulasi quyidagicha hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |