6 – avlod mashinalari
Yaqin kelajakda, deydi tahlilchilar, biz kompyuterlarning 6-avlodi paydo bo'lishini kutish
huquqiga egamiz. Bu mikrosxemalar arxitekturasida neyron elementlardan foydalanish,
taqsimlangan tarmoq ichida protsessorlardan foydalanish bilan tavsiflanadi.
Keyingi avloddagi kompyuterlarning ishlashi, ehtimol, gigagertsda emas, balki printsipial
ravishda boshqa turdagi birliklarda o'lchanadi.
IEEE 802: IEEE 802.3, 802.11, 802.15, 802.16 standartlari
1980 yili IEEE(Instituteof Electricaland Electronics Engineers) – elektrotexnika va
radioelektronika injenerlari instituti tarkibida lokal kompyuter tarmoqlarini standartlashtirish
bo‘yicha 802 komitet tashkilqilingan bo‘lib, uning faoliyati natijasida IEEE 802.x standartlari
to‘plamlari qabul qilingan edi. Bu lokal kompyuter tarmoqlarini quyi sathlarini loyixalash
bo‘yicha tavsiyalardan iborat standartlar to‘plamidir. Keyinchalik 802 komitetning ish natijalari
asosida ISO 8802-1…5 halqaro standartlar kompleksi ishlab chiqildi. Bu standartlarga o‘sha
paytda keng tarqalgan Ethernet, Arc Net va Token Ring kabi tarmoq standartlarining
ko‘rsatgichlari asos bo‘lgan edi.
IEEE 802.x standartlarining tuzilishi 5.1-rasmda keltirilgan. IEEE 802.x standarti yettita sathli
OSI modelining ikki quyi sathlari – fizik va kanal sathlariga tegishli bo‘lgan standartlar
17
to‘plamidan iboratdir. Bunga sabab lokal kompyuter tarmoqlarining o‘ziga xos jihatlarini, aynan
shu sathlarning ifodalashidir. Yuqori sathlar, ya’ni tarmoq sathi va undan yuqorida joylashgan
sathlar esa, lokal hamda global kompyuter tarmoqlari uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlarni kasb
etar ekan.
Bu standartlarga asosan lokal kompyuter tarmoqlarining kanal sathiikkitasath osti
sathlarigabo‘linadi:
LLC (Logical Link Control) – ma’lumotlarni uzatishni mantiqiy boshqarish sath osti sathi.
MAC (Media Access Control) – ma’lumotlarni uzatish muxitiga bog‘lanishni boshqarish sath
osti sathi.
LLC sathi – kompyuterlar o‘rtasida ma’lumotlarni har-xil darajadagi ishonchlilik bilan uzatishni
amalga oshirish uchun javob beradi, hamda tarmoq sathi bilan ulanuvchi interfeys vazifasini
bajaradi. Tarmoq sathi, LLC sathi orqali, kanal sathidan o‘ziga kerak bo‘lgan ma’lumotlarni
uzatish amaliyotini, ya’ni transport hizmatini unga kerak bo‘lgan sifatda bajarib berishni
so‘raydi.
MAC sathiesa – kompyuterlar birgalikda foydalanadigan umumiy shina yoki halqa topologiyali
muxit vaqtini ma’lum bir algoritm asosida taqsimlab, tarmoqni to‘g‘riishlashini
1.5 - Rasm . IEEE 802.X standarti strukturasi
18
Ta’minlab beradi. MAC sathi yordamida uzatish muhitiga murojaat qilishga ruxsat olingandan
so‘ng, LLC sathi tomonidan ma’lumotlarni mantiqiy birliklarini, axborot kadrlarini, har-xil
darajadagi sifat bilan uzatish, ya’ni transport hizmati amalga oshiriladi.
Lokal kompyuter tarmoqlarining har-bir texnologiyasi tavsifi ikki qismga bo‘lingan bo‘ladi:
1.MAS sathitavsifi.
2.Fizik sathitavsifi.
5.1.- rasmdan ko‘rinib turibdiki MAS sathining yagona protokoliga, fizik sath protokollarining
bir-nechta variantlari to‘g‘ri keladi.
Barcha texnologiyalarning kanal sathi uchun esa umumiy bir-nechta ish rejimli LLC protokol
tasvirlangan. IEEE institutidan boshqa joyda ishlab chiqilgan lokal tarmoq standartlari ham
802.2 bo‘lim tomonidan ishlab chiqilgan LLC sathi protokoliga moslangan bo‘lishi kerak.
802 komitet tarkibiga quyidagi bo‘limlar kiradi:
- 802.1 Internetworking – tarmoqlarni birlashtirish, ya’ni bir-nechta tarmoqlarni birgalikda
ishlashini ta’minlovchi standartlarni ishlab chiqish bo‘limi;
- 802.2 Logical Link Control (LLC) – ma’lumotlarni uzatishni mantiqiy boshqarish
standartlarini ishlab chiqish bo‘limi;
- 802.3 Ethernet, ma’lumotlarni uzatish muhitiga murojaat qilishning CSMA/CD usuli bo‘yicha
ishlaydigan LKT;
- 802.4 Token Bus LAN - ma’lumotlarni uzatish muhitiga murojaat qilishning Token Bus
usuli bo‘yicha ishlaydigan LKT;
- 802.5 Token Ring LAN - ma’lumotlarni uzatish muhitiga murojaat qilishning Token Ring
usuli bo‘yicha ishlaydigan LKT;
- 802.6 Metropolitan Area Network (MAN) - megapolislar tarmog‘i yoki shahar tarmog‘i;
- 802.7 Broadband Technical Advisory Group – har-xil ko‘rinishdagi axborotlarni uzatish
standartlari guruhi;
- 802,8 Fiber Optic Technical Advisory Group – optik tolali tarmoqlar bo‘yicha texnik
maslahat guruhi;
- 802.9 Integrated Voiceanddata Networks – tovush va ma’lumotlarni uzatuvchi
integratsiyalangan tarmoqlar;
19
Do'stlaringiz bilan baham: |