Mavzuning nazariy-uslubiy asosi. Maktab muzeylari rivojidagi voqea hamda
xodisalarga dialektik munosabat, ilmiy taxlil, xolislik, tarixiylik-ilmiylik
mavzuning nazariy-uslubiy asosini tashkil etadi.
SHuningdek, O`zbekiston Prezidenti I.Karimovning quyidagi so`zlarini ishning
nazariy-uslubiy asosi sifatida joiz etdik. Jumladan, yurtboshimiz ta`kidalaganidek
“Biz yashayotgan XXI asr intellektual boylik, yuksak bilim va salohiyat talab
etiladigan, aynan shu qadriyatlar ustuvor ahamiyatlar kasb etadigan asr” degan
xayotiy xaqiqatdan kelib chiqqan edik
1
.
Prezident Islom Karimovning asarlari ayniqsa “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q”,
“Ozod va obod Vatan, erkin va farovon xayot – pirovard maqsadimiz”, “YUksak
ma`naviyat - engilmas kuch” kitoblari va nutqlarida bildirilgan fikrlar ushbu
muammoni o`rganishda nazariy asos bo`ldi.
1
Karimov I.A. “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo`lini izchil davom-taraqqiyotimizning muhim omilidir”,
“Ishonch” gazetasi. 2010 y, 8-dekabr.
11
Do'stlaringiz bilan baham: |