Boshqarish kafedrasi maktab muzeylari yoshlar ongida qadriyatlarni shakllantirish omili mavzusidagi


Maktab muzey fondlari o`tmish tarix tilsimidir



Download 260,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana31.12.2021
Hajmi260,27 Kb.
#220507
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
maktab muzeylari yoshlar ongida qadriyatlarni shakllantirish omili

 

1.2. Maktab muzey fondlari o`tmish tarix tilsimidir. 

Muzey faoliyati muzey fondlari orqali amalga oshiriladi. Muzey funktsiyasi 

bajarilishining muvaffaqiyatli bo`lishi, muzey kadrlarining bilim manbalari va 

emotsional va madaniy qadriyatlarni yaxshi bilishga va tashkil etishga bog’liq 

ya`ni muzey predmetlarining o`ziga xosligi va ularning tarixiy jarayonlarini aks 

ettirishini to`g’ri tushuna olish va tashkillashtira olishga bog’liq. Muzey fondlarini 

                                                            

1

 Yoqubov J. Maktab muzeylari. // Ma`rifat. 2001 yil, 12 may. 




 

19

saqlash, tadqiq etish va ilmiy, tarbiyaviy ishlarda ulardan to`g’ri foydalanish kerak 



bo`ladi. Fondlar orqali o`tmish, bugun va kelajakni bog’lash mumkin.  

Fond ishlarida boshqa yirik davlatlarda bo`lgani kabi tarixiylik, ilmiylik, xolislik 

uslubiyatlari asosiy o`rinni egallaydi. Tarixiylik printsipi orqali muzey qiyofalari 

jamiyatning tarixiy rivojlanishining jonsiz guvohi va natijasi sifatida o`rganildi. 

Tarix yo`nalishidagi muzeylar fondlariga muzey ashyolari, ijtimoiy-iqtisodiy 

jarayonlarning xujjatlari, ishi va tashqi siyosat, madaniyat tarixiga oid materiallar 

kiradi. 

Muzey fondlari arxiv va kutubxona fondlaridan farq qilib tarixiy jarayonlarni 

kompleks xujjatlashtiradi. 1. Moddiy, 2. Tasviriy, 3. YOzma, 4. Fano yozuv, 

kinofil’m (maktablar)

1



Maktab muzeyi fondiga quyidagilar: tarixiy va madaniy yodgorliklarning ya`ni 



topilmalarning asl nusxalari, moddiy topilmalar, yozma tarixiy manbalar, tasviriy 

san`at yodgorliklari, moddiy va ma`naviy, etnografiya va toponomikaga oida 

materiallar kiradi. SHuningdek, tuman ya`ni viloyat o`lkashunoslik muzeylaridagi 

mavjud eksponatlardan ko`chirmalar, fotosuratlar, xar xir materiallardan o`shanga 

o`xshab yasalgan maketlar ham kiradi. 

Maktab muzeyini doimo materiallar bilan boyitib borish maqsadida quyidagi ishlar 

amalga oshiriladi: o`rganilayotgan soha bo`yicha muntazam ravishda material 

yig’ib borish; buning uchun tartibli ravishda sayoxat va ilmiy safarlar uyushtirib 

borish; muzey materiallarini boyitish maqsadida aholi qo`lidagi mavjud 

topilmalarni yig’ib olish va ularni ham bu ishga jalb qilish. 

Maktab muzeyi fondi quyidagi bo`limlarga bo`lib qo`yilsa maqsadga muvofiq 

bo`ladi. Asosiy bo`limlardan olib maktab muzeyi tarixi xaqida va uni tashkil 

etuvchilar to`g’risida, undagi eksponatlarning soni va undan o`quvchilar va 

o`qituvchilar o`z faoliyatlarida qanday foydalanayotganliklari xaqida qisqacha 

ta`rif beriladi, so`ng asosiy bo`limlarga va ularda joshlashtirilgan materiallarga 

ta`rif berish boshlanadi. Masalan, birinchi bo`limni “Ibtidoiy jamoa va quldorlik 

jamiyati” deb nomlash mumkin. 

                                                            

1

 O`ljaeva SH.M. Muzeyshunoslik (o`quv qo`llanma). Toshkent. 2002, -B. 41-42. 




 

20

Bu bo`limga asosan o`z o`lkasidan ya`ni o`rganilayotgan xududdan (asar shunday 



manbalar bo`lsa) topilgan arxeologiyaga oid materiallar, masalan, Teshiktosh 

g’orining yasama ko`rinishi, M.M.Garasimov tomonidan rekonstruktsiya qilingan 

8-9 yashar neandertal bolaning darslikdagi xaykalining tasviri, “Ibtidoiy odam – 

sinantrop ovda” degan rasmdan ko`chirma ya`ni yasama ko`rinishi, arxeologiyaga 

oid qazilmalar natijasida topilgan tosh davriga oid turli xil mexnat qurollari, sopol 

idishlarning siniqlari, xullas, paleolit, neolit, eneolit, mis, bronza va temir davriga 

oid qurollardan namunalar, asl nusxalari bo`lmagan holda ularning yasama 

ko`rinishlarini ya`ni ko`chirma nusxalar qo’yish mumkin. 

Muzey uchun yig’ilgan materiallar xajmiga qarab ikkinchi bo`limni “feodalizm 

davri” deb nomlash va bu bo`limga feodalizm davrida yaratilayotgan tarixiy va 

madaniyat yodgorliklaridan Samarqand, Buxoro, Xiva va Farg’ona vodiysidagi 

me`morchilik yodgorliklarini aks ettiruvchi foto sur`atlar va Bolalik tepa (V-VI 

asr) Panjkent, Varaxsha Afrosiyob, Darvarzin, Munchoqtepa, Buvon’mozor, 

Axsikent, Koson (Mug’ qal`asi)dan topilgan arxeologiyaga oid har xil topilmalar 

va sopol idish-tovoqlar (asl nusxasi to`plami rasmlari ya`ni yasama ko`rinishini 

qo`ysa ham bo`ladi), o`sha davrga doir tanga – chaqa pullaridan namunalar qo`yish 

mumkin. 

Uchinchi bo`limni “O`lkamiz CHor Rossiyasi qaramligida deb nomlash ham 

mumkin. Bunda chor Rossiyasi zulmidan mahalliy omma va nafaqat to`rt devor 

ichida to`sqinlikda huquqsiz kun kechirgan SHarq xotin-qizlari, jumladan, o`z 

o`lkasi xotin-qizlari hayotiga doir bo`lgan materiallardan qo`yilsa, Buxoro amiri, 

Xiva xoni qaxridan azob chekayotgan mehnatkashlar, Qo`qon xoni o`rniga kelgan 

chor xukumati zulmidan huvillab qolgan qishloqlar xaqidagi ma`lumotlar muzey 

materiallarida aks ettirilsa o`quvchilar ko`z o`ngida o`tmish aniq tasvirlanadi va 

chorizm siyosatiga nisbatan qaxr-g’azab, mehnatkash ommaga nisbatan mehr-

muhabbat uyg’otadi. 

To`rtinchi bo`lim “Hozirgi davrda jonajon o`lka” deb nomlangan va bu bo`limda 

“O`zbekistonning 20-yillardan to shu kungacha, ya`ni mustaqil jumxuriyatlar 

tashkil topayotgan, shuningdek, O`zbekiston ham mustaqillikkni qo`lga kiritib, 



 

21

unda yashayotgan xalqlar o`z tarixi, madaniyati, o`zligini anglayotgan, xorijiy 



davlatlar bilan ham iqtisodiy, ham madaniy aloqalar kun sayin yaxshilanayotgan 

hozirgi davrgacha bo`lgan o`z o`lkasining iqtisodiy, siyosiy va madaniy xayotini 

isbotlovchi dalillar muzey eksponatlari qatoridan joy olsa, muzey o`shandagina 

maktabning xaqiqiy muzeyiga aylanadi va uning ta`lim-tarbiya ishlariga 

qo`shayotgan xissasi yanada oshadi. 

Ayniqsa, bu bo`limni to`laroq yaratish uchun asosiy adabiyot sifati tarix fanlari 

doktori professor Hamid Ziyoev kitoblaridan foydalanish, Namanganga oid 

materiallarni e.Mirzaliev, M.Bozorovlarning kitoblaridan, shuningdek tarix fanlari 

doktorlari T.Fayzullaev, A.Rasulovlar mas`ul muxarrirligidagi “Namangan 

tarixidan lavxalar” kitobi

1

, Y.Qosimovning “Namangan tarixidan lavxalar”, 



“Qo`qon xonligi tarixi”

2

, S.Boltaboevning “Turkiston o`lkasidagi vaqf mulklari 



tarixidan”

3

 ayrim materiallarni lavxa sifatida olinish maktab muzeyini o`sha davr 



yo`nalishini mukammallashtirishda yordamchi manbalar bo`lishi mumkin. 

Ayrim misollarga murojaat  qilsak, Toshkent shaxridagi 73-o`rta maktab tarixi 

o`qituvchisi marxuma Lola Raximova o`z maktabida Nizomiy nomli Toshkent 

Davlat Pedagogika instituti qadimgi dunyo, o`rta asrlar va o`lkashunoslik kafedrasi 

otalig’ida namunali o`lkashunoslik muzeyi tashkil qildilar. Muzeyda insoniyat 

paydo bo`lgan paleolit – qadimgi tosh davri, mezolit – o`rta tosh davri, neolit – 

yangi tosh davri, eneolit – tosh davri, bronza-jez davri, temir davri hamdja ibtidoiy 

jamoa davri bo`lib, quldorlik davri paydo bo`lgan vaqtga qadar o`sha davr mehnat 

qurollarini Oybek nomli respublika muzeyi hodimlari yordamida namoyish 

qilishga erishildi. Keyingi davrlar ham xronologik asosda tashkil etildi. Bu maktab 

muzeyida bo`lgan yoshlar respublikamizning ma`lum darajada haqiqiy 

vatanparvari bo`lib etishishga ishonch hosil qiladi

4



Hamma muzeylarda fond xosil bo`ladi, uni alohida muzey hodimi javobgarligida 



boshqariladi. Muzey fondlari – davlat mulkidir. Har bir muzeyning fondlarini 

yuridik himoyalash zarur. Bundan maqsad: 

                                                            

1

 Fayzullaev T. Rasulov A. Namangan tarixidan lavxalar. Namangan. 2010, -B. 167. 



2

 Qosimov Y. Namangan tarixidan lavxalar. T.: Fan, 1980, -B. 56; Qo`qon xonligi tarixi. Namangan. 1994. –B. 135. 

3

 Boltaboev S. Turkiston o`lkasidagi vaqf mulklari tarixidan. T.: 1994. –B. 23. 



4

 Nabiev A. Tarixiy o`lkashunoslik. T.: “O`qituvchi, 1996. –B. 336. 




 

22

-  Ashyolarni tegishli muzeyga qat`iy joylashtirish va buni 



qonunan kafolatlash; 

-  Muzey fondidagi ashyolarning yuridik holatini 

rasmiylashtirish; 

-  Ashyolarni tegishli ilmiy hodimlarga biriktirish, chunki 

ular ashyolarning saqlanish darajasiga javob beradi; 

-  Xoli muzey fondlarida bo`lmay vaqtinchalik 

saqlanayotgan ashyolarni rasmiylashtirish; 

-  Muzey ichkarisida va zalida joylashgan ashyolarni 

ajratish; 

-  Ashyolarning turar joylari to`g’risida tezda mu`lumotlar 

bilish va topishda imkoniyatlar yaratish; 

-  Normativ xujjatlarga muvofiq, muzey fondlaridan 

foydalanish qoidalarini ishlab chiqish va boshqalar. 

O`zbekiston muzeylarida asosiy yuridik xujjatlar qabul qilish, topshirish, kirim va 

ilmiy inventar kitoblardir. Yuridik kuchga ega bo`lgan xujjatlar, ro`yxatga olinadi 

va umrbod saqlashga beriladi. Ba`zi xujjatlar yuridik kuchga ega bo`lmaydi. 

Masalan, xisob, topografik kartotekalar. 

Ashyolarni muzeyga qabul qilish mas`ul ishdir. Muzey yig’imining sifati talabga 

javob berishi kerak. Bu ishni maxsus komissiya hal qilib, qaror chiqaradi. 

Ashyo xoli fondiga o`tkazilmay mutaxassislar uni o`rganadi va xulosalarni 

komissiyaga taqdim qiladi. Muzeyga kelgan ashyolarni rasmiylashtirish uchun 

avvalo bu ashyoni topshirgan va qabul qilib olgan shaxs akt ya`ni kvitantsiyalarni 

xujjatlashtirib imzo chekadi. Akt ya`ni kvitantsiyaga rivoyat yoziladi. (Qayerda 

ishlagan, qachon foydalanilgan, me`morial axamiyati va b.). 

O`zbekiston muzeylarida ekspoditsiyada to`plangan, sotib olingan va sovg’a 

qilingan ashyolar komissiya ko`rgunga qadar alohida joyda vaqtinchalik hisobda 

turadi. 

Bayonnomaga komissiyaning ashyoni muzeyga qabul qilish va uni umrbod saqlash 

to`g’risidagi qarori yoziladi. Bular eng kamida uch nusxada bo`ladi. Ashyoning 



 

23

umrbod qabul qilinishi katta ahamiyatga ega. Bundan ashyoning muzeyga tegishli 



ekanligi, yuridik jixatdan va mohiyati boshlanadi. Ashyoning qabul qilinish akti, 

imzolanadi, saqlashga mas`ullar imzo chekadilar. Akt direktor tomonidan 

tasdiqlanadi va muxrlanadi. Ashyolar dastlab ro`yxatga o`tganidan boshlab toki 

davlat mulki bo`lguniga hisobga olinadi. 

Mavzuning ushbu bo`limini o`rganishimiz, davlat muzeylari, jamoatchilik 

muzeylari, maktab muzeylarini fond-xazina va undagi eksponatlarni hisobga olish, 

saqlash, ilmiy taxlil etib o`rganish, namoyish etish ishlarida bir-birlarida bu soxada 

katta tavofut borligi ko`rdik. YUqorida bayon etilgan fond ishlari aynan davlat va 

xalq muzeylarida olib boriladigan qonuniy ishlar hisoblanadi. Ammo, maktab 

muzeylarining fond-xazina bo`limini taxlil qilib o`rganib chiqqanimizda xatto 

ko`pchiligida fond-xazina bo`limi yo`qligi aniqlandi. Hatto fond to`g’risida ular 

rahbarlarining tushunchasi ham etarli emas. Ularning fikricha fond ko`rgazmadan 

sig’may qolgan ashyolarni saqlab turuvchi omborxona sifatida tilga olingan ya`ni 

tushuncha borligini ko`rdik. 

Ammo Namangan shahridagi 40-o`rta maktab qoshidagi maktab muzeyi “Xalq 

muzeyi” nomini maqomini olgan bo`lib, bu muzeyda fond-xazina ishlarini olib 

borlishi tajribasi ancha samarali ekanligini ko`rishimiz mumkin. Muzey direktori 

tajribali geografiya o`qituvchisi, o`lkashunoslikni jonkuyar izlanuvchisi, 

Namangan shahridagi 40-o`rta maktabda tashkil etilgan muzey asoschisi 

Abdullajon Nuriddinov Maktab muzeyi fondi rivojiga ham katta e`tibor 

qaratganligini ko`rishimiz mumkin

1



Alohida fond xonasi tashkil etilgan bo`lib, u erda ko`rgazmalarga qo`yilgandan 

tashqari, arxiv eksponatlarni saqlash uchun hamma shart-sharoit yaratilgan. 

eksponatlar davrlashtirilgan xolda, maxsus shkaf, stelajlarda har biriga tartib 

raqami, soni, nomi ko`rsatilgan holda maxsus daftar yuritilganligini ko`rishimiz 

mumkin. 

Maktab fondi eksponatlarga boy bo`lib, ularni tahlil qilib o`rganganimizda o`lka 

xalqlari tarixini, madaniyati-san`ati, xunarmanchiligini ochib beruvchi noyob 

                                                            

1

 Mirzaliev E. Namangan viloyat o`lkani o`rganish muzeyi: kecha va bugun. Farg’ona, 2010, -B. 19-20. 




 

24

eksponatlardan iborat ekanligini ko`rishimiz mumkin. 40-maktab muzeyi fondida 



quyidagi mulklar saqlanadi: 

1.  Ung’or xaydarnon, SHoximardon, Arslonobod, Nanay, Toshkentga yaqin 

joydagi Ganbult va O`sh toshlari 4000 dona. 

2.  Samavarlar. O`rta Osiyo samavarlari 33 ta. 

3.  Rossiya samavarlari 44 ta. 

4.  Qumg’onlar 53 ta 

5.  Ko`zalar 19 ta 

6.  Mis choynak 7 ta 

7.  Tog’ora (misli) 3 ta 

8.  Mis abdasta 16 ta 

9.  Paranji-chimmat 6 ta 

10. Kumush qoshiq 9 ta 

11. Farfar choynak 43 ta 

12. Farfar piyola 30 ta 

13. Farfar tarelka 13 ta 

14. Farfar tovoq 10 ta 

15. Turli vazalar 11 ta 

16. Sopol tovoq 33 ta 

17. Sopol choynak 7 ta 

18. CHiroqlar 12 ta 

19. SHamdonlar 7 ta 

20. Qovoq 5 ta 

21. Xurmacha 2 ta 

22. Xanalakash 2 ta 

23. Egar 2 ta 

24. Egar o`zangi 2 ta 

25. Varshav chiroq 3 ta 

26. Osma chiroq 5 ta 

27. Mis ko`za 9 ta 



 

25

28. Turli mavzularga bag’ishlangan al’bomlar 518 ta 



29. Namunaviy daftarlar 27 ta 

30. Tabiat va ekologiyaga bag’ishlangan ko`rgazmalar 2170 ta 

31. Stendlar soni 83 ta, undagi rasmlar xar xil ko`rinishdagi 

32. Registon g’isht parchalari 13 ta 

33. A.Temur madrasasidan 7 ta g’isht parchasi 

34. Bibixonimdan 3 ta g’isht parchalari 

35. Xiva naqshdor g’ishtlari 7 ta 

36. Mulla Qirg’iz madrasasidan olib kelingan g’isht parchalari 23 ta 

37. SHoximardondagi SHayx Ismoil guldor g’isht parchalari 27 ta 

38. O`quvchilar tomonidan tayyorlangan plastilin va pal’e manis maketlari 

42 ta 

39. Tarixiy maketlar (kardon, fanerdan qilingan) 13 ta 



40. SHahid mozoridan olib kelingan odam suyaklari va kallasi 9 ta 

41. Qadimgi arab va fors kitoblari 6 ta 

42. XAyvon, qushlar tulupi 14 ta 

43. Er xaydaydigan omoch 2 ta 

 

YUqoridagi xazina-fonddagi eksponatlar nodir-noyobdir. Ularning har birini 



alohida-alohida tarixiy qimmati borki, ular ajdodlarimizning bosib o`tgan xayot 

yo`llarini, mashg’ulotlarini, an`analarini, xunarmandchilik san`ati sirlarini, 

turmush sharoitlarini o`quvchi yoshlarimizning ongiga singdirishda katta 

manbadir


1

Xazina-fond bo`limi muzeyning asosiy yadrosi hisoblanadi. U erda o`lka tabiati, 



tarixi, madaniyati quyilgan ajdodlarimizning xunarmanchilik san`atining tarixiy 

sirlarini ochib beruvchi nodir va noyob eksponatlar ko`z qorachig’iday saqlanadi 

va muzey ko`rgazmalarida, muzeyda tashkil qilingan ko`rgazmali tadbirlarda 

ziyoratchilarga xavola etish orqali o`tmish tariximiz zarvarqlari yoritib beriladi. 

Muzey xazina-fondi yil davomida o`quvchilarning sa`y-xarakatlari orqali yangi-

                                                            

1

 Nuriddinov D. O`lkashunoslik xalq muzeyi ta`lim-tarbiya maskani. Namangan, 2001, -B. 43-44-45. 




 

26

yangi eksponatlar bilan to`ldirib boriladi. Maktab muzeylarida tarixchi, geograf 



o`qituvchilar raxbarligida o`quvchilar tomonidan olib kelingan yangi eksponatlar 

hamkorlikda o`rganilib, ularni mehnat muzeyi fondi ro`yxatiga kiritiladi va doimiy 

saqlash uchun qabul qilib olinadi. Maktab muzeylarida o`quvchilardan iborat 

muzey faollari ish olib borishadi. Ular darsdan so`ng muzey eksponatlarni 

ozodaligi, butligini nazorat qilish bilan birgalikda eksponatlar tarixini o`rganadilar 

va sinf jamoasida olgan bilimlarini amaliy mustahkamlaydilar. 

Hozirgi muzeyshunoslik fanida muzey predmetlariga har qaysi davrdan darak 

beruvchi, isbotlangan asl manba deb qaraladi. Muzey predmetlariga ilmiy va 

estetik baholar ham beriladi. 

Bizning davrda muzey predmetlariga inson faoliyati va tabiatining yashashi 

natijasi deb qaralib bular muzey xujjatlari xisoblanadi. 

Bular ashyoviy va tasviriy informatsiya manbai bo`lib, muzeylarni boshqa xujjat 

institutlaridan farqlantiradi. 

Muzey predmetlari bir vaqtning o`zida tarix xotirasi hamdir. 

Muzey predmetlari – muzeyda uzoq saqlanadigan muzey yig’imi bo`lib, u ijtimoiy 

va tabiiy-ilmiy informatsiya beradigan manba hisoblanadi. 

O`zbekiston jahon integratsiya jarayoniga qadam-baqadam kirib borarkan, yaqin 

yillarda milliy daromadning muayyan qismini xalqaro turizm va muzeylar 

faoliyatidan olish mumkin. Shunday ekan, xozirdanoq maktab muzeylari 

faoliyatiga alohida ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun avvalo, 

maktab muzeylaridagi qimmatbaho eksponatlar, nodir tarixiy ashyolar O`zbekiston 

Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan huquqiy asosda davlat 

qaydiga olinishi lozim. Ba`zi maktab muzeylarda xatto yirik davlat muzeylari 

xavas qiladigan noyob eksponatlar mavjud bo`lsa-da, hozirda bu yo`nalishdagi 

ishlar olib borilmayapti. 

SHuningdek, ba`zi muzey rahbarlari nodir tarixiy ashyolarni o`zlarining shaxsiy 

boyliklariga aylantirmoqda. SHaxrisabzdagi o`quvchilar saroyi qoshidagi ishlab 

turgan tarix muzeyi hozirda umuman faoliyat ko`rsatmayapti. eksponatlar, tarixiy 




 

27

ashyolar izsiz yo`qolgan.



1

  Bunday misralarni boshqa viloyatlarda ham ko`plab 

uchratish mumkin.  

Jamg’armalar barcha turdagi muzeylar faoliyatining shakllanishida asos-poydevor 

hisoblanadi. Obrazli ifodalaydigan bo`lsak, jamg’arma har bir muzeyning 

yuragidir. 

Mamlakatimiz muzey jamg’armalari O`zbekiston xududida muhim joylashgan 

ilmiy, badiiy, tarixiy, yoki madaniy qimmatga ega bo`lgan yodgorliklar muzey 

ashyolari majmuidir. 

Jamg’arma muzey ashyolari hamda eksponatlardan komplektlanadi. U 

turkumlangandan keyin, masalan, moddiy yoki yozma yodgorliklar turlar bo`yicha 

bo`linadi: metall, yog’och, sopol, mato va xokazo. So`ngra tur xili bo`yicha 

taqsimlanadi: rangli metallar, metal va xokazo. 

Muzeyning asosiy vazifalaridan biri – muzey jamg’armalarini saqlash hamda 

saqlash rejimi va tartibini to`g’ri tanlagan holda muzey ashyolarini bus-butunligini 

ta`minlashdan iboratdir. 

Muzey ishlarining zamonaviy rivoji muzey jamg’armalarini saqlashning to`laqonli 

tartibini yaratib bera oladigan yangi ixtisoslashgan binolar qurilishini taqozo qiladi. 

Loyxalar ishlanishida, jaxon amaliyotida qo`llanilganidek arxitektorlar, 

quruvchilar, muzey xodimlari ishtirok etishlari lozim

2

.  


SHuni ta`kidlab o`tish lozimki, respublikamizning ko`pgina viloyat va tuman 

markazlarida o`lkashunoslik muzeylari mavjud. Ularning fondlarida nodir, 

qimmatbaxo materiallar saqlanmoqdaki, bu materiallardan xaligacha 

foydalanilgani yo`q. SHuningdek, maktab muzeylarida ham ana shunday 

eksponatlar mavjud. Andijon, Farg’ona, Namangan, Samarqand viloyatlari 

o`lkashunoslik muzeylaridagi materiallar, ayniqsa dehqonchilik, xunarmandchilik, 

savdo-sotiq, u erda yashagan xalqlarning urf-odatlarini aniq ashyoviy dalillar bilan 

isbotlab beruvchi materiallar shular jumlasidandir. CHunonchi, Farg’ona 

o`lkashunoslik muzeyida Qadimgi Farg’ona sug’orma dehqonchilik 

                                                            

1

 Yoqubov J. Maktab muzeylari. // Ma`rifat. 2001, 12-may. 



2

 Axmedov R. Muzey jamg’armalarini optimallashtirish saqlash va ko`rgazmalashtirish. // Moziydan sado. 2008, 

№2. –B. 2-3. 



 

28

madaniyatining Qadimgi Misr, Qadimgi Xindiston, Ikkidaryo oralig’i davlatlari 



sug’orma dehqonchilik madaniyatidan ustun ekanligini isbotlovchi fond 

materiallari bor. Samarqand viloyati o`lkashunoslik muzeyida XIX asr oxirlarida 

yashab ijod etgan mashhur sharqshunos olimlar tomonidan yaratilgan, 

xalqimizning juda ko`plab asori-atiqalari, kiyim-kechaklari, to`y va motam 

marosimlariga doir 96 tomdan iborat “Spravochnik Samarkandskoy oblasti” deb 

nomlangan to`plam mavjudki, bundan “O`zbekiston tarixi” yozishda foydalanilsa 

maqsadga muvofiq bo`lar edi.

1

 Bu borada Namangan viloyati o`lkani o`rganish 



muzeyi fondi ham nodir-noyob eksponatlari bilan nafaqat vodiyda O`zbekiston 

muzeylari orasida nufuzli o`rinlarni egallab kelmoqda. Jumladan, II-III asrlarga oid 

saklar xalqlari, VI-VII asrlarga oid turk xoqonligi davri kamon o`q paykoni va 

boshqa shunga o`xshash qimmatbaho yodgorlik, eksponatlarning bizning 

davrimizgacha etib kelishi va hozirgi yoshlarimizning ularni o`z ko`zlari bilan 

ko`rib, qo`llari bilan ushlashlari ular qalbida o`sha davr tarixiga nisbatan xurmat 

xissi shakllanishida katta manba bo`lib xizmat qiladi

2



Namangan viloyat o`lkani o`rganish muzeyi xazina-fondida 64455 dan ortiq 

eksponatlar mavjud. SHulardan 3 mingga yaqini noyob ashyolardir. Jumladan, 

Qoraxoniylar, Somoniylar, Amir Temur va Qo`qon xonligi davriga oid tangalarni 

bu o`rinda alohida tilga olish joiz

3

. Bunday misollarni maktab muzeylari 



fondlaridan ham ko`plab keltirish mumkin. 

Ushbu bo`limni taxlili shunday umumxulosaga olib keldiki, maktab muzey 

fondlari rivoji. 

-  Biz taxlil etgan hozirgi bir kunda yomon axvolda 

ekanligini jamoatchilik e`tiboridan chet qolganligi ko`rindi; 

-  Ayrim maktab muzeylarida xattoki fond-xazina xonalari 

yo`qligi ayon bo`ldi; 

                                                            

1

 Nabiev A. Tarixiy o`lkashunoslik. T. O`qituvchi. 1996. –B. 309. 



2

 Mirzaliev E. Qoraboev E. Noyob yodgorliklar – tariximiz guvohi. // Ta`lim va tafakkur. 2007. №3. –B. 16-17. 

3

 Axmadalieva L. O`lmas yodgorliklar maskani. // Ta`lim va tafakkur. 2006. №3. –B. 20-21. 




 

29

-  Fond-xazina bo`limlarining me`yoriy xujjatlari, 



eksponatlarni rasmiylashtirish ishlari ham qoniqarli darajada 

emasligini ko`rildi. 




Download 260,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish