Boshqarish kafedrasi maktab muzeylari yoshlar ongida qadriyatlarni shakllantirish omili mavzusidagi



Download 260,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana31.12.2021
Hajmi260,27 Kb.
#220507
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
maktab muzeylari yoshlar ongida qadriyatlarni shakllantirish omili

 

 

II-BOB. Maktab muzeylarining yoshlar tarbiyasidagi o`rni. 

 

2.1. Yoshlar ongida milliy qadriyatlarning shakllantirishida muzey ko’rgazma 

zallarining ahamiyati. 

Xozirgi o`quvchi-yoshlarni zamonaviy fan yutuqlari bilan o`qitish va 

qurollantirish, ularni xaqiqiy vatanparvar, ma`naviyatli va ma`rifatli har 

tomonlama bilimdon qilib tarbiyalashda maktablardagi muzeylarning o`rni va 

ahamiyati kattadir. 

Mustaqillik tufayli hayotimizning barcha sohalari kabi muzeylar faoliyatida ham 

ma`naviy va siyosiy ahamiyatga ega bo`lgan islohotlar dasturining ishlab 

chiqilishi, xususan, Prezidentimiz I.A.Karimovning “Muzeylar faoliyatini tubdan 

yaxshilash va jonlashtirish to`g’risida”gi Farmoni muzeyshunoslik fanining 

ravnaqiga keng yo`l ochish bilan birga, asosiy yo`nalishlarni belgilab, vazifalarni 

aniqlab berdi. Viloyatdagi muzeylarning ana shu yo`nalishlarda olib borayotgan 

madaniy, ilmiy-ma`rifiy ishlari va bir qator tadbirlar axoli, ayniqsa, yoshlar 

o`rtasida katta ahamiyatga ega bo`lmoqda. 

Chunonchi, jamiyatni ma`naviy-axloqiy kamolga etkazishda muzeylarning o`rni 

muhimligini inobatga olib O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim, 

Madaniyat ishlari va xalq ta`limi vazirliklarining 2002 yil iyun oyida qabul qilgan 

qo`shma buyrug’ini

1

 va shu xaqidagi viloyat xokimligining muzeylar va o`quv 



yurtlari o`rtasida mustahkam aloqa o`rnatish, madaniy-ma`rifiy ishlarni 

hamkorlikda olib borishga keng imkoniyatlar yaratib berdi. Mazkur ko`rsatmalar 

asosida Namangan viloyatidagi oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlari, boshqarma, 

birlashmalar, maktab, litsey va bir qator mehnat jamoalari bilan hamkorlikda 

                                                            

1

 Baxriddinov O. Muzeylar tariximiz guvoxi. // Namangan xaqiqati. 2004. 10-mart. 




 

30

shartnomalar tuzib, ushbu shartnomalar asosida ilmiy-amaliy ekskursiya kunlari 



o`tkazib kelinmoqda. Buning e`tiborlisi shundaki, ziyoratni o`quvchilarda milliy 

ong, milliy g’urur, milliy istiqlol g’oyalarini shakllantirishda, o`timishimiz 

an`analari, qadriyatlarni e`zozlash, xurmat qilishi, ona yurtni sevish, fanlardan 

olingan bilimlarni yanada mustahkamlashda muzey ko`rgazmalarining o`rni 

benixoya katta ekanligi e`tirof etilmoqda. Murabbiylar muzey eksponatlari, zallari, 

talaba va o`quvchi yoshlar uchun amaldagi ko`rgazmali o`quv qurollari ham bo`lib 

xizmat qilishi mumkinligini sezib ilmiy-amaliy ko`chma darslarni bevosita 

muzeyda o`tkazilishi xaqida muzey ma`muriyati bilan o`quv-reja jadvalini ishlab 

chiqildi. SHu asosda o`lka tarixi, madaniyati, tabiati, san`at, adabiyot va boshqa 

ijtimoiy fanlarga doir 125 soat ochiq darslar, amaliy mashg’ulotlar, “Vatan tarixini 

o`rganish muqaddas burch”, “Tabiat va ekologiya”, “Har yodgorlikning o`z nomi 

bor” va boshqa mavzularda davra suxbatlari, “Eng yosh ekskursavod” tanlov-

ko`rigi o`tkazilishi, bunda Namangan shaxridagi 31-maktab o`qituvchisi 

M.Qurbanova, 59-maktab o`qituvchilari O.Dadajonov, M.Karimovalarning 

o`tkazgan ochiq darslari shular jumlasidandir. 

O`quvchilarning ongida milliy qadriyatlarni shakllantirishda maktab muzeyi 

ko`rgazma zallarining undagi ekspozitsiyaning rang-barangligi, o`quv zallariga 

mosligi, o`zi yashab turgan qishloq, shahar tabiati, tarixi, madaniyatini aks 

ettirilganligi o`quvchi-yoshlarda yashab turgan joyga bo`lgan xurmatini, g’ururini 

yanada oshirishda katta omil vazifasini kuchaytiradi va qiziqtiradi. 

Bu borada Namangan shaxridagi 40-o`rta maktab, Norin tumanidagi Usmon Nosir 

nomli 44-o`rta maktab, To`rqo`rg’on tumanidagi 33-o`rta maktab, Uchqo`rg’on 

shaxridagi 1-o`rta maktab, YAngiqo`rg’on tumani Nanay qishlog’ida “Iqtisodiyot” 

mahallasi qoshida tashkil etilgan muzeylar va ularni ko`rgazma zallaridagi 

eksponatlar o`quvchi yoshlarimizning ajdodlar merosini o`rganishlari uchun jonli 

misollar bo`lib, muntazam ravishda bu muzeylarda o`quvchilarning gavjumligi 

guvoxi bo`lasiz. Sababi o`quvchilar dasrdan so`ng muntazam ravishda tekshirishi 

yo`lga qo`yilgan

1



                                                            



1

 No`rqo`ziev S. Maktabimiz tarixi muzeyi. Namangan. 2005, -B. 4. 




 

31

Biz bu bo`limda Namangan viloyati maktab muzeylaridan Namangan shaxridagi 



40-o`rta maktab hamda Norin tumanidagi 44-maktab qoshidagi maktab muzeylari 

ko`rgazma zallari va ularda olib borilayotgan ma`naviy-ma`rifiy ishlar xaqida 

batafsil fikr yuritishni maqsad qilib oldik. 

Namangan shaxridagi 40-o`rta maktab qoshidagi maktab muzeyi yo`nalishi 

jixatidan o`lkashunoslik maktab muzeyi deb yuritiladi. SHuning uchun uning 

ko`rgazma zallari ana shu yo`nalishga moslashtirib ekspozitsiya jixozini o`z ichiga 

oladi. 

1.  O`zbekiston xalqlari tarixi xonasi. Bu bo`lim 

ko`rgazmalarida tosh va jez asrlari, Turon qabilalari, dastlabki 

davlat (miloddan avvalgi 3-4 asrlar – melodiy 7 asr) Turkistonda 

islom dinining tarqalishi (8-asr). O`rta asrlardagi davlatlar, 

Xorazmshoxlar davlati, Mug’allar istilosi, Amir Temur, 

Temuriylar, Bobur SHaybonixonlar, Buxoro xonligi, Xiva xonligi, 

Qo`qon xonligi, Rossiya istilosi, Sovetlar davri (1917-1991 yy) 

hamda alohida Mustaqil O`zbekiston Respublikasining mustaqillik 

odimlari tarixini xikoya qiluvchi ekspozitsiya o`quvchi 

yoshlarimizda ajdodlar merosi bilan tanishishdan tashqari milliy 

qadriyatlar, milliy o`zlik, ota-bobolari kimlar bo`lganligi tarixi 

bilan tanishish imkoniga ega bo`ladilar. “Mustaqilligimizning 

dastlabki kunlaridanoq – deb yozadi I.A.Karimov “O`zbekiston 

XXI asr bo`sag’asida” asarida, - ajdodlarimiz tomonidan ko`p 

asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaxo ma`naviy 

va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan 

nihoyatda muhim vazifa bo`lib qoldi. Biz ma`naviy qadriyatlarni 

tiklashni milliy o`zlikni anglashning o`sishidan, xalqning ma`naviy 

sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy 

jarayon deb hisoblaymiz”

1

. Demak, maktabning muzey 



                                                            

1

 Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. 



T.: O`zbekiston, 1997, -B.137. 


 

32

ko`rgazmalari Prezidentimiz ta`biri bilan aytganda o`tmish milliy 



qadriyatlarini yoshlar ongida shakllantirishda jonli ko`rgazmadir. 

2.  Tabiat ekologiya xonasi va uning ko`rgazmalari. 

ekologiya atrof muhitning buzilishi bugungi kunda insoniyatni 

tashvishga solayotgan, uning borligiga taxdid solayotgan masaladir. 

Totalitar tuzum davrida tabiatni bo`ysundiramiz” shiori ostida qizil 

imperiya marksizmining o`ylamay-netmay qilingan ulkan 

qurilishlari, paxta maydonlarining xaddan tashqari kengaytirib 

yuborilishi kabi sabablar oqibatida respublika tabiiy muhitiga katta 

zarar etkazildi, muvozanat buzildi, endilikda bu ishlar ulkan 

muammoga aylandi

1



Ana shuning uchun ham yosh o`quvchilarga tabiat, ekologiyani to`liq tushuntirish 



uchun o`lkashunoslik xalq muzeyining tabiat xonasida “Ekologiya” bo`limi tashkil 

etildi. Bu erda quyidagilar tasvirlangan: “Biz tabiat farzandlarimiz” degan 

ekspozitsiyada er osti tabiiy yoqilg’isidan foydalanishga o`tish bilan texnikaviy 

inqilob davri boshlandi, biroq shu bilan birga barcha tirik mavjudod uchun eng 

katta asosiy omillar zaxarlandi. Xayvonot va tabobat respublikamizda yovvoyi 

xayvonlar – 32 xayvon, 31 parranda, 5 baliq turi O`zbekiston “Qiziq kitobi”ga 

kiritildi. “Qizil qitob”ga kiritilgan o`simliklar soni 163 taga etdi degan faktlarga 

ko`zingiz tushadi. 

“Ekologiya – bu men va men yashayotgan tabiat va atrof-muxit” degan 

ekspozitsiyada esa tabiatdagi borliq xodisalardan xabardor qiladi. Ekspozitsiya 

mavzusiga ekologiya tabiatni muxofaza qilish va uni faoliyatini oldini olish bilan 

shug’ullanadigan fandir. ekologiya grekcha so`z bo`lib, ekos uy-joy va logos – fan 

degan ma`noni anglatadi. Bular hammasi o`quvchilarda ekologiya faniga bo`lgan 

qiziqishni orttirish bilan ona-tabiatni saqlash, himoya qilish singari insoniy burch 

xislarini shakllantirish manbasi vazifasini yuzaga keltiradi. 

3.  Madaniy-ma`rifiy xona va uning ko`rgazmalari. 

                                                            

1

 Orifxo`jaev S. O`zbekiston tabiati: muammo va echimlari. // Jamiyat va boshqaruv. 2000 y, №2.-B. 70-71. 




 

33

O`zbekiston kelajagi buyuk davlat bo`lganidan keyin uning xalqi ham madaniyatli, 



ma`naviyatli bo`lishi uchun prezidentimiz bir qator ishlarni amalga oshirmoqdalar. 

Ma`naviyatli odam o`z-o`zidan yuzaga kelmaydi. Uni shakllantirish, tarbiyalash va 

etuklik darajasiga ko`tarish lozim bo`ladi. Ma`naviyatimizni barkamol etishda 

muzeylarning katta sharafli va mas`uliyatli o`rni bor. Ular xalqimiz, xususan 

beg’ubor yosh qalblarga ma`rifat, poklik, chin insoniylik, mehnatsevarlik 

urug’larini ekishlari lozim. Toki bu qalblar iymon nuri bilan, mustaqil ozod 

diyorimizga chin sadoqat nuri bilan munavvar bo`lsin. SHuning uchun ham 

yurtboshimiz I.A.Karimov “Ma`naviyat va ma`rifatni targ’ib qilish har bir 

ziyolining vazifasidir”

1

 deb ta`kidlagan. 



Xalq ta`limi xodimlari ham bu so`zlardan ilhomlanib, o`quvchilarga ruxiy-

ma`naviy oziq berish uchun xarakat qilmoqdalar. O`quvchilarga ma`naviy va 

ma`rifiy bilimlarni singdirish ularni ta`lim-tarbiya olishida muhim rol’ o`ynaydi. 

Ma`naviyat yoshlarni odob-axloq ifodasini amalga oshirish kasb etish bilan, 

huquqiy davlat qurish demokratik jarayonlarni rivojlantirishda mustaqil 

O`zbekistonning jaxonda obro`sini oshirishda o`z xissalarini qo`shdilar. 

O`qituvchilar bu soxada tinmay izlanmoqdalar. 

Ma`naviyat – odamning ruhiy va aqliy olamining maxsulidir. Tilimizda “bamani 

odam” degan ibora bor. Bu iboraga loyiq ko`rinish ulug’ baxtdir va aksincha, 

“bemani odam” deyish kuchli xaqoratdir, bu xayvon sifat deyish bilan barobardir. 

Bu iboralar nihoyatda to`g’ri talqin qilingan bo`lib, yoshlarni ma`naviy-ma`rifiy 

mafkurasini vujudga keltirish uchun yoshligidan boshlash zarur.  

Ajdodlarimiz tashbehiga ko`ra, ma`naviyat inson qalbida aks etgan ilohiy nur, oliy 

xaqiqat nuri bo`lib, uni o`zida aks ettira olishi uchun inson qalbi sayqal topmog’i 

zarur. Zero, sayqallanmagan ko`ngligini xudbinlik zangi, g’araz cherki, egallab 

oladi hamda bunday inson ruhiyatida jaxolat va zulmat ustunlik qila boshlaydi. 

“Ko`ngil ko`chalari qaylarga boshlamaydi deyilganda, ana shu zulmatda qolgan 

ko`ngil ko`chalaridagi adashuv, xukmronlik nazarda tutilsa kerak. 

                                                            

1

 Nabiev X. Ma`naviyatimiz saboqlari. Namangan. 2002, -B. 5. 




 

34

Inson qalbiga sayqal berish jarayoni esa ma`rifat deyiladi. Ma`rifat – ma`naviyat 



sari eltuvchi yo`llardan iborat. Har qanday jamiyat taraqqiyotining asosiy, uni 

muqarrar xalokatdan asrab qoluvchi kuch ham ma`rifatdir

1



SHu maqsadda maktabimiz o`lkashunoslik muzeyida deydi N.Abdullaev madaniy-



ma`rifiy xonasi tashkil etilgan. Bu xona o`quvchilarni axloq-odobini tarbiyalash, 

ularga singdirish uchun quyidagi bo`limlar asosida bezatilgan. 

Xonaga kiraverishning o`ng tomonidan “Islom madaniyat, ta`lim demakdir” degan 

stend bo`lib, unda Muhammadning tug’ilishi, Meroj, Islom va tarbiya, e`tiqodli 

odam xaqidagi ma`lumotlar yozilgan. Yuqori qismida esa diniy tasavvurlarni kelib 

chiqishi, Islom dinining kelib chiqishi xaqidagi ma`lumotlarga ko`zingiz tushadi. 

Bundan tashqari, Makkayu-Mukarramaning zam-zam suvi va Ahmad Yassaviy 

vatani Turkiston buloq suvi, Makkadan keltirilgan taqinchoqlar, turli munchoqlar 

oyna ichiga qo`yilgan. Pastda vitirinada taqinchoqlar, hamda arab tilida yozilgan 

va kitoblarda chiqqan materiallar qo`yilgan. Xonaning chap tomonida esa 

A.Navoiy va Z.M.Bobur rasmlari tagida tushuntiruv – yozuvlar bor, pastda eng 

qadimgi yozuvchi allomalar, viloyatimiz allomalari, Mashrab bog’ining ochilishiga 

doir bo`lim, Xonu ma`rifi fiodiylari, viloyatimiz san`atkorlari K.Rahimov va 

boshqa ayrim san`at namoyondalari bilan uchrashuvlar va turli tarbiyaviy xadis 

so`zlar qo`yilgan. 

Bundan tashqari, shu xonadagi shkafda ma`rifiy-ma`naviyatga oid al’bomlar 

kitoblar saqlanadi. Undan o`qituvchilar, o`quvchilar foydalanadilar. 

Namangan Davlat universitetida tashkil etilgan til markazi stendi ko`rgazmasi – 

tilga e`tibor til o`rgatish xodimlari rasmlari aks etirilgan. Maktabning sobiq 

o`qituvchilari – filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.YUsupov, tarix fanlari 

doktori Abdulla Rasulovlarning ham bu ko`rgazmada ko`rishingiz mumkin. 

Bir so`z bilan aytganda Komil inson g’oyasi umumbashariy g’oya. YA`ni, bu jami 

odamzotga xos orzu. Lekin uni amalga oshirishda har bir xalq o`zining milliy 

xususiyatlari, an`ana va qadriyatlaridan kelib chiqib amalga oshiradi. 

                                                            

1

 Isoqov B. Jamiyat taraqqiyotining asosi. Namangan. 2007, -B. 12-13. 




 

35

SHuningdek, xalq taqdirida muhim o`rin tutadigan buyuk  zotlar ham mukammal 



fazilatlar timsoliga aylanib qoldi. Masalan, Soxibqiron Amir Temur, Sulton 

Jaloliddin Manguberdi, Bobur kabi ajdodlarimiz mardlik, botirlik, rahbarlik 

borasida. Imom Buxoriy, Imom Moturudiy, Najmiddin Kubro singari aziz 

avliyolarimiz dinu-diyonat bobida, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Bexzod, 

Ogahiy kabi mutafakkirlarimiz donishmandlik, ma`naviyat va insonparvarlik 

borasida barchamiz uchun komillik timsoliga aylanib qolgan

1



Maktab muzeyinimng bu bo`limi yoshlar ongida milliy qadriyatlarni targ’ib-



tashviq etish, ularni inson odob-axloq ruxida tarbiyalashda eng muhim bo`g’im 

ekanligini ko`ramiz. 

4. Tarix xonasi ko`rgazmasida o`lik tarixini xikoya qiluvchi stendlar, eksponatlar 

joy olgan. U erda Axsikent vodiy poytaxti deb nomlangan ko`rgazmada, sur`atlar, 

pastda vtirinada u erdan topilgan ashyolar – sopol buyumlar, uy-ro`zg’or, ov 

qurollari, zeb-ziynatlar joy olgan bo`lib, o`sha davr tarixi – madaniyatidan xabar 

berib turibdi. 

Buyuk ipak yo`lining gullab-yashnashida poytaxt shaxarlarning roli katta bo`lgan. 

Bu borada qadimgi Farg’ona poytaxti Axsikent diqqatga sazovordir. Uning 

xarobalari To`raqo`rg’on va Jomashuy orqali o`tgan Namangan-Farg’ona yo`lining 

ikki tomonida Sirdaryoning o`ng sohili bo`ylab cho`zilib ketgan baland tepaliklar 

ko`rinishida yotibdi. Xalq orasida uni esin Axsi deb ataydilar. Bu yodgorlikning 

madaniy qabilalarida Farg’ona xalqlarining 2,5 ming yilga yaqin xayoti va 

madaniyatiga oid bebaho ma`muotlar beruvchi tarixiy obidalar yashiringan

2



Maktab muzeyida bu xaqida ham ayrim lavxalar berilgan. 



Namangan tarixini eslatuvchi stendda Kosonsoy birinchi ko`chib keluvchilar, 

Namanganga birinchi avtomobilni kelishi, 1912 yilda Namngan temir yo`lni 

kelishi, Namanganda matbuot, xotin-qizlarni ozodlikka chiqish paranji tashlash 

sur`atlari, paxtakorlar faoliyati va boshqalar bilan o`quvchilar tanishadilar. 

                                                            

1

 Qarshiboev M. Musurmonova O. Milliy istiqlol g’oyasi va ma`naviyat asoslari. Toshkent, Ma`naviyat. 2001, -B. 9. 



2

 Anorboev A. O`zbek davlatchilik tarixida Qadimgi Farg’ona va Axsikent. Samarqand. 2001, -B.3. 




 

36

YAna bu xonada O`zbekistonning tarjimai xoli degan stendda O`zbekiston 



poytaxti, qanday respublika ekanligi, bayrog’i va gerbi aks ettirilgan bo`lib, 

xo`jaligi, san`ati xaqida, ularning xronologik jadval asosida berilgan. Uning 

tagidagi oyna ostida turli xil tilda, ayniqsa arab va fors tilida nashr etilgan kitoblar 

Namangan redaktsiyasining tarixi xaqidagi lektoriyalar qo`yilgan. O`ng tomondagi 

4 ta shkaf uy-ro`zg’or buyumlari qimmatli noyob narsalar ko`rgazmaga qo`yilgan. 

 5. Olamga sayohat xonasi ko`rgazmasi. O`lkashunoslik xalq muzeyining eng 

qiziqarli estetik did bilan jixozlangan xonalaridan biri bo`lib, Namangan viloyati 

O`zbekiston Respublikasiga oid xilma-xil materiallar bilan bezatilgan. Xonaning 

eng to`rida jahondagi uchta irqqa mansub kishilar rasmi tushgan “Jahon xalqlariga 

tinchilik” mavzusidagi panoda olamda tinchlik barqaror bo`lishidan, dunyo osmoni 

sof va beg’ubor tovlanishidan dalolat beradi. 

SHuning uchun muzeyning bu xonasiga kirgan har bir tomoshabin o`zini tinchlik, 

do`stlik, baxt diyorida osoyishta, betashvish yashayotganligi bilan faxrlanadi. Bu 

xonada tabiiy ekologik, o`lkamiz tabiatiga oid materiallar, stendlarda aks ettirilgan 

Xonaning chap tomonidan viloyatimiz tabiatini ko`rsatadigan bo`limda 

viloyatimizga oid eksponatlar rasmlardan iborat bo`limlar qo`yilganki, bular 

hammani qiziqtirmay qo`ymaydi. Bu bo`limda pal’e-mashe bilan tayorlangan 

viloyatning er yuzasini ko`rsatadigan Garelef, foneradan yasalgan xaritasi, unda 

tog’lari shimolda joylashganligi, janubga borgan sari adirlar va Sirdaryo tomon 

tekislanib, yassilanib borishi ko`rsatilgan. Bundan tashqari, Jiydakapada Qora va 

Norin daryosi birlashib, Sirdaryo hosil bo`lishi aks ettirilgan. Bundan tashqari, 

avtomobil’, temir yo`llarning o`tganligi, qazilma boyliklarning joylashishi, 

Namangansoy, CHortoqsoy, Kosonsoy, G’irvonsoylarning shimoldan janubga oqib 

tushishi, ba`zilari Sirdaryoga etib kelishi ko`rsatilgan. 

O`rtadagi bo`limda “Tabiat, ekologiya va xayot” degan ko`rinishda ekologiyaga 

oid “Texosfera inson maxsulidir”, “Tabiatni muxofaza qilish”, “Texosferaning 

faoliyati”, “Tabiatga mexrsizlik”, “Ekologiya qanday fan”, “Xavoning 

zaxarlanishi”, “Orol dengizi yordam kutmoqda” va boshqa juda ko`p 

ko`rgazmalarga tushunarli qilib yozib qo`yilgan manbalarga ko`zingiz tushadi. Bu 



 

37

ko`rgazmalar olamda texnikaning rivojlanishi texasfera qatlamining vujudga 



kelishini o`rgatadi. 

Pastdagi vitrina va stol ustida o`quvchilar tomonidan yaratilgan daftarlar ekologik 

al’bomlar ko`rgazmalar o`rin egallagan. O`quvchilar bu xonadagi ko`rgazma 

stendlarni ko`rib, tabiatni inson tomonidan zaxarlanishi va ta`siri xaqida bilimga 

ega bo`ladi va tushuncha hosil qiladi. 

Olamga sayohat xonasiga kiraverishda Ittifoq va O`zbekiston davlatimizga qilgan 

sayoxatlarga aks ettiruvchi karta-sxemada qaysi joylarda bo`lganlik xaqidagi 

yillari, oy-kunlari yozib qo`yilgan. Bu xonaga kirgan tomoshabinlar, albatta shu 

bo`limni ko`rmasdan nariga o`tolmaydi, tomosha qilishadi va ularda katta tassurot 

paydo bo`ladi. 

Bu erga kirgan kishi tabiatning muhim jabhalari “O`z uyimiz Namangan viloyati” 

va “Go`zal O`zbekistonim, O`zbekiston mening Vatanim” stentlarida viloyatimiz, 

O`zbekiston tabiatiga oid juda ko`p materillarni o`rganishi mumkin. SHuningdek, 

viloyatga oid G’ofur G’ulom she`rlari, O`zbekiston Respublikasining Hamid 

Olimjon she`rlari qo`yilgan. Xullas bu bo`lim o`quvchi yoshlarda ona-tabiatni 

saqlash, o`rganish, uni e`zozlash xislarini shakllantiradi. 

6. Maktab tarixi xonasi ko`rgazmali zali maktab o`lkashunoslik xalq muzeyining 

“Maktab tarixi xonasi alohida ahamiyatga molikdir. Bunda 42 yillik tarixning 

zarxal satrlari namoyish etiladi. Bu erda quyidagi bo`limlar bor! 

1. 1956 yildan hozirga qadar o`quvchilarning shu maktabni bitirgan vinetka 

rasmlari. 

2. Turli shaharlarga o`lkashunoslarning borganlik rasmlari. 

3. Turli vaqtdagi uchrashuvlar ko`rinishi. 

4. Maktabimiz muzeyi 20 yillik yubileyi o`tkazilganlik ko`rinishi. 

5. Maktabimiz rassomlari. 

6. Maktab o`qituvchilari o`quvchilar orasida. 

7. Maktabimizni qurgan SHarifjon Raxmonov brigada a`zolari ko`rinishi. 

8. O`lkashunoslik muzeyi asoslari. 

9. Maktabimizdan chiqqan olimlar, turli sohalarda ishlayotganlar. 



 

38

10. Geografiya va muzey ishlarida lauriatlar rasmi. 



11. Ulug’bek va Amir Temur yubileyida o`tkazilgan tadbirlar ko`rinishi. 

12. SHkaflarda esa o`quvchilarning turli daftar, kontur kartalari. 

13. Tarbiyaga oid ko`rgazmalar joylashtirilgan. 

Ayniqsa, maktab tarixi al’bomi maktabni oltin va kumush medallar bilan 

bitirganlar ko`rinishi, o`quvchilarni rasmlari, maktabning veteran o`qituvchilari va 

ish tajribalari, maktabda o`tkazilgan fan kechalari va uchrashuvlar, olimpiadalar, 

o`quvchilarning fanlar bo`yicha tutgan daftarlari, maktab pedagogika jamoasi va 

o`quvchilar tashkilotining qizg’in ijodiy mexnatlarini tarannum etuvchi alohida 

bo`limlar tashkil etilgan. 

Bu xonada “Sobiq jangchi-mohir quruvchi” degan stend bor. Bunda maktab 

binosini qurgan quruvchilar va uning boshlig’i ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi 

SHarifjon aka Raxmonovning hayoti aks ettirilgan. Xullas, maktab tarixi xonasi 

maktabning 42 yillik mexnat faoliyati xaqida turli ma`lumot beradi. Maktab 

o`quvchilarining ma`naviyat-ma`rifatga oid qilgan ishlari kelgan mehmonlarga 

namoyish etiladi. Har bir maktab jamoasi albatta, o`z maktabi tarixi xonasini 

bezatishlari maqsadga muvofiqdir. CHunki u yani bu maktabda olimlar, 

muxandislar, agronomlar, xizmat ko`rsatgan vrachlar, huquqshunoslar chiqqanki 

ularni o`rganish o`quvchilar ongida g’ururlanish xislarini shakllantiradi

1



7. Dunyo okeani bo`limi. Bunda Farg’ona vodiysining million yillar ilgari dengiz 



ostidla bo`lganligini isbotlovchi dengiz osti xayvonlarining toshga aylangan 

mollyuana, chig’anoqlari toshga aylangan daraxt, qora dengiz akulasining tishi 

topilmalari Geologiya xonasini dunyo okeani bo`limida saqlanadi. Bu jonli xaqiqiy 

ko`rgazmalar o`quvchilarni dasrda olgan bilimlarini mustahkamlashda yordam 

beradi. 

8. Shon-shuxrat (xotira) xonasi ko`rgazmalar zali. Bunda yosh avlodni ona-

Vatanga tengsiz muhabbat. O`zbekiston vataniga, jangovor mehnat an`analariga 

sadoqat ruhida tarbiyalash, eng muhim vazifalardan biridir. YOshlar o`rtasida 

vatanparvarlik tarbiyasiga maxsus yondashish asosiy rol’ o`ynaydi. SHuning 

                                                            

1

 Nuriddinov A. O`lkashunoslik xalq muzeyi ta`lim-tarbiya maskani. Namangan. 2001. –B. 29-30. 




 

39

uchun, vatanparvarlik tarbiyasi bosh masaladir. O`lkashunoslik xalq muzeyining 



shon-shuxrat xonasi 1985 yil urush g’alabasining 40 yil bo`limiga bag’ishlab 

tantanali ravishda ochildi. Tashrif buyurgan kishi avval ikkinchi jaxon urushi 

ishtirokchilari xaqida, urush qaxramonlari to`g’risida umumiy ma`lumotlar 

oladilar. 

Reyxstag devoridagi dastxat degan ekspozitsiyada pol’kovnik Karimjon 

Isoqovning Reyxstagni shturm qilganligi xaqidagi jangovor hayotni xikoya 

qilingan, reyxstag rasmi ham quyilgan. CHustlik general leytenant Fayzullo 

Norxo`jaev Volgadagi tarixiy jang xaqidagi stendlar ham ekspozitsiyadan joy 

olgan. Namanganlik urush qaxramoni Abdusattor Rahimovning jagovor yo`li 

degan stend ham juda qiziqarli unda qahramonning urush yillarida tushgan 

ko`pgina suratlari, boshqa xujjatlar o`rin olgan. M.Ismoilovaning jangdagi 

jasoratlari urushdan keyingi faoliyatlari xaqida ma`lumotlar qo`yilgan. 

Bu erda urush yillari mehnat frontida jasorat ko`rsatib front uchun oziq-ovqat, 

kiyim-kechak, o`q-dori etkazib berishda jonbozlik ko`rsatgan xamyurtlarimiz 

xaqida suratlar, xusnixatlar o`quvchilarni vatanparvarlikka undovchi muhim 

manbalardir. 

Ma`lumotlarning guvohlik berishicha urushdan viloyatimizdan 78900 kishi 

qatnashgan, shundan 23830 kishi jang maydonlarida xalok bo`lgan. Urushdan esa 

omon qaytgan 55 ming xamyurtlarimizdan 53 mingdan ortig’i urushdan keyingi 

yillarda vafot etdi

1

. Bu ishlar hammasi ajdodlarimizga xurmat, ruhiga tazim 



timsolini manbadir. 

Norin tumanidagi Ussmon Nosir nomli 44-o`rta maktab qoshidagi maktabimiz 

tarixi muzeyida 20 ta bo`lim faoliyat olib boradi. 

Birinchi bo`limda XVII-XIX asrlarda, XX asr boshlarida Cho`za qishlog’ida 

faoliyat ko`rsatgan eski diniy maktablar sxemasi, ulardagi ta`lim berish usullari, 

darslik qo`llanmalar, qishloqdagi 6 kishining Qo`qon va Buxorodagi madrasalarda 

zamonasiga xos yuksak ma`lumot olganlari, diniy maktablarda o`qib, keyinchilik 

ma`lumotli kadrlar bo`lib etishgan hamyurtlarimiz, shuningdek jadid maktablari, 

                                                            

1

 Mirzaliev E. Baxriddinov O. Tarix-ma`naviyat ko`zgusi. Namangan. 2006. –B.104. 




 

40

rus-tuzem maktablari xaqida tasavvur beradigan ma`lumotlar yoritilgan. Bu bo`lim 



“Maktabimiz ildizlari” deb nomlangan. Ana shu ildizdan zamonaviy dunyoviy 

maktabimiz unib va o`sib chiqqanini eslatib turadi. 

“Qishloqda dunyoviy maktabga asos solinish”, “Maktabning 30-yillardagi 

rivojlanishi”, “Jang va mehnat maydonida”, “O`rta maktab bosqichida”, “Ta`limda 

yangi marralar sari”, “Kelajakka istiqlol yo`lidan” bo`limlari bilan darsning 80 yil 

ichida bosib o`tgan shonli va mashaqqatli yo`lini kishining ko`z oldida yaqqol 

gavdalantirib beradi. 

“Maktabimiz o`quvchilari bugungi kunda maktabda ta`lim olayotgan hamma 

sinflarning o`quvchilarini qamrab olgan bo`lsa, “Maktabimiz qaldirg’ochlari” 

bo`limi 36 yil ichida 4200ga yaqin o`quvchi bitirib chiqqanini eslatib turadi. 

“Fan, adabiyot, Jurnalistika”, “Huquq-tartibot va xarbiy mudofaa”, “Meditsina, 

qurilish, san`at”, “Boshqaruv, ishlab chiqarish va tadbirkorlik” bo`limlarida sobiq 

o`quvchilarning ana shu sohalardagi mehnat faoliyatlari, yozgan asar va 

maqolalari, ular xaqida matbuotda e`lon qilangan maqola va xujjatlar, qo`lga 

kiritilgan ulkan yutuqlari xaqida xikoya qiluvchi xujjatlar, eksponatlari 

joylashtirilgan. 

Bu bo`limlarda maktabda berilgan chuqur bilim, singdirilgan ahloqiy, insoniy 

fazilatlar sobiq o`quvchilarning xayot va mehnat faoliyatida qanchalik tayanch 

bazaga aylanganini, sobiq o`quvchilar esa maktabdagi ustozlari, ota-onalari, 

hamqishloqlari bergan tarbiyani, ishonchlarini o`zlarining muayan zafarlari bilan 

oqlayotganlarini anglab olish mumkin. 

SHuningdek, “Maktabning sport sohasidagi yutuqlari” bo`limi ham savlat to`kib 

turibdi. Muzeyning final sahna qismi “Maktabning kelgusidagi taraqqiyoti” deb 

nomlangan bo`lib, unda mamlakatimizda ta`lim sohasida amalga oshirilayotgan 

islohotlar badiiy bo`yoqlarda ajoyib panolar vositasida aks ettirilgan. 

“Maktabimiz tarixiy muzeyining tarjima xoli” bo`limida muzeyining asoschilari, 

tashkilotchilari, homiylik qilgan ajoyib insonlar tomonidan muzeygohni qay tariqa 

bunyod bo`lganini to`la bilib olish mumkin. 




 

41

Nihoyat, 2002 yil avgust oyida muzeyda “CHo`ja qishlog’i uzoq va yaqin 



o`tmishda”, “Kelajagi o`tmishdan go`zal qoshlog’im” nomi bilan maktab 

joylashgan xududning rangli moy bo`yoq bilan ishlangan xaritasi paydo bo`ldi

1



Xullas, maktab muzeylari ko`rgazma zallarida joylashgan eksponatlar, 



ekspozitsiyasidagi jixozlar yoshlar ongida milliy qadriyatlarni tiklash yani 

shakllantirishda katta manba ekanligining guvoxi bo`ldik. Ammo, hamma fan 

o`qituvchilari ham muzeylar zalida jonli darslarni tashkil etavermasligini ham 

ko`rdim. SHuning uchun  

-  Maktabdagi tabiat, tarix, geografiya, adabiyot fanlarini 

ko`proq jonli dasrlarini tashkil etish foydadan xoli emas; 

-  O`quvchilar bilan muloqotlar, amaliy mashg’ulotlarni 

muzeyda tashkil etish yaxshi natijalar berishini xisobga olish zarur. 

 

 


Download 260,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish