Mavzuning o`rganilish darajasi. Mustaqil O`zbekistonda muzeyshunoslik
sohasida amalga oshirilgan tadqiqotlar, adabiyotlar tahlili, muzeylarni qayta
qurish, yangilarini yaratish bo`ycha olib borilgan bunyodkorlik ishlarini
umumlashtiruvchi, fundamental tadqiqot ishlari shu davrga qadar amalga
oshirilmagan. Bu taxlilni maktab muzeylari faoliyatida ham ko`rishimiz mumkin.
CHunonchi, maktab muzeylari faoliyatini targ’ib-tashviq ishlari sust olib
borilganligi, ilmiy maqolalar, risolalar baromoq bilan sanarli kamligi
mustaqillikgacha bo`lgan davrda uning o`rganilish darajasiga salbiy e`tiborni
ko`rsatadi.
Sho’rolar davrida yoki mustabid sovet tuzumi davrida biz o`rganayotgan mavzuni
o`rganish darajasini taxlil qilganimizda kommunistik mafkura asosida yoritishga
xarakat qilganligining guvohi bo`lamiz, shu bois deb ta`kidlagan edi yurtboshimiz
I.A.Karimov “Ota bobolarimizga ana shunday ranglar bilan ajratib baho
7
bermasligimiz, balki ularning xayotini, muayyan davr mohiyatini to`g’ri
tushunishga harakat qilishimiz lozim”
1
.
Tanlangan mavzuni o`rganish va taxlil etishimizda sho`rolar davri, mustaqillik
yillarida muzey ishi, muzeylarning mustaqillik yillaridagi rivoji, me`yoriy-huquqiy
asoslari, muzeyshunoslikning dolzarb masalalari, bolalar muzeylari, muzey
pedagogikasiga oid maktablarni Darmon Kuryazova kitobida
2
aniq dalillar asosida
berilganligi ish uchun katta ahamiyat kasb etadi. Erkin Mirzalievning kitobida
3
viloyat o`lkani o`rganish muzeyi va boshqa jamoatchilik muzeylarning rivojlanish
tarixi, ilmiy-ommaviy tadbirlar, xazina-fond ishlari, ilmiy ekspozitsiyalarni
yaratish ko`rgazma zallarni jixozlash uslublari borligi bilan ishda ushbu
qo`llanmadan umumiy tarzda foydalanish imkoniyatini berganligi bilan ajralib
turadi.
M.G.Zairovaning maktab muzeyi to`g’risidagi kitobi
4
da sovet tuzumi davridagi
maktab muzeylari faoliyati berilgan. Uni taxlili shuni ko`rsatadiki, u davrda
muzeyning ilgari surgan g’oyasi kommunistik tarbiya, an`analarini yoshlar ongiga
singdirish, tashviq etishdan borayotganligini ko`rish mumkin.T.V.Moloknova
to`plamda chop etilgan “Maktab va muzey” maqolasida
5
maktablarning muzey
bilan aloqasining o`rni tarixini o`rganishdagi yoshlar ongiga singdirishda jonli
eksponatlarning o`rni va roli kattaligi bayon etilgan. B.A.Stolyarovning muzey
pedagogikasi nomli kitobida
6
yoshlar tarbiyasida muzey pedagogikasi sohasida bir
qator mamlakatlarda olib borilayotgan tajribalar taxlili berilishi bilan aloxida
qimmatli adabiyotlar sarasiga kiritish mumkin. Shuningdek, YA.G’ulomovning
kitobi
7
moddiy-madaniy yodgorliklarni saqlash, o`rganish muammolari yechimini
yaratishda alohida tarixiy qimmatga ega asarlar qatoriga kiradi. Bu borada
Y.Qosimovning kitobi ham moddiy-madaniy yodgorliklarni saqlash, o`rnini, usul
1
Karimov I.A O`z kelajagimizni o`z qo`limiz bilan qurmoqdamiz. T. “Turkiston”, gazetasi muxbirlarining bergan
savollariga javoblari. // “Turkiston”, 1999 y, 2-fevral.
2
Kuryazova D. O`zbekistonda muzey ishi tarixi. T.: San’at. 2010. –B. 153.
3
Mirzaliev E.YU. Namangan viloyat o`lkani o`rganish muzeyi: kecha va bugun. Farg’ona. 2010, -B. 100.
4
Zoirova M.G. Shkolniy muzey. – Alma-Ata: Mektep. 1982. –S. 79.
5
Molokova T.V. Muzey i shkola: vozmojnosti vzaimodeystviya // Problemi pedagogiki sredey i visshey shkoli. /
sbornik. Vg`p.1. – Kalinin: Kalineniy Gosuniversitet. 2004. –S. 60.
6
Stolyarov B.A. Muzeynaya pedagogika. Istoriya, teoriya, praktika- Moskva: Visshaya shkola, 2004. –S. 255.
7
G’ulomov YA. O`zbekistonda moddiy-madaniy yodgorliklarni saqlash, o`rganish yo`llari. Toshkent: 1994. –B.
120.
8
va yo`nalishlarini taxlil qilinishi bilan ish uchun umumiy ma`lumotlar sifatida
yordamchi manbadir.
Namangan viloyatidagi maktab muzeylari faoliyatlarini taxlil qilishimizda
murabbiy, maktab muzeyining tashkilotchisi Abdullajon Nuriddinov risolasi
1
,
Namangan shaxrida tashkil etilgan ya`ni 40-o`rta ta`lim maktabi qoshida va
hozirda “Xalq” muzeyi maqomini olgan muzeyning to`la shakli faoliyati, tarixi o`z
aksini topganligi bilan ishimiz uchun birinchi manbalar qatoriga kiradi. YAni bir
maktab muzeyining fidoiysi Solijon Norqo`zievning risolasi
2
, Norin tumanida,
qolaversa viloyatda o`z ish faoliyati, yoshlar tarbiyasi va boshqa yo`nalishlari bilan
alohida tarixini yaratishi bilan ajralib turuvchi ilmiy-uslubiy manbalar sarasiga
kiradi. A.Nabievning kitobi
3
va unda ilgari surilgan masalalar, maktab muzeylarini
tashkil topishi, vazifalari, maktab muzeyi fondlari to`g’risida asosiy fikr-g’oya
ilgari surilganligi bilan ishimiz uchun asosiy adabiyot hisoblanadi. Muzeylar
faoliyati, ishini taxlil etishimizda SH.M.O`xshaeva tomonidan nashrga tayorlab
chop etilgan o`quv-uslubiy qo`llanma
4
tarixini yordamchi adabiyotlar turkumiga
kiradi. Unda muzeylar rivoji, faoliyati, xazina-fond, ilmiy-ommaviy ishlar tajribasi
uslubi bayoni bilan ajralib turadi.
Ishning o`rganilish darajasini taxlili bizga shuni ko`rsatadiki, 1991 yilgacha
O`zbekiston muzeylari, jumladan, maktab muzeylari faoliyati yuqorida
ta`kidlaganimizdek, mustaqillik g’oyalariga zid xolda o`rganilgan.
Foydalanayotgan darsliklar va o`quv qo`llanmalar mazmun jixatdan eskirgan,
ko`pchiligi zamon talabiga javob bermaydi va rus tilida yozilgan.
Mustaqillik davrida muzeyshunoslik va muzey ishiga oid dastlabki maxsus xujjat
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 23 dekabrda qabul
qilingan “Respublika muzeylari faoliyatini yaxshilash chora-tadbirlari
to`g’risida”
5
gi Qarori.
1
Nuriddinov A. O`lkashunoslik xalq muzeyi ta`lim-tarbiya maskani. Namangan, 2001. –B. 62.
2
Norqo`ziev S. Maktabimiz tarixi muzeyi. Namangan 2005. –B. 40.
3
Nabiev A. Tarixiy o`lkashunoslik. T. O`qituvchi, 1996. –B. 335.
4
O`ljaeva SH.M. Muzeyshunoslik (o`quv qo`llanma). Toshkent. 2002. –B. 68.
5
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 12 yanvarda qabul qilingan “Muzeylar faoliyatini tubdan
yaxshilash va takomillashtirish to`g’risida”gi Farmoni.
9
O`zbekiston Respublikasining “Muzeylar to`g’risida”gi 2008 yil 12 sentyabrdagi
qonuni mustaqillik yillarida muzeylar faoliyatini takomillashtirishda va
rivojlantirishda asosiy xujjat vazifasini bajara boshladi
1
.
O`quvchi yoshlarni ongida milliy qadriyatlarni shakllantirishdagi olib borlayotgan
ilmiy-ommaviy ishlari, ko`rgazmali tadbirlarini o`rganishdan ibratdir.
Belgilangan maqsaddan kelib chiqan xolda quyidagi vazifalar aniqlanadi!
-
Maktab muzeyini tashkil etish yo`llari va uslublarini
hamda mohiyat-mazmuni ochib berish;
-
Maktab muzeyini sohalarini tanlash, ushbu sohalarning
tahlil qilib berish va ularning yoshlar tarbiyasidagi o`rnini
ko`rsatish;
-
Maktab muzeyining vazifalarini ko`rsatib berish;
-
Maktab muzeyining fondlarini tashkil etish uslublari va
eksponatlarni saqlash va u erda saqlanayotgan nodir va noyob
eksponatlarni o`quvchi yoshlar tarbiyasidagi o`rnini ko`rsatish;
-
Maktab muzeyi tadbirlari va o`quvchi yoshlar ongida
milliy qadriyatlarni shakllantirish omillarini ko`rsatib berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |