4
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik sharoitida jamiyatdagi yangi o`zgarishlarni
amalga oshirish jarayonida, jamiyat a`zolarini erkin, demokratiya tafakkur va
milliy g’oya ruhida tarbiyalash vazifalarini bajarishda muzeylarning ahamiyati
ortib bormoqda.”Albatta har qaysi xalq ya`ni millatning ma`naviyati uning tarixi,
o`ziga xos urf-odat va an`analari, xayotiy qadriyatlaridlan ayri xolda tasavvur etib
bo`lmaydi”. “Biron-bir jamiyat, - deb ta`kidlaydi yurtboshimiz Islom Karimov, -
ma`naviy imkoniyatlarni, odamlar ongida ma`naviy va axloqiy qadriyatlarni
rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o`z istiqbolini tasavvur eta
olmaydi”
1
.
Har qanday jamiyat taraqqiyotining asosiy kuchi ma`naviyat va ma`rifatdir.
Ma`naviy barkamollikini tarbiyalashda muzeylarni o`rni muhimdir. “Ma`naviyat, -
deb yozadi Islom Karimov- o`z xalqining tarixini, uning madaniyatini va
vazifalarini chuqur bilish va tushunib etishga suyangandagina qudratli kuchga
aylanadi”
2
, “... tug’ilib o`sgan yurtda o`zini boshqalardan kam sezmay, boshini
baland ko`tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak... tarixiy xotiras
bor inson – irodali inson”
3
.
Insonda tarixiy xotira o`z Vatani tarixini, o`z xalqi, ajdodlari tarixini bilish orqali
shakllanadi. Yаqin o`tmishda mustamlakachilar, totalitar tuzum mutasaddilari
ko`pgina xalqlarni, jumladan, o`zbek xalqini o`z tarixidan judo qilish, ularni o`z
o`tmishiga loqaydilik bilan qaraydigan, nasl-nasabini eslolmaydigan manqurtlarga
aylantirish siyosatini yuritdi, amaliyotda esa xalqimiz tashqi dunyodan butunlay
uzib qo`yildi, uning bir necha ming yillik boy tarixi sohtalashtirildi, uni yoshlarga
o`qitish va o`rgatishga izn berilmadi.
O`zbekiston Prezidenti I.Karimov ta`kidlaganidek “Zamon o`zgarishi bilan har
birimizning dunyoqarashimiz, ong-u tafakkurimizni, siyosiy va huquqiy
saviyamizni yuksaltirish, yon atrofimizdagi bo`layotgan voqealarga daxldorlik
tuyg’usini yanada kuchaytirishni, sodda qilib aytganda, bu go`zal va betakror yurt
1
Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.
T., O`zbekiston, 1997, -B. 137.
2
Karimov I.A. O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li. T., O`zbekiston. 1992, -B. 71.
3
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., SHarq. 1998, -B. 8-9.
5
– men uchun yagona Vatan, uning boshidan kechirayotgan quvonch va tashvishlari
mening quvonch va tashvishlarim, deb xissiyot bilan yashashni talab qiladi”
1
.
Prezidet Islom Karimov so`zlari bilan aytganda “Xayot hech qachon bir joyda
to`xtab turmaydi, shu bois avvalombor ro`y berishi mumkin bo`lgan turli
falokatlar, jahon iqtisodiyotining yuksalishi va inqirozning oldindan ko`rish
imkoniyatini beradigan har tomonlama chuqur o`ylangan aniq maqsad va ustuvor
yo`nalishlarni o`z ichiga olgan taraqqiyot dasturi va uni amalga oshirish
strategiyasiga ega bo`lgan mamlakat va xalq provard natijasida muvaffaqiyatga
etishadi”
2
.
Mustaqillik sharofati tufayli ushbu muammolarga barham berildi, bu borada ushbu
xal qilinishi lozim bo`lgan milliy qadriyatlarni, milliy o`zlikni yoshlarimiz ongida
shakllantirishda maktab muzeylarining faoliaytini yaxshilash, takomillashtirish,
isloh etish xozirgi maktab muzeylari oldida turgan o`ta dolzarb vazifalardan biridir.
O`zbekiston Respublikasidagi muzeylar va tarixiy me`moriy yodgorliklar
millatning madaniy uyg’onishi, milliy g’oyani targ’ib etish, xalq ongida milliy
g’urur va qadriyatlarni kuchaytirishda, mustaqillik g’oyalariga sodiqlik hissiyotini
demokratiya va taraqqiyotga ishonchni mustahkamlash ishlarini zamon talabi
asosida tashkil etish yo`llarini, uslublarini yaxshilash muzeylar oldidagi o`ta
muhim dolzarb vazifasidir.
Muzeyshunoslik fani muammolarini chuqur anglash uning tarixi bilan yaqindan
tanishishni taqozo etadi. Mazkur fanning tarixiga muqaddima esa, muzey ishining
xususiyatlari va taraqqiyoti bosqichlarini yanada mukammal tushunish imkonini
berdi. SHuning uchun O`zbekiston muzeylari qatorida maktab muzeylari tarixi va
ularni qayta tashkil etilishi, vazifalari, yoshlar tarbiyasida tutgan o`rnini hamda
jahon muzeyshunosligi yutuqlaridan foydalanish masalalarini o`rganish ustuvor va
dolzarb masaladir.
1
Karimov I.A. O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 19-yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi so`zi. //
O`zbekiston ovozi gazetasi. 2011 y, 1-sentyabr.
2
Karimov I.A. Mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
konseptsiyasi //
www.google.uz
6
Shuningdek, maktab muzeylari faoliyati, ularda olib borilayotgan ommaviy-ilmiy
tadbirlarning yoshlar ongida milliy qadriyatlarni shakllantirishdagi omillarini ilmiy
nuqtai-nazardan o`rganish shu kunning dolzarb masalalaridan xisoblanadi.
O`quvchi yoshlarning darsdan so`ng tabiat, tarix, adabiyot singari fan
to`garaklarini maktab muzeyida o`tkazilishining ilmiy-pedagogik ahamiyati
masalalarini ommalashtirish ilg’or maktab muzeylariga ekskursiyalar uyushtirish
uni tarbiyaviy-ma`rifiy ahamiyatini o`rganish dolzarb muammolardan biridir.
1991 yilgacha O`zbekistondagi maktab muzeylari faoliyati mustaqillik davri
g’oyalariga zid xolda o`rganilgan, mavjud adabiyotlar va o`quv uslubiy
qo`llanmalardagi ma`lumotlar esa tarqoq xolda, muzey haqidagi ma`lumotlar
yetarlicha emas va cheklangan miqdorda. SHuningdek, muzeylarning faoliyati
keng ommaga atroflicha, etkazib berilmagan. Foydalanilayotgan darsliklar va
o`quv qo`llanmalar mazmun jihatdan eskirgan, ko`pchiligi zamon talablariga javob
bermaydi va rus tilida yozilgan. Ushbu masala bugungi kunda fundamental
tadqiqot sifatida o`rganilmagani bilan ustuvor va dolzarblidir.
Do'stlaringiz bilan baham: