Bоshlang‘ich ta’lim mеtоdikasi kafеdrasi оna tili nazariyasi va amaliyoti



Download 2,94 Mb.
bet258/263
Sana29.06.2022
Hajmi2,94 Mb.
#717506
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   263
Bog'liq
2 5249461977251582715

Quyidagi savollarga javob toping.

  1. Oromiy yozuvi asosida qanday yozuvlar paydo bo‘lgan?

  2. Eron yozuvi asosida qaysi yozuvlar paydo bo‘lgan?

  3. Turkiy xalqlar qanday yozuvlardan foydalangan?

  4. Slavyan alfaviti qachon paydo bo‘lgan?

  5. Hozirgi vaqtda yozuvning maxsus turlari ham qo‘llanadi. Bularga qaysilar kiradi?


8-mavzu. Leksikologiya.
1-savol: Leksikologiya bo‘limida nima o‘rganiladi?
Javob: Leksikologiya tilshunoslikning bir qismi bo‘lib, tilning lug‘at tarkibini o‘rganadi. So‘z tilning asosiy va markaziy birligidir. Tildagi barcha so‘zlarning yig‘indisi leksika deyiladi. Tilning leksikasini o‘rganish juda keng sohadir. Shuning uchun ham leksikada turli tomonlarni o‘rganuvchi alohida sohalar mavjud.
So‘zda tilning ifoda plani va mazmun plani namoyon bo‘ladi. So‘z birikmalari va gaplar ham ikki planlidir.
So‘z tilda turli vazifalarni bajaradi. Til strukturasida so‘z nomlash vazifasini bajaradi. Uning bu funksiyasi onomasiologiyada o‘rganiladi. So‘zlarning eksressiv ma’no berish vazifasi ham bo‘lib, bu vazifasi leksik stilistikada o‘rganiladi. So‘zlarning kelib chiqishini o‘rganuvchi soha etimologiya deb yuritiladi. Turg‘un so‘z birikmalarini frazeologiya tadqiq qiladi. Shu singari onomastika, toponimika kabi sohalar ham bor.

2-savol: So‘z til strukturasida qanday o‘rin tutadi? So‘zga qanday ta’riflar berilgan?
Javob: Til strukturasida so‘z alohida o‘rin egallaydi. So‘z ko‘p tillar uchun mustaqil til birligi hisoblanadi. Lekin polisintetik tillarda so‘zga alohida til birligi sifatida qaralmaydi.
So‘z har tomonlama o‘rganishni talab qiladigan til birligidir. Shuning uchun unga alohida ta’rif berish talab qilinadi. So‘zga ko‘plab ta’riflar berilgan, lekin hech qaysi ta’rifni mukammal deb bo‘lmaydi. Ayrim ta’riflarni keltirib o‘taylik: So‘z tovush shaklida ifodalangan bir tushuncha. So‘z bir yoki bir necha harflar birikmasidir. So‘z quruq tovushlardan iborat bo‘lmay, materiyaning nomidir (Tomas Gobbe). So‘z tarixan tashkil topgan tovush tilining asosiy birligi bo‘lib, real voqelikning umumlashma aksi bo‘lgan tushunchaning yashash formasidir (O.S.Axmanova, V.V.Vinogradov).
So‘zga beriladigan ta’rifda uning barcha muhim tomonlari o‘z ifodasini topishi kerak. Shu ma’noda so‘zga quyidagicha ta’rif berish mumkin: so‘z borliqdagi hodisa va narsalarning ma’nosini ifoda etuvchi, grammatik jihatdan shakllangan va jamiyat a’zolari tomonidan bir xil tushuniladigan, tovush formasida ifodalangan mustaqil va markaziy til birligidir.
So‘z til strukturasida formal va ma’no jihati bilan to‘rt bosqichda ilmiy tadqiq etiladi:

  1. fonologik jihatdan;

  2. morfologik jihatdan;

  3. leksik jihatdan;

  4. semantik jihatdan.


3-savol: So‘zning leksik ma’nosi nima? So‘z va tushuncha orasidagi munosabatni qanday izohlaysiz?
Javob: So‘z odatda borliqdagi biror faktni nomlaydi, ataydi. So‘z kishi ongida tovush va grafik obrazlar sifatida saqlanadi. Inson xotirasida narsalarning umumlashma izlari ham bor. Ana shu ikki tomonning bog‘lanishi so‘zning ma’nosini tashkil etadi. Boshqacha aytganda so‘zning ma’nosi ma’lum bir til sistemasining vositalari orqali tushunchaning reallashuvidir.
So‘zning tabiatini aniq tasavvur qilish uchun so‘z bilan tushuncha o‘rtasidagi munosabatning qandayligini yaxshi bilish lozim. Qadimgi olimlar so‘z bilan predmet orasida tabiiy bog‘lanish bor deb qaraganlar. So‘z predmet bilan biror jihatdan bog‘lansa ham, biroq bu bog‘lanish bevosita, ichki tabiiy bog‘lanish emas. Agar so‘z bilan predmet o‘rtasida bog‘lanish bo‘lganda edi, bir xil narsalarni bir necha nom bilan atash mumkin bo‘lmay qolar edi. Nom bilan narsa o‘rtasidagi munosabat shartlidir. Biroq shuni ham aytish kerakki, predmetlarga nom tasodifiy ravishda qo‘yilmaydi. Shuning uchun ham A.A.Potebnya “Biror narsani shunday deb atabmizmi, buning izohi bordir” deb alohida ta’kidlaydi.
So‘z ishora sifatida tashqi, material tomon bo‘lsa, tushuncha fikr sifatida ichki ideal tomondir. Bu ikki tomon bir-biriga qarama-qarshi bo‘libgina qolmay, ular ayni zamonda ajralmas kategoriyalar hamdir.

4-savol: So‘zning grammatik ma’nosi nima?
Javob: Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, ayrim olingan so‘zga tegishli bo‘lib, boshqa so‘zlardan farqlay oluvchi ma’no shu so‘zning leksik ma’nosidir. So‘zlar grammatik ma’noga ham ega bo‘ladi. Grammatik ma’no so‘zning leksik ma’nosiga orttirilgan qo‘shimcha ma’nodir. Grammatik ma’no turli grammatik munosabatlarni ifodalaydi. Grammatik ma’nolar umumiy ma’nolar hisoblanadi. Masalan, daftar, kitob, daraxt so‘zlarining har biri o‘ziga xos leksik ma’noga ega, lekin bu so‘zlarning hammasi predmetlik ma’nosi bilan ot turkumiga birlashadi. Mana shu predmetlik ma’nosi grammatik ma’no hisoblanadi.
5-savol: Polisemiya nima?
Javob: So‘zlar bir ma’noli va ko‘p ma’noli bo‘ladi. So‘zlarning ko‘p ma’noli bo‘lish xususiyati polisemiya deyiladi. So‘zlarning ko‘chma ma’noda qo‘llanishi polisemiyani yuzaga keltiradi. Ko‘p ma’noli so‘zlar o‘z ma’nosida (bosh ma’noda) va ko‘chma ma’noda qo‘llanadi. Ko‘p ma’noli so‘zlarda ularning ko‘chma ma’nolari bir-birlari bilan umumiy bir belgi tufayli bog‘langan bo‘ladi. Masalan, oyoq so‘zining umumiy belgisi biror predmetning oxirgi qismini bildirishdan iboratdir. Bu belgi orqali oyoq so‘zining ko‘chma ma’nolari o‘zaro bog‘langan.
6-savol: So‘z ma’nosining ko‘chish usullari qaysilar?
Javob: So‘z ma’nosining ko‘chish usuli to‘rt xil bo‘ladi: metafora, metonimiya, sinekdoxa, funksional ko‘chish (vazifadoshlik).
Bir predmet nomining ikkinchi predmetga shakl, rang va boshqa biror jihatdan o‘xshashligi asosida ma’no ko‘chishi metafora deyiladi. Masalan, o‘raning og‘zi, qopning og‘zi, tandirning og‘zi kabi.
Bir predmet nomining ikkinchisiga ko‘chirilishi ular o‘rtasidagi haqiqiy aloqaning mavjudligiga asoslansa, bu metonimiya (qayta nomlash) deyiladi. Masalan, Navoiyni o‘qidim – Navoiy asarlarini o‘qidim ma’nosida, Fuzuliyni oldim qo‘limga (H.Olimjon) – Fuzuliy asarlarini qo‘lga olish tushuniladi.
Butun va qism orasidagi bog‘liqlik asosida ma’no ko‘chishi sinekdoxa hisoblanadi. Bu ma’no ko‘chishida narsa-buyumning ayrim qismi nomini aytish bilan butun bir predmet nazarda tutiladi yoki butun bir predmetning nomini aytish bilan uning qismi ko‘zda tutiladi. Masalan, Bu jahonda ba’zilarni ayladi tirnoqqa zor (Haziniy). She’rdagi tirnoq (qism) so‘zi orqali farzand (butun) tushunilyapti.
Ma’noning vazifadoshlik asosida ko‘chishi predmetlarning bajaradigan vazifasining o‘xshashligi, yaqinligiga asoslanadi. Masalan, o‘zbek tilida o‘q so‘zining ma’nosi shu usul asosida ko‘chgan. Ilgari o‘q so‘zi yoyning o‘qi ma’nosida ishlatilgan. Hozir esa miltiq o‘qi, avtomat o‘qi, to‘p o‘qi ma’nolarida qo‘llanadi.
7-savol: Omonim so‘zlar haqida nimalar bilasiz?
Javob: Aytilishi va yozilishi bir xil, lekin turli ma’nolarni ifoda qiluvchi so‘zlar omonimlardir. Masalan, ot so‘zi hayvon nomi, ism, uloqtirmoq ma’nolarida qo‘llanib, omonim so‘z hisoblanadi. Omonimlar quyidagi tiplarga bo‘linadi:

  1. Haqiqiy omonimlar: yoz – fasl, yoz – yozmoq, yoz – yoymoq.

  2. Omofonlar. Talaffuzi bir xil, lekin yozilishi har xil bo‘lgan so‘zlar. Masalan, yetti (son) – yetdi (fe’l), rus tilida luk – piyoz, lug – o‘tloq.

  3. Omograflar. Yozilishi bir xil, lekin aytilishi bilan farqlanuvchi so‘zlar: tok (uzum), tok (elektr quvvati); ingliz tilida tear – ko‘z yoshi, tear – yirtilmoq.

  4. Omoformalar. Grammatik shakli to‘g‘ri keluvchi, biroq ma’nolari farqlanuvchi so‘zlar: qarg‘a – qushning turi, qarg‘a – qarg‘amoq fe’lining buyruq shakli.

Omonim so‘zlar o‘zbek tilidagi so‘zning yozilishi yoki aytilishiga boshqa tildan kirgan so‘zning yozilishi yoki aytilishining mos kelib qolishi natijasida, so‘zlarning ko‘p ma’noli xususiyatlarining kamayishi orqali yuzaga keladi.
Topshiriq. Rus va ingliz tillaridan omonim so‘zlarga misollar keltiring.
8-savol: Sinonim so‘zlar haqida so‘z yuriting.
Javob: Bir tushuncha, hodisa, predmet yoki belgini ifodalovchi, ma’nolari o‘xshash yoki yaqin bo‘lgan, turli ma’no nozikliklarini va ekstpressiv-stilistik buyoqlarni farqlash uchun xizmat qiluvchi so‘zlar sinonimlar deyiladi.
Bunday so‘zlar sinonimik qatorni hosil qiladi: botir, qo‘rqmas, dadil, mard, jasur; quyosh, kun, oftob, xurshid; nam, ho‘l, shalabbo. Sinonimik qatorga kirgan har bir so‘z o‘zining qo‘llanishi bilan farq qiladi. Bir sinonimik qatorga kirgan so‘zlar bir xil so‘z turkumiga oid bo‘ladi, ularning o‘zagi, morfemik tarkibi, fonologik tuzilishi, ma’no nozikligi turlicha bo‘ladi. Masalan, yuz, bet, aft, bashara, turq, chehra, oraz, jamol, ruxsor sinonimik qatoridagi chehra so‘zi ijobiy ma’noni, aft, bashara, turq so‘zlari esa salbiy ma’noni ifodalaydi. Demak, sinonimik qatorga kiruvchi so‘zlar konnotativ (ekspressiv) ma’nolari bilan ham farqlanib turadi. Sinonimlarni quyidagi tiplarga bo‘lish mumkin:

  1. Absolyut sinonimlar. Ma’no nozikligiga putur yetkazmay, bir-birining o‘rnida bemalol ishlatila oluvchi sinonimlar: tilshunoslik – lingvistika.

  2. Ma’noviy sinonimlar. Ma’nolari jihatidan farqlanuvchi sinonimlar: botir, jasur, qo‘rqmas, dadil; kuchli, baquvvat, zabardast.

  3. Uslubiy sinonimlar. Nutqiy vaziyatda yoki matnda ma’nolari jihatdan bir-birining o‘rnida ishlatila oluvchi sinonimlar.


Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish