6-mashq, «Salomatlik» ensiklopediyasi (Toshkent, O’zSE Bosh tahririyati (985 bet)dan afoniya (30- bet), nutq (296- bet), oliy nerv faoliyati (314-bet) so’zlariga berilgan izohlarni o’qing. Ular haqida fikr yuriting.
Namuna
Afoniya — (yunoncha — inkor qo’shimcha va phoni — ovoz) shivirlab gapirish qobiliyalt saqlangan tilda ovoz chiqmay qolishi. A. turli kasalliklar hiqildog, nerv sistemasi, shuningdek, organizmning umumiy kasalliklari belgisi bo’lishi mumkin. Chin, paralitik, funksional va spastik A. farq qilinadi
Ovoz boylamlarining yetarti yumilmasligi va tebranmasligi bilan bog’liq kasalliklarida (yallig’lanish, rak va h.k) chin A. ro’y beradi. Hiqildoq nervi faoliyatining bir tomonlama buzilishi, nerv kasalliklari paralitik A. ga sababchi bo’lishi mumkin.
Odatda? Miya yarim sharlarida ovoz boylamlarini harakatlantiruvchi nerv mexanizmlarining vaqtincha tormozlanishi, ruhiy iztirob, qo’rqish va B. natijasida funksional A. yuzaga keladi.
Halqum va hiqildoq shilliq qavatiga o’yuvchi kimyoviy moddalarning ta’sir etishi spastik A. ga sabab ba’ladi (30-bet).
7-mashq. “Uy-ro’zg’or ensiklopediya” si O’zSE Bosh Tahririyati. 1982. 600- bet) dan ism qo’yish (206-208- betlar), kutubxona (248-249- betlar) elektr asbob (500-bet) so’zlarini namunadagidck ko’chirib yozing. Bu haqda fikr yuriting,
Namuna:
Dessert — dasturxonga issiq ovqatdan so’ng tortiladigan shirin taomlar (kisel, kampot, krem va boshqalar), ho’l mevalar, konditer mahsulotlari. Dessert uchun maxsus idishlardan foydalaniladi (dessert likop, dessert qoshiq, pichoq va shu kabilar) (167- bet).
8- mashq. A. O’lmasov, N. To’xliyevlaming “Bozor iqtisodiyoti” (qisqacha lug’at-ma’lumotnoma)dan olingan tubandagi misolni daftaringizga yozib oling. So’ng barter, debitor, diler, lizing, marketing, xolding-kompaniya so’zlariga izoh berishga urinib ko’ring.
POLIS (fr. polici, ital. pollissa — tilxat) — shaxsiy yoki mulkiy sug’urta shartnomasi zarurat tug’ilganda sug’urtachiga qarshi da’vo qo’zg’atib zararni undirish uchun sudga taqdim etiladigan rasmiy hujjat.
9-mashq. “O’zbek tili omonimlarining izohli tug’ati (Toshkent. Oqituvchi. l984)dan olingan tubandagi misolni o’qing. So’ngra zang, qarshi, kech, mushak, oqim, to’y, et, qil kabi omonimlarga u kabi izoh bering.
BOG’
Bog’ 1 ot. Biror narsaning to’dalab bog’langan holati (snop, vyazanka, puchok). Bog’lamoq, bog’lash bir bog’ beda, bir bog’ piyoz (ukrop, kashnich, rediska).
Bog’ 2 (tojikcha) ot. Uzum (tok), mevali daraxtlar ko’p ekilgan yer uchastkasi (sad). Bog’bon, bog’dor, bog’iston, bog’cha (bolalar bog’chasi), bog’-rog’, bog’-bo’ston. Uzumini ye, bog’ini surishtirma. Boqqa boqsang bog’ bo’ladi, botmon dahsar yog’ bo’ladi (maqol).
Do'stlaringiz bilan baham: |