Qo‘shimcha adabiyotlar:
1.Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 56 B.
2.Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 488 B.
3. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti
4. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. 2006,“Universitet” nashriyoti.
5. Yunusov R. O‘zbek tilidan praktikum. 1-qism, 2006, TDPU.
Elektron ta’lim resurslari
1. www.tdpu.uz
2.www.pedagog.uz
3.www.Ziyonet.uz
4.www.edu.uz
5.www.Google.uz
9-amaliy mashg`ulot
Mavzu: Leksikografiya (lug’atshunoslik). Lug‘atlar va ularning tiplari.
Reja:
1. Leksikografiya haqida ma’lumot
2. Lug`at va uning turlari.
3. Ensiklopedik lug`atlar.
4. Lingvistik lug`atlar.
MAVZUGA OID MASHQLAR
1-mashq. Lug‘atdan Vatan va Yer so‘zlarining izohlarini solishtiring.
2-mashq. Imlo lug‘atdan foydalanib X va H harflarining yozilishiga misollar toping va izohlang
3-mashq. Imlo lug‘atdan foydalanib V va F harflarining yozilishiga misollar toping va izohlang
4-mashq. “O’zbek tilining izohli lug’ati” (Moskva, “Russkiy yazik”, nashriyoti, 1981-yil, 2-jild) dan ona, diyor, yurt, maskan, o’yla so’zlariga berilgan izohlarni o’qing va ular haqida bahs yuriting.
Namuna:
Vatan [a] 1. Kishi tug’ilib o’sgan va uning grajdani hisoblangan mamlakat, ona yurt: Ona-Vatan, Ulug’ Vatan
Kishining tugilib o’sgan o’lkasi, shahri yoki qishlog’i, yurt, diyor: Bulbul chamanni sevar, odam Vatanni.
Turar joy, boshpana, maskan, uy: o’ziga vatan qurmoq.
5-mashq. “U kim? Bu nima”. (“Bolalar ensiklopediyasi., Toshkent, 1987—1988- yillar, 3 jildlik) kilobidan otingan quyidagi matnni o’qing. So’ng istagan harfingizni ochib, o’zingizga ma’qul ba’lgan so’zning izohini daftaringizga ko’chirib oling, izohlang.
Kitobdagi barcha maqolalar alifbo tartibida joylashgan. Birinchi kitob A—Y harflari bilan, ikkinchi kitob K—R harflari bilan, uchinchi kitob S—H harflari bilan boshlanadigan maqolalarni o’z ichiga oladi.
Masalan, sizni “Buxoro” maqolasi qiziqtiradi. 1-jildning 99- betdagi B harfi mundarijasiga qarang. U yerda kitobdagi B harfi bilan boshlanadigan hamma maqolalar ko’rsatib qo’yilgan. «Buxoro» ni topdingizmi? Kitobning qaysi betida shu haqda hikoya qilingan? 150- betida, Mana, maqolaning o’zi. Unda ko’hna Buxoro haqida, uning tarixi, ajoyib yodgorliklari to’g’risida hikoya qilinadi. Shu jilddan jiyda, zilzila, ibn Sino, yo’lbars kabi boshqa maqolalarni ham topishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |