Yong`oq: Kuz kelganda pishaman,
Qoqsang tap-tap tushaman.
Yog`li qilib noningni,
Tozalayman qoningni.
Jiyda: Bir mevaki, to`ni bor,
To`n ichida uni bor.
Faqat un, deb o`ylamang,
Ichida ustuni bor.
Nonjiyda: Kumush yaproq nonjiyda,
Hamma sevadi juda.
Qoqib olsak kuz chog`i,
Do`stlarning chog` dimog`i.
Do`lanaoy: Tog` mevasiga kiraman. Mening beshta turim bor. Men tog` yon bag`irlarida, shag`alli qiyalarida o`saman, sarig`idan ko`ra qizil mevam juda ko`p kassalliklarga davo.
Uzum: Kishmish, charos, daroyi,
Oltin kabi husayni.
To`yib-to`yib yesang ham,
Tag`in ko`ngling tusaydi.
Dehqonbobo: Shirin-shakar bolajonlar! Bugungi hosil bayramingiz muborak bo`lsin deyman. Saxiy kuz o`zining saxovati, qut-barakasi bilan quyoshli yurtimizga kirib keldi. Yurtdoshlarimiz yil davomida qilgan mehnatlari mahsuli hosilni yig`ib-terib olishga kirishgan.. Dalalarda hosil mo`l bo`lgan. Xirmonlar, omborlar don-dunda, kuz ne`matlariga to`lgan. Men bilan birga Bug`doyvoy, Makkajo`xori, Karam xola, Qovoqvoy, Sabzi, Piyoz, Garmdori, Kartoshka, Qovun va Tarvuz ham mehmon bo`lib kelishgan. Keling endi ulardan ayrimlarining so`zlarini tinglaylik.
Sabzi: Qizil-sariq rangda biz,
Yengilmaymiz jangda biz.
Askarlardek safimiz,
Tegadi ko`p nafimiz.
Piyoz: Ro`zg`orda qish yo yozdir,
Eng kerakli piyozdir.
Oshga solmay ko`ringchi,
Ta`m bermaydi guruchi.
Erta bahor ekilgan,
Ko`k bargim koni foyda.
Shuni unutmang zinhor,
Men kerakman har joyda.
Lavlagi: Tinglang mening ham so`zim,
Ko`p dardga davo o`zim.
Kamqonlarga qon bo`lgum,
Ham shifo darmon bo`lgum.
Garmdori: Garmdori degani,
Yarim dori degani.
Taomga ta`m beraman,
Asabga dam beraman.
Ko`p ishlatsang atayin,
Bir odatim aytayin.
Achchig`imga bermay dosh,
Ko`zlaringdan oqar yosh.
Pomidor: Barglar ostidan,
Boqsam mo`ralab.
Uzgingiz kelar,
Tongda saralab.
Boshlovchi: Bolajonlar! Mana, hamma jamuljam bo`ldi. Aytingchi, davramizda yana kim yetishmayapti?
Bolalar: Biz uchun qimmatbaho oq oltinga teng Paxtaoy.
Boshlovchi: Keling bolalar, birgalikda davraga Paxtaoyni chaqiraylik.
Barcha: Paxtaoy, hoy Paxtaoy,
Davraga qo`sh, fayz chiroy.
Boshlovchi: Endi bolajonlar, nechog`li topqir ekanligingizni bilish uchun navbatni topishmoqlarga bersak
Marjon-marjon yumaloq,
Yaproqlari shapaloq.
Qora, qizil, sariq, oq,
Yeb ko`rmasdan o`ylab boq.
Mayda yoqutday qizil,
Shirin, nordon xilma-xil.
Qalin taxir po`sti bor,
Hamma yerda do`sti bor.
Yumaloq, semiz yog`i yo`q,
Xo`ppa semiz, po`sti yo`q!
Oq gulim, oppoq gulim,
Husniga shaydo elim.
Boshlovchi: Bolajonlar, keling endi tez aytish musobaqasini o`tkazamiz.
Ko`k karam ko`pmi,
Po`k karam ko`pmi?
Sobir sakkizta sabzi sanadi,
Sakkizta sabzini Sobir sanadi.
Boshlovchi: Bolajonlar, keling bir kulishaylik. Navbatni qatra xandaga beramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |