X. Muammoli masala-topshiriqlar.
Boshlang’ich
sinflarda
muammoli
ta’limdan
foydalanish
ta’lim
samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Muammoli ta’limning
nazariy va amaliy masalalari taniqli didakt, psixolog va uslubshunos olimlar
N.U.Bikbaeva, M.G.Davletshin, R.Ibragimov, I.Ya.Lerner, L.Sh.Levenberg,
R.A.Mavlonova, M.I.Maxmutov, A.M.Matyushkin, V.Okon, O.R.Roziqov,
O.Xudoyberdiev, E.G’ozievlarning ishlarida o’z ifodasini topgan. Muammoli
ta’limning asosida muammoli holatni hosil qilish turadi. Muammoli holat hosil
42
qilish deb biz o’qituvchining sinf o’quvchilari oldiga yechish uchun o’quvchining
mavjud bilimlari yetarli bo’lmagan masala yoki savolning qo’yilishini tushunamiz.
O’quvchi o’qituvchi savoliga javob berishi uchun nimanidir bilishi kerak.
Matematika darslarida bunday vaziyatlarni tez-tez hosil qilish o’qituvchi bilim va
mahoratiga bog’liq. Ayniqsa, bu hol muammoli masala-topshiriqlarni bajarish
jarayonida kuzatiladi.
Ijodiy mazmundagi topshiriqlarning bir turi bu muammoli masala-
topshiriqlardir. Qanday masala muammoli masala bo’ladi? Bunday savolga
I.G’.Ahmadjonov va L.Sh.Levenberglar «III sinfda masalalar yechish» deb
nomlangan qo’llanmada quyidagicha munosabat bildiradilar: «... agar masalaning
savoli o’quvchidan reproduktiv (esga tushirish) faoliyatnigina talab qilsa, u holda
masala problemali (muammoli) xarakterda bo’lmaydi va bolalarning fikrlash
faoliyatining rivojlanishiga kam yordam beradi. Agar masalaning savoliga javob
berish uchun analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirishlarni bajarish zarur bo’lsa,
ya’ni aqliy operatsiyalar bajarish talab qilinsa, u holda masala problemali
(muammoli) xarakterga ega bo’ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, bir masalaning o’zi
bir o’quvchi (bo’shroq o’quvchi) uchun problemali bo’lsa, boshqa bir (kuchliroq)
o’quvchi uchun hech qanday problema bo’lmasligi mumkin».
R.Ibragimovning tadqiqot ishida muammoli masala, topshiriqlar turlari va
ulardan foydalanish texnologiyalari o’z ifodasini topgan. Muallif bunday masala-
topshiriqlarning a) muammoli xususiyatga ega savollarga oid masala-topshiriqlar;
b) turli usullarda yechish mumkin bo’lgan masalalar; c) mazmunan bir xil, ammo
yechish usullari turlicha bo’lgan masalalar; d) sharti yetarli bo’lmagan masalalar;
e) ortiqcha ma’lumotga ega masalalar; f) butunlay noto’g’ri ma’lumotga ega
masalalar; g) turli xil faoliyatni umumlashtirishga mo’ljallanib yechiladigan
topshiriqlar; h) predmetlararo aloqador mazmundagi masalalar turlariga ajratgan.
Muammoli masala-topshiriqlarda ko’pincha masala savoli «nechta?» so’zidan
boshlanadi.
Ayrim
hollarda
masala
savoli
«yetadimi?», «sig’adimi?»,
«joylashadimi?», «o’rnashadimi?», «uchrashadimi?» kabi so’zlar bilan
yakunlanishi ham mumkin. «Muammoli xarakterdagi masala yechilishining
43
yozilishi odatdagi masala yechilishi yozilishidan bir muncha farq qiladi. Bunday
masalalarda
hisoblashlarnigina
bajarish
talab
qilinmay,
balki
matnda
gapirilayotgan son ma’lumotlarni yoki miqdorlar orasidagi munosabatlarni
taqqoslash, umumlashtirish, isbotlash, haqiqatligini aniqlash, qonuniyatni
o’rnatish, imkoniyatni, yetarlilikni aniqlash talab qilinadi».
O’quvchilarni birinchi sinfdan boshlab muammoli xususiyatga ega savollar
qatnashgan masala-topshiriqlar bilan tanishtirib borish maqsadga muvofiq.
Shunday turga oid quyidagi masalani keltiramiz:
«8 kg piyoz va 6 kg sabzi sotib olindi. Shundan keyin 5 kg anor va 8 kg
olxo’ri sotib olindi. Sabzavotlardan ko’p sotib olinganmi yoki mevalardanmi?».
Kuzatish va tajribalar shuni ko’rsatadiki, bunday masalalarning yechilishi va
yechimini yozishda o’qituvchilar tomonidan ayrim juz’iy kamchiliklarga yo’l
qo’yilmoqda. Masalan, ular quyidagi yechim variantlarini keltiradilar:
1) 8+6=14 (kg) – sabzavot
2) 5+8=13 (kg) – meva
Javob: Sabzavotlardan ko’p sotib olingan.
Bu yerda masala savoliga javob beruvchi 3-ish, ya’ni 14 kg sabzavot va 13 kg
mevani taqqoslash bajarilmay qoldi ( 3) (14 kg > 13 kg). Shu sababli muammoli
masala topshiriqlar yechimini ifodalash oldingi qarab chiqilgan masala yechimini
yozishdan farq qiladi. O’qituvchi bunday masala-topshiriqlar yechimini birin-ketin
amal bajarish usuli bilan o’quvchilarni tanishtirgach, masalaga oid sonli ifoda
tuzib, ularni taqqoslash yechim usulini ham o’rgatib borishi natijasida
o’quvchilarning ijodiy faoliyati oshadi.
Yuqoridagi masala sharti uchun quyidagi sonli ifodalar taqqoslanishi talab
qilinadi:
8+6 va 5+8
8+6 – ifoda sotib olingan sabzavotlar massasini, 5+8 – ifoda sotib olingan
mevalar massasini ifodalaydi. Dastlab o’quvchi yig’indilarni taqqoslash uchun har
bir ifoda son qiymatini topib, ularni taqqoslaydi. Keyinchalik ular yig’indini
taqqoslash uchun quyidagicha xulosa chiqarishni o’rganadilar: «Agar
44
taqqoslanayotgan yig’indilardan birorta qo’shiluvchilar bir xil bo’lsa, ikkinchi
qo’shiluvchilar taqqoslanib, yig’indida ishtirok etuvchi qaysi qo’shiluvchi katta
bo’lsa, o’sha yig’indi katta bo’ladi: 8+6>5+8, chunki 8=8, 6>5».
3-sinf Matematika darsligidagi 490-masala ham muammoli topshiriq
hisoblanadi. «Bir oyda tovuqlar uchun 27 kg, o’rdaklar uchun 40 kg don sarflanadi.
Bitta tovuqqa bir oyda 3 kg, bitta o’rdakka 5 kg don sarflanadi. Qaysi biri ortiq:
tovuqlarmi yoki o’rdaklarmi? Nechta ortiq?»
Ushbu topshiriq yechimi quyidagicha:
1) 27:3=9 (ta) – tovuqlar soni
2) 40:5=8 (ta) – o’rdaklar soni
3) 9>8 – tovuqlar ko’p
4) 9-8=1 (ta) – tovuq ortiq
Javob: Tovuqlar ko’p, 1 ta ortiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |