Boshlang’ich sinflar uchun matematikadan kompyuterli ijodiy topshiriqlar tizimini yaratish


XI.  Ifoda,  tenglama,  tengsizliklar  tuzish  va  ularni  bajarishga  oid



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/40
Sana21.08.2021
Hajmi0,94 Mb.
#153031
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40
Bog'liq
boshlangich sinflar uchun matematikadan kompyuterli ijodiy topshiriqlar tizimini yaratish

XI.  Ifoda,  tenglama,  tengsizliklar  tuzish  va  ularni  bajarishga  oid 

topshiriqlar. 

Boshlang’ich sinf o’quvchilari tomonidan ifoda, tenglama, tengsizliklar tuzish 

va  uni  bajarishga  oid  topshiriqlar  o’quvchi  tafakkuriga  yo’naltirilgan  ijodiy 

mazmundagi topshiriq ko’rinishlaridan biridir. Bunday turga mansub topshiriqlarni 

a)  ifoda  tuzish;  b)  tenglama  tuzish;          v)  tengsizlik  tuzishga  ajratib  tahlil  qilish 

mumkin. 


1. Ifoda tuzishga oid topshiriqlarni bajartirishni 1-sinfning boshidan boshlash 

ahamiyatli.  10  ichidagi  sonlar  bilan  tanishish  davridayoq  «raqam»  hamda 

«qo’shish»  yoki  «ayirish»  amallari  yozilgan  «kartochkalar»dan  foydalanib, 

yig’indini, ayirmani topishga doir misollar tuzishga o’rgatiladi. «10 ichida qo’shish 

va  ayirish»  mavzusini  o’rganish  jarayonida  qo’shish  hamda  ayirish  amali 

komponentlari bilan tanishayotgan davrda «yig’indi», «ayirma» iboralari ma’nolari 

anglab  olingach,  o’quvchilarni  sonlar,  amal  ishoralari  yordamida  sodda  sonli 

ifodalar  tuzishga  o’rgatib  borish  ahamiyatli.  «5  va  2  sonlarining  yig’indisini 

toping»,  «9  va 4 sonlarining ayirmasini  toping» kabi  topshiriqlarni bajarish  orqali 

o’quvchi  matnli  topshiriqni  misol  (ifoda)  shakliga  aylantiradi,  o’quvchining 




 

45 


matematik  nutqi  shakllana  boshlaydi.  Keyinchalik  o’quvchilarda  100  ichida  ikki 

amal  ishtirok  etgan  misol  va  masalalarni  yechish  ko’nikmasi  tarkib  topgach,  ular 

murakkab  sonli  ifodalar  tuzishni  o’rganib  olishadi.  Masalan,  «12  soniga  8  va  4 

sonlarining yig’indisini qo’shing», «100 bilan 30 ning ayirmasiga 20 ni qo’shing» 

kabi topshiriqlar shular jumlasidandir. 

1-sinf  o’quvchisi  tomonidan  sonli  ifoda  tuzishga  doir  quyidagi  topshiriqlar 

o’quvchi  aqliy  faoliyatining  o’sishiga  yordam  beradi:  «Eng  katta  ikki  xonali  son 

bilan eng katta bir xonali son ayirmasini toping», «Eng kichik ikki xonali son bilan 

eng katta bir xonali sonlarning yig’indisini toping». 

Sonli ifodalar tuzishga oid ishlar 2-sinfda davom ettiriladi. 100 ichidagi sonlar 

ustida  qo’shish,  ayirish,  ko’paytirish  va  bo’lish  amallari  yordamida  sodda  va 

murakkab  sonli  ifodalar  tuzish,  ularning  qiymatlarini  topishga  doir  topshiriqlar 

ma’lum ketma-ketlikda qaralishi ta’lim samaradorligining oshishiga xizmat qiladi. 

3-4-sinflarda  sonli  ifoda  tuzish  va  ularning  qiymatlarini  hisoblashga  oid 

topshiriqlarning murakkabroq ko’rinishlari qarab chiqiladi. 

Ifoda  tuzishga  oid  topshiriqlarning  yana  bir  ko’rinishi  harfiy  (o’zgaruvchili) 

ifodalar  tuzish  va  harflarning  berilgan  qiymatlarida  ifoda  qiymatini  topishga  doir 

topshiriqlardir.  O’quvchilar  2-sinfning  II  choragida  harfiy  ifodalar  bilan 

tanishadilar.  Shu  davrdan  boshlab  o’quvchilarni  harfiy  ifodalar  tuzishga  o’rgatib 

borish,  ularda  algebraik  materiallarga  doir  tasavvurlarning  shakllanishiga  ijobiy 

samara  beradi.  Boshlang’ich  sinf  matematika  darsliklarida  harflarning  berilgan 

qiymatlarida  harfiy  ifodalarning  qiymatini  topishga  doir  topshiriqlar  keltirilgan. 

Ammo  o’quvchilar  tomonidan  mustaqil  harfiy  ifodalar  tuzishga  doir  topshiriqlar 

keltirilmagan.  Dastlab  o’quvchilarni  a+3;  a-8;  12-a;  20:a;  a:8;  7∙a  ko’rinishidagi 

sodda  harfiy  ifodalar  tuzish;  tuzilgan  ifoda  qiymatini  topish  uchun  a  ning  tegishli 

qiymatlarini  tanlay  bilishga  o’rgatish  zarur.  Keyinchalik  o’quvchilar  tarkibida 

ikkita harf ishtirok etgan sodda harfiy ifodalarni tuza oladigan bo’lishi kerak: c+d; 

c-d  ifodalardagi  c  va  d  larga  son  qiymatlar  tanlab,  berilgan  ifoda  qiymatlarini 

topishi  mumkin.  3-4-sinflarda  o’quvchilarda  murakkab  harfiy  ifodalarni  tuzish  va 

uning qiymatini hisoblashga o’rgatib borish zarur. 




 

46 


2. Tenglama tuzish va uni yechishga tayyorgarlik ishlari 1-sinfdan boshlanadi. 

«Noma’lum  qo’shiluvchini  topish»  (…+3=10  yoki  4+…=9),  «Noma’lum 

kamayuvchini  topish»  (…-7=10),  «Noma’lum  ayriluvchini  topish»  (9-…=6)  kabi 

mavzularni  o’rganish  jarayonida  1-sinf  o’quvchisida  qo’shish  va  ayirish  amali 

hadlarini topish ko’nikmasi tarkib topadi. 20 va 100 ichidagi sonlar uchun qo’shish 

va  ayirish  amallari  hadlari  (komponentlari)ni  topishga  doir  tizimli  olib  borilgan 

ishlar o’quvchini tenglama tushunchasini o’rganishiga zamin hozirlaydi. 2-sinfning 

II  choragidan  boshlab  o’quvchi  tenglama  tushunchasi  bilan  tanishadi.  2-sinf 

matematika  darsligida  tenglama  tushunchasining  oshkormas  ta’rifi  keltirilgan. 

O’quvchilar  sodda  tenglamani  yechishning  tanlash  hamda  arifmetik  amal  hadlari 

va  natijasi  orasidagi  bog’lanishdan  foydalanish  usullarini  o’rganib  olishadi. 

Boshlang’ich  sinf  matematika  darsliklarida  berilgan  tenglamalarni  yechishga  doir 

topshiriqlar  mavjud.  Ammo  o’quvchilar  tomonidan  tenglama  tuzishga  doir 

topshiriqlar  nihoyatda  oz.  Tenglama  tuzishga  doir  topshiriqlarning  quyidagi 

ko’rinishlaridan dars jarayonida foydalanish mumkin: 

a) x soniga 10 ni qo’shib 30 hosil qilindi. x ni toping. 

b) x, 7 va 27 sonlaridan foydalanib, tenglamalar tuzing va ularni yeching. 

v) O’ylangan sonni x harfi bilan belgilab, tenglama tuzing va uni yeching. 1. 

O’ylangan  sonni  10  ta  orttirib,  28  hosil  qilindi.  Qanday  son  o’ylangan?  2. 

O’ylangan sonni 18 ta kamaytirib, 50 hosil qilindi. Qanday son o’ylangan? 

Tenglama  tuzishga  doir  topshiriqlarning  murakkabroq  ko’rinishlari  3-4-

sinflarda  qarab  chiqiladi.  O’quvchilar  murakkab  tenglamalar  yechishni 

o’rganganlaridan  keyin  ularni  ikki  amalli  tenglamalarni  tuzishga  o’rgatib  borish 

maqsadga  muvofiq.  Quyidagi  topshiriqni  qaraymiz:  «Nodira  bir  son  o’yladi.  Uni 

ikki marta kamaytirdi. Bo’linmaga  15 ni qo’shdi. Natijada 45 hosil bo’ldi. Nodira 

qanday son o’ylagan?» (x:2+15=45). 

O’quvchilarni  tenglamalar  tuzish  va  uni  yechishga  o’rgatish  ayrim 

masalalarni  tenglamalar  tuzish  yordamida  yechish  imkonini  beradi.  Bu 

o’quvchilarning mantiqiy fikrlashini o’stiradi, ularda ijodiy faollik oshadi. 



 

47 


3.  O’quvchilar  tomonidan  tengsizliklar  tuzish  va  uni  bajarishga  oid 

topshiriqlarning  afzalligi  shundaki,  ular  o’quvchilarning  algebraik  tushunchalar 

to’g’risidagi  tasavvurlarini  o’stirishi  bilan  birga  ijodiy  faoliyatlarini  ham 

rivojlantiradi.  Tengsizliklar  tuzishning  ikki  jihatini  qarash  mumkin:  a)  sonli 

tengsizliklar tuzish; b) o’zgaruvchi qatnashgan tengsizliklar tuzish. 

Sonli  tengsizlik  tuzishga  doir  topshiriqlar  taqqoslashga  doir  topshiriqlarga 

yaqin bo’lgani uchun bu to’g’rida batafsil to’xtalib o’tirmaymiz. 

O’quvchilarni  o’zgaruvchi  qatnashgan  (harfiy)  tengsizliklar  bilan  2-sinfdan 

tanishtirib borish maqsadga muvofiq. 2-sinf matematika darsligidagi bunday turga 

mansub 528-, 784-topshiriqlarni misol tariqasida keltirish mumkin. 

1) Shunday sonlar tanlab olingki, quyidagi yozuvlar to’g’ri bo’lsin: 

   


…<9   

 

6+…<27 



 

20-…>14 


2)  8,  9,  10,  11,  12,  13,  14,  15  sonlar  qatoridan  a  harfining  a-8<14  yozuv 

to’g’ri bo’ladigan qiymatlarini yozing. 

3-4-sinf  Matematika  darsliklarida  ham  sodda  tengsizliklarni  tanlash  usuli 

bilan  yechishga  doir  topshiriqlar  keltirilgan.  Shu  o’rinda  IV  sinf  matematika 

(muallif  N.U.Bikbaeva)  darsligidagi  742-topshiriqni  keltirishni  lozim  topdik.  «x 

harfiga  quyidagi  tengsizlik  to’g’ri  bo’ladigan  qanday  eng  katta  qiymat  berish 

mumkin:  600-x=150».  Ushbu  topshiriqni  bajarishda  o’quvchi  tengsizlikni 

qanoatlantiruvchi yechimlardan eng katta qiymatini topishi kerak. Bu o’quvchidan 

ancha aqliy mehnatni talab qiladi. 

Boshlang’ich  sinf  matematika  darsliklarida  o’quvchilar  tomonidan 

tengsizliklar  tuzishga  doir  topshiriqlar  keltirilmagan.  O’qituvchi  har  bir 

qaraladigan  tengsizlik  (o’zgaruvchili  tengsizlik  nazarda  tutiladi)ka  o’xshash 

tengsizliklarni  o’quvchiga  tuzdirib  borishi  ularda  mustaqil  fikrlash,  ijodiy 

faoliyatning rivoj topishiga yordam beradi. 




Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish