2.2 Matematikadan kompyuterli ijodiy topshiriqlarni tuzish tamoyillari
O’quv topshiriqlari nazariyasida topshiriqlar tizimini tayyorlash muammosi
eng dolzarb masalalardan biri sanaladi. Bu muammo bo’yicha qator ilmiy-
48
pedagogik izlanishlar mavjud. Biz bu yerda M.A.Zaynitdinova, O.Roziqov,
F.B.Sushkova, I.E.Unt, M.A.Ushakova, L.M.Fridman, B.Haydarov, A.Hayitov,
A.Eshmuratov kabi qator tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlarini nazarda tutyapmiz.
Bu ilmiy-pedagogik izlanishlarda o’quv topshiriqlari, ayni holatda ijodiy
o’quv topshiriqlari tizimini tayyorlashning turli nuqtai nazarlari tahlil qilingan:
F.B.Sushkova grafik mazmunli topshiriqlar tizimini tayyorlashda rioya qilinadigan
didaktik talablarni o’rgangan. Uning yozishicha, adabiyotlarda topshiriqlarni
ta’limga tatbiq etishning eng asosiy nuqtai nazarlaridan biri tabiiy (jonli) tilda
bayon qilingan topshiriqlarni sun’iy tilga, masalan, graflar vositasida bayon
qilishga kam ahamiyat berilgan, topshiriq mazmuni bo’yicha tuzilgan graflarni
sharhlashni o’quvchilarga o’rgatish e’tibordan chetda qolgan. «Har qanday
topshiriq o’ziga oid shart, savol, izlanadigan noma’lumdan iborat. Bular
topshiriqning tarkibiy qismlari sanaladi. O’quv topshiriqlarining qurilishini
o’rganish yo’li bilan ularning tizimini asoslash mumkin». F.B.Sushkova o’quv
topshiriqlari tarkibini o’rganib, grafik mazmunli topshiriqlarning uch tipini
ajratgan: 1) berilgan topshiriqning grafini tayyorlash; 2) tuzilgan grafni sharhlash;
3) sharhlangan graf asosida yangi graf tayyorlash. Shunday qilib, F.B.Sushkova
o’quv topshirig’ining tarkibini o’rganib, ularning tizimini tayyorlash g’oyasini
ilgari surgan.
M.A.Ushakova ta’lim sharoitida o’quvchilar o’zlashtirishining sistemligi
g’oyasiga rioya qilib o’quv topshiriqlarini kompleks tayyorlash g’oyasini
o’rgangan. «Maktab ta’limi, – deb davom ettirgan edi M.A.Ushakova, –
o’quvchilar o’zlashtirishining tizimliligi g’oyasiga mos keladigan usul, shakl,
vositalarni izlab topishi lozim. Ana shunday vositalar sirasiga o’quvchilarni faol
o’rganishga yetaklaydigan, maxsus tuzilgan o’quv topshiriqlari kiradi».
M.A.Ushakovaning fikricha, o’quv topshiriqlari kompleksida tushunchalarning
mohiyatini anglash, o’zlashtirish tartibini aytib berish, deduktiv bilimlar tarkibini
tushuntirish kabi uch xil turdan iborat topshiriqlar bo’lishi lozim.
I.E.Unt ta’limni individuallashtirish g’oyasiga asoslanib o’quv topshiriqlari
kompleksini o’rgangan. U kompleksni individuallashtirishni ijodiy ta’limning
49
boshlang’ich nuqtasi deb tushunadi. I.E.Unt o’quv topshiriqlari kompleksi
tayyorlashni 1) bilim, ko’nikma, malakalarni rivojlantirish, 2) o’quv faoliyati
mustaqilligini uzluksiz oshira borish, 3) o’quv faoliyati usullarini takomillashtirish,
4) ta’limda o’quvchilarning orqada qolishlarining oldini olish talablarini inobatga
olib ishlab chiqqan.
L.M.Fridman o’quv topshiriqlari muammosini didaktik jihatdan keng
o’rgangan. U o’quv topshiriqlarini tasnif etishda quyidagi holatni hisobga olgan:
agar o’quvchilar uchun topshiriqni yechish usuli ma’lum bo’lsa, ular shu usulni
izlab topish va topilgan usulni topshiriqni bajarishga tatbiq etishga kirishadilar.
Aks holda, topshiriqni bajarish usuli oldin aniqlanadi, so’ngra uning yechimini
izlashga o’tiladi. «Ta’limga tatbiq qilinadigan topshiriqlarni, – deb davom ettirgan
edi L.M.Fridman, – ikki guruhga ajratamiz: Bajarish usuli o’quvchilarga ma’lum
bo’lgan topshiriqlar. Bunday topshiriqlarni mashq deb qaraymiz. Bajarish usuli
o’quvchilarga noma’lum bo’lgan topshiriqlar. Bunday ko’rinishdagi vazifalarni
muammoli topshiriq deb tushunamiz».
L.M.Fridman tadqiqotlarida «topshiriqni bajarish» atamasiga katta nagruzka
(yuklanma) qo’yilgan. Bu atamaning, L.M.Fridmanning yozishicha, eng kamida
uch xil ma’nosi bor: a) topshiriqda qo’yilgan talabni amalga oshirish (usul, metod)
rejasi; b) topshiriq uchun tuzilgan rejani amalga oshirish; v) topshiriqning
bajarilishini tahlil qilish. Bu uchala ma’no yaxlitlikda topshiriq ustida faoliyatni
amalga oshirishni o’zida aks ettiradi. Shu pedagogik xulosalarga ko’ra
L.M.Fridman syujetli (matn shaklidagi) topshiriqlar tizimini ishlab chiqqan.
O.Roziqov o’quv topshiriqlarini tayyorlashni jarayon sifatida qarash g’oyasini
asoslagan. Shu yondashuvga ko’ra o’quv topshiriqlari tizimini tayyorlash jarayon
sifatida tahlil qilinadigan bo’ldi. Mustaqillik sharoitida bu qarash B.R.Adizovning
didaktik va metodik izlanishlarida yanada takomillashtirildi. Natijada didaktika va
metodika fanlari qator yutuqlarga erishdi. Bular:
– birinchidan, o’quv topshiriqlari tizimini tayyorlashni alohida konstruktiv
jarayon sifatida tahlil qilish. Shunday tahlilga ko’ra o’quv topshiriqlari, umuman,
ayni holatda, ijodiy topshiriqlar tizimini tayyorlash «o’quv materiali va o’quv
50
topshirig’i» tizimida qaraladigan bo’ldi. Bu, o’z navbatida, topshiriqlar tizimini
tayyorlash jarayonining tarkibini aniqlash imkoniyatini berdi. Hozir aksariyat
tadqiqotchilar o’quv topshiriqlarini tayyorlash jarayonining uch tarkibiy qismdan
iborat ekanligiga qat’iy ishonch hosil qilishmoqda: maqsadga muvofiq faoliyat. Bu
o’qituvchining o’quv materialini tahlil qilishi, o’quv materialining tarkibiy qismlari
– o’quv elementlarini ajratishi, u yoki bu o’quv elementining o’quvchi faoliyatida
takrorlash o’lchovlarini belgilashi demakdir; o’quv topshirig’i tizimini tayyorlash
vositalari. O’quv topshiriqlari tizimini tayyorlash vositalari sirasiga o’qituvchida
shakllangan pedagogik mahorat, uning pedagogik hodisalarga munosabati, o’quv-
metodik adabiyotlar kiradi. O’qituvchida pedagogik mahorat, amaliyot
takomillasha borgan sari, u ijodiy topshiriqlar tizimini samarali tuzish san’atini
ham egallay boradi; faoliyat predmeti. O’qitish faoliyati predmeti vazifasida o’quv
materiali qatnashadi. Ijodiy topshiriqlar tizimini tayyorlash jarayonida barcha
o’zgarishlar o’quv topshirig’ida yuz beradi. U bilimlar tizimidan intellektual va
amaliy o’quv topshirig’iga aylanadi, bir holatdan – bilimlar shaklidan amaliy ishlar
tizimiga o’tadi. Ana shu uch elementning – maqsadga muvofiq faoliyat, faoliyat
predmeti, faoliyat vositasining o’zaro ta’siridan o’quv materiali bo’yicha
kompyuterli ijodiy topshiriqlar tuzish o’qituvchining ijodiy ishi shaklida zuhur
etadi;
– ikkinchidan, o’tkaziladigan tadqiqotlar natijasiga ko’ra o’quv topshiriqlari,
umuman, ijodiy topshiriqlar, xususan, tarkiban keng tushuniladigan bo’ldi. Agar
an’anaviy qarash asosida yaratilgan tadqiqotlarda ikki narsa – berilganlar va
topiladiganlar ajratilgan bo’lsa, yangi taqiqotlarda o’quv topshiriqlari berilgan,
topiladiganlar bilan bir qatorda maqsad, faoliyatda bajaradigan ish, vosita, natija
jihatidan tahlil qilish tajribasi qaror topdi. Demak, har qanday o’quv topshirig’i
xoh ijodiy, xoh noijodiy, xoh bilimlarni o’rganish, mustahkamlash, sinash
xarakterida bo’lsin, tarkiban maqsad, faoliyatda bajaradigan ish, bajarish usuli kabi
tarkibiy qismlardan iborat;
– uchinchidan, o’quv topshiriqlari, ularning tip, tur va ko’rinishlarini tahlil
qilish yo’li bilan o’quv topshiriqlari tizimini asoslash muammosiga katta ahamiyat
51
berila boshlandi. Natijada qator fundamental tadqiqotlar yaratildi: B.R.Adizov
o’quvchi faoliyatining ikki jihatini – qayta esga olish va ijod qilish jarayonlarini
tahlil qilib, ijodiy topshiriqlarni ta’limga tatbiq etish tamoyillari, vositalarini keng
o’rgandi; M.H.Mahmudov tatqiqotlarida o’quv topshiriqlari muammosi ta’limni
loyihalash bilan uzviy aloqadorlikda o’rganildi. Oqibatda dasturlashgan o’quv
topshiriqlari tizimi, test topshiriqlari to’plamini tayyorlash muammosini keng
izohlashga imkoniyat yaratildi; A.G’.Hayitov metodik izlanishlarida o’quv
topshiriqlari masalasi informatikadan mashq o’tkazish muammosi bilan bog’langan
holda olib borildi. O’tkazilgan ilmiy-metodik izlanishlarda o’quv topshiriqlari,
umuman, ayni holatda, kompyuterli ijodiy
o’quv topshiriqlari tizimini tayyorlashning tamoyillari asoslandi.
Topshiriqlar tizimini tayyorlash tamoyillari. Matematikadan kompyuterli
ijodiy o’quv topshiriqlari tizimini tayyorlashda quyidagi metodik tamoyillarga
rioya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |