matematikalashtirishni talab qiladi. TIMSS tadqiqotida asosan o‘quvchilarda qiziqishini uyg`otadIgan hamda ularning shaxsiy dunyosiga yaqin bo`lgan vaziyatlar qaraladi. Jumladan, o`quvchilarning shaxsiy turmushi va maktabdagi ta’lim-tarbiyasi, so’ng kasbiy faoliyat, mahalliy jamiyatning va butun insoniyatning hayoti professional faoliyat, mahalliy jamoa va butun insoniyatning kundalik hayoti real dunyoning eng yaqin qismi sifatida olingan.
Fan bilan bog`liq bo`lgan vaziyatlar real dunyoning eng uzoq vaziyatlaridir. Shunday qilib, topshiriqlarni tuzishda kontekstning 4 toifasi qo`llaniladi: shaxsiy hayot, ta’lim kasbiy faoliyat, ijtimoiy hayot va ilmiy faoliyat.
Bu kontekstlarda berilgan muammolar o`quvchilarning hayotiy tajribalari yoki amaliyotining qismidir. Ma’lumki, matematika fanidan maktab darsliklardagi topshiriqlar asosiy maqsadi matematikani real muammoni hal etishga tadbiq qilishga, nisbatan ko‘proq o‘quvchini matematikadan ko`nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan. Shuning uchun matematikani shunday qo`llanishga e’tibor qaratish TIMSS topshiriqlarini rejalashtirish va tahlil qilishning asosiy jihati hisoblanadi. Bu jihat esa matematik savodxonlik ta’rifi bilan chambarchas bog`liq.
Shaxsiy hayot bilan bog`liq kontekstlar odatda o`quvchi, oilasi, do`stlari va tengdoshlarining kundalik hayotiy bilan bog`liq (o`rtoqlari bilan muloqot, sport mashg`ulotlari, do`konlarda savdo-sotiq, dam olish, uy yumushlari).
Ta’lim/Kasbiy faoliyatga doir kontekstlarda berilgan masalalarda maktab hayoti yoki mehnat faoliyat bilan bog`liq. Ular o`lchash, narxni hisoblash, qurilish uchun materiallarni xarid qilish (masalan, maktab matematika kabinetiga kitob javonini yasash uchun), buyurtma bo`yicha to`lash, muayyan ishni bajarish
Ijtimoiy hayotga oid kontekstlar jamiyatning (mahalliy, milliy yoki umuminsoniy) hayoti bilan bog`liq. Mahalliy jamiyat bilan bog`liq vaziyatlar o`quvchi atrofida vujudga kelgan muammolarga (masalan, valyuta ayirboshlash, bankka omonat qo`yish) bag`ishlangan. Kengroq jamiyatda vujudga kelgan muammolar sifatida saylov tizimilari va saylov natijalari bilan bog`liq muammolarga (masalan, prezident saylovlari natijalarini bashorat qilish), transport, hukumat qarorlari, demografik muammolar, milliy statistika va iqtisodiyot masalalari qaralishi.
Ilmiy faoliyatga oid kontekstlar odatda matematikani fan va texnologiyaga, fizik hodisalarga bag`ishlangan (masalan, mavjud statistik ma’lumotlar asosida zilzila ro`y berish-bermasligi to`g`risida xulosa chiqarish). Bu kontekstlarda ob-havo yoki iqlim, ekologiya va tibbiyot, koinot, genetika muammolari qaralishi mumkin. Ularda nazariy savollar (masalan, aholining turli taqsimotlari) yoki bevosita real hayotga bog`liq bo`lmagan sof matematik masalalar (masalan, uchburchakning ikki tomoni berilganda uchinchi tomonni topish).
TIMSS dasturining asosiy maqsadlarini amalga oshirishda o`quvchilarning kopetentsiyalarini qay darajada ekani bilan bog`lash mumkin. Bunda DTS quyidagi talablarni o’quvchilarga belgilab berilgan.
Kompetensiyaviy yondashuv nuqtai nazaridan qaralganda, ta’lim jarayoning mohiyati - o`quvchilarning turli hayotiy vaziyatlarda, kundalik turmushda vujudga keladigan muammolarni avval o`zlashtirgan bilim, ko`nikmalari va tajribalari asosida hal qilish layoqatlarini (qobiliyatlarini) rivojlantirishdan iborat bo`ladi. Bu esa o`z navbatida o`quvchilarga nafaqat bilim, ko`nikma va malakalarni berish, balki ularni kundalik turmushda, hayotiy vaziyatlarida qo`llay olish layoqatlarini (kompetensiyalarlarni) shakllantirishni ko`zda tutadi. Boshqacha qilib aytganda, kompetensiyalar davlat va jamiyatning ta`lim tizimi oldiga qo`ygan ijtimoiy buyurtmasi hisoblanadi. Kompetensiyaviy yondashuvning asosiy maqsadi ta’lim muassasasi bitiruvchisining ijtimoiy hayotga moslashishiga yordam berishdan iborat. Shu nuqtai nazardan, kompetensiyaviy yondashuv ta’lim tizimi oldida turgan shu kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Mazkur dolzarb muammoni hal qilish, ya’ni ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalash, ta’lim tizimini sifat va mazmun jihatdan yanada takomillashtirish, mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg`or tajribalari hamda ilm-fan, zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yil 6 aprelda “Umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari” tasdiqlandi. Unga ko‘ra, barcha umumta’lim fanlari bo`yicha davlat ta’lim standartlari, o`quv dastur va rejalari kompetensiyaviy yondashuv asosida yangilandi. Umumiy o`rta ta’lim tizimi mohiyatidan kelib chiqib, ta’lim muassasasi bitiruvchisi egallashi lozim bo`lgan quyidagi tayanch kompetensiyalar (TK) ajratib ko`rsatildi:
TK1. Kommunikativ kompetensiyalar;
TK2. Axborot bilan ishlash kompetensiyalari;
TK3. O`zini-o`zi rivojlantirish kompetensiyalari;
TK4. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalari;
TK5. Milliy va umummadaniy kompetensiyalar;
TK6. Matematik savodxonlik, fan va texnika yutuqlaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompetensiyalari.
Mazkur tayanch kompetensiyalari bilan bir qatorda har bir umumta’lim fani bo‘yicha ham kompetensiyalar (FK) ham ishlab chiqilgan bo`lib, ularni aniqlashtirishda har bir fanning maqsad va vazifalaridan kelib chiqildi. Xususan, matematika fani bo‘yicha umumiy (FK1) va kognitiv (FK2) kompetensiyalar ajratib ko`rsatildi.
Ma’lumki, matematika fani - abstrakt fan. Uning mazmuni boshidan oxirigacha inson tasavvurining va mantiqiy tafakkurining mahsulidan iborat. Fanning bunday abstrakt tuzilishi, o`zini-o`zi boyitib borishi, ya’ni yangidan-yangi matematik tushunchalar va ularning xossalarini ma’lum xossalardan hosil qila olish imkoniyati qadimdan insonning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilib kelgan. Hatto matematik masalalarni yechish musobaqalari o`tmishda inson aqlini peshlash vositasi bo`lgan. Shundan kelib chiqadigan bo`lsak, matematika fanining eng asosiy vazifasi aynan o`quvchilarni o`ylashga, to`g`ri mantiqiy fikrlashga va mushohada yuritishga o`rgatishdan iborat ekanligi oydinlashadi. Hech qaysi fan matematika fanichalik o`quvchilarni o`ylashga va fikrlashga majbur qila olmaydi. Matematika darslarida turli tuman masala, muammo va jumboqlarini yechish orqali o`quvchilar to`g`ri fikr yuritish, mantiqiy fikrlashni o`rganadilar. Insonning mantiqiy fikrlay olish layoqati (qobiliyati yoki kompetensiyasi) uning eng muhim hayotiy ehtiyojlaridan biri hisoblanadi. Inson miyasi “ishlash”dan to`xtar ekan, uning hayvondan farqi qolmaydi. Xullas, bir faylasuf ta’biri bilan aytganda, “Matematika - aql gimnastikasidir”. Yoshlik chog`idan turli-tuman matematik masalalarni yechish orqali o`quvchilar hayotiy muammolarni yechishga va turmushda uchraydigan muammoli vaziyatlarida to`g`ri qarorlar qabul qilishga tayyorgarlik ko`radilar. Bu holatda hamma matematik masalalar ham bevosita hayotiy muammolar haqida bo`lishi shart emas. Har qanday matematik masala ham o`quvchini o`ylashga majbur qiladi. Turli abstrakt formulalar yordamida hisob kitoblarni, algebraik almashtirishlarni to`g`ri bajarish, ayniqsa teoremalarni isbotlash, ya’ni ma’lum dalillar asosida uning to`g`ri ekanligini asoslash mantiqiy fikrlashga doir eng muhim amaliyotlardan hisoblanadi.
Shunday ekan, o`rta umumiy ta’lim tizimida matematika fanining, matematikani o`qitishning eng asosiy vazifasi o`quvchilarda mantiqiy fikrlash, to`g`ri mushohada yuritish layoqatlarini (kompetensiyalarini) tarkib toptirishdan iborat bo`lmog`i lozim. Fanga oid umumiy kompetensiyalar matematika fanidan o`quvchilar bilishi va uddalashi lozim bo`lgan nazariy bilim va amaliy ko`nikmalarni, fanga oid kongitiv kompetensiyalar aynan yuqorida zikr etilgan mantiqiy fikrlash, o`qib-o`rganish va fan bo`yicha o`zlashtirilgan bilim va ko`nikmalarni amaliyotda qo`llash bo`yicha talablarini umumiy holda belgilaydi.
FK1. Matematika fani bo`yicha umumiy kompetensiyalar Fan bo`yicha umumiy kompetensiyalarni o`z navbatida matematika fanining quyidagi bo`limlari bo`yicha taqsimlab qarash maqsadga muvofiq bo`ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |