Boshlang`ich jismoniy tarbiya va amaliyoti


Oquvchilar bilan ommaviy jismoniy madaniyat ishlarini olib borish uchun turistik sayrlar jismoniy madaniyat bayramlari va sport musobaqalari taqshkil qilinadi



Download 122,31 Kb.
bet7/19
Sana19.06.2021
Hajmi122,31 Kb.
#70831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Sinfdan tashqari ishlash. Loyha

Oquvchilar bilan ommaviy jismoniy madaniyat ishlarini olib borish uchun turistik sayrlar jismoniy madaniyat bayramlari va sport musobaqalari taqshkil qilinadi

Oquvchyilarni ish qobilyatini oshirishda oquv kunining rejimida jismoniy madaniyat tadbirlari muhim orin egallaydi. Oquv kunining rejimida tirfandagi jismoniy madaniyat tadbirlari otkaziladi;

1.Ertalabki badan tarbiya. 2Darsgacha gimnastika mashqlari. 3.Jismoniy tarbiya daqiqalari. 4.Tanaffuslar vaqtida otkaziladigan oyinlar. Jismoniy tarbiya sog`lom turmush tarzining asosi ekan sog’lom turmush tarzini tashkil etishda odam quyidagilarga katta e’tiborni qaratish kerak. Biz qanday jismoniy harakatlar qilyapmiz, ovqatlanishimiz, nimalarni iste’mol qilishimiz, nimani ichishimiz, qachon, qancha ichimlik ichishimiz kerak. Sof havodan qanday foydalanish kerak, qanday uxlash va qanday dam olish kerak, organizmni qanday qilib chiniqtirish kerak, kun tartibiga rioya qilish, va boshqalarga katta e’tibor qaratishimiz lozim.Mening fikrimcha inson organizmining rivojlanishida harakat, muskul faoliyati, jismoniy ish muhim o’rin to’tadi, chunki uning hayot kechirishi, turmush tarzi bevosita faol harakatni taqozo qiladi. Bunday bog’lanish inson paydo bo’lganidan beri hayot kechirishning ajralmas qismi bo’lib, evolyutsion yo’l bilan mustahkamlangan. Petr Kuzmich Anoxin aytganlaridek: "Jismoniy tarbiya va sportni ommaviy ravishda rivojlantirishda men inson salomatligi, uning ijodiy faoliyati va uzoq umr ko'rishi uchun kurashning eng yaxshi variantlaridan birini ko'raman" .Haqiqatdan ham biz kelgusi avlodni jismonan sog`lom qilib tarbiyalashga oz b`olsada o`z xissamizni qo`shsak ular sog`lom bo`lib voyaga yetadi va kelajakda albatta yurtimizga foydasi tegadigan farzandlar bo`lishadi.

Matkarimova Oydina: Haqiqatdan ham “hech bir narsa mamlakatni sport kabi tezda dunyoga mashhur qila olmaydi”. “Sport odamni mard, matonatli, bardoshli qilib tarbiyalaydi”. Jismoniy madaniyat – jismoniy reabilitatsiya vositalari orqali, inson organizmi ish faoliyatining to‘liq yoki qisman tiklanish jarayoni hisoblanadi. U asosan turli xil kasalliklar yoki jismoniy zo‘riqishlar natijasida paydo bo‘ladigan patologik holatni bartaraf etishni nazarda tutadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti hamda uning mazmuni, uning mohiyatini ochishga yordam beradigan tushunchalar va atamalar, insoniyat rivojlanishining turli tarixiy davrlarida o‘zgarib, doimiy ravishda takomillashib, chuqurlashib, ilm-fan taraqqiyoti asosida aniqlashtirib boriladi. Odam o’z hayotini oqilona tashkil etish orqali faqat inson zotiga foyda keltirish bilangina cheklanib qolmaydi. SHunisi aniqki, «inson o’z sog’lig’ini asragan taqdirda tabiatni, hayot davomiyligini asragan bo’ladi». Demak, biz o’z sog’ligimizni asrash va oqilona hayot kechirish bilan tabiatni zararlanishdan va hayotni putur etishdan saqlaymiz. Shu tariqa tiriklik asoslarini saqlab qolamiz. Abu Ali ibn Sino o’zining tib qonunlari va boshqa asarlarida gimnastik mashqlar, massaj, dieta, suv muolajasi, hammomni, juda ko’pgina kassaliklarda va kasallikning oldini olish maqsadida ishlatilishi haqida to’liq ma’lumot bergan. . Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mening fikrimcha yurtimizda shunday imkoniyatlarning yaratilishi bu biz yoshlarga berilgan eng yaxshi imkoniyatlardan biri deb bilaman. Chunki sport bilan shug`ullangan har bir inson sog`lom tanli, baquvvat bo`ladi. Zero buyuk shaxslar aytganlaridek: “ Sog'liqni saqlash va eng asosiysi normal kasalliklarning oldini olish uchun tanadagi jismoniy mashqlar yoki harakatlardan yaxshiroq narsa yo'q”. - M. Ya. Dono. Inson qachonli tinimsiz jismoniy mashqlar bilan shug`ullansa uning sog`ligi kundan kunga yaxshilanadi. Hozirgi zamonaviy texnologiyalar bilan to`lib toshgan asrimizda insonlar kam harakat bo`lib ketganligi uchun turli xil kasalliklar vazn ortishi singari kasalliklar paydo bo`lyapti. Bu kabi kasalliklarda eng yaxshi davo mening fikrimcha jismoniy mashlar, sport o`yinlari hisoblanadi.

Rashidova Ziyoda: Haqiqatdan ham “hech bir narsa mamlakatni sport kabi tezda dunyoga mashhur qila olmaydi”. “Sport odamni mard, matonatli, bardoshli qilib tarbiyalaydi”. Jismoniy madaniyat – jismoniy reabilitatsiya vositalari orqali, inson organizmi ish faoliyatining to‘liq yoki qisman tiklanish jarayoni hisoblanadi. U asosan turli xil kasalliklar yoki jismoniy zo‘riqishlar natijasida paydo bo‘ladigan patologik holatni bartaraf etishni nazarda tutadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti hamda uning mazmuni, uning mohiyatini ochishga yordam beradigan tushunchalar va atamalar, insoniyat rivojlanishining turli tarixiy davrlarida o‘zgarib, doimiy ravishda takomillashib, chuqurlashib, ilm-fan taraqqiyoti asosida aniqlashtirib boriladi. Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda Prezidentimizning 2017 yil 7 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasida bir qator vazifalar belgilangan. Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan.

Abdullayeva Zumratxon: O`zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 maydagi «Jismoniy tarbiya va sport to`g`risida»gi Qonunida (yangi tahrir) jismoniy tarbiya bo`yicha majburiy darslar, darsdan tashqari mashg`ulotlar va test sinovlari barcha ta`lim muassasalarida o`quvchilarning fiziologik imkoniyatlariga mos ravishda o`tkazilishi ko`rsatilgan.

Umumiy o`rta ta`lim maktablarining I-IV sinflarida o`quvchilarning fanlar asoslari bo`yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilimni o`zlashtirish ehtiyojini, asosiy o`quv-ilmiy va umummadaniy bilimlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma`naviy-ahloqiy fazilatlar, mehnat ko`nikmalari, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo`lish hamda kasb tanlashni shakllantirish Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilab berilgan. Jumladan, boshlang`ich sinf o`quvchilari o`quv dasturiga kiritilgan uloqtirish mashqlarining texnika asoslariga o`rgatishni ilmiy-uslubiy asoslash shu yoshdagi o`g`il va qizlarning dasturdagi mezonlarni bajarishlariga juda katta yordam beradi, aks holda ular umumiy o`rta ta`lim maktablarini bitirish oldidan ham uloqtirish mezonlarini talab darajasida bajara olmasliklari mumkin. Jismoniy tarbiyaning muhim muammolaridan biri harakat faoliyatiga o`rgatishning yangi uslub va shakllarini yaratishdan iboratdir. Umumiy o`rta ta`lim maktablari o`quvchilarining jismoniy tayyorgarlik va salomatlik darajasini belgilab beruvchi «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarining har bir bosqichi me`yoriy talablariga kiritilgan jismoniy tarbiya testlari bo`yicha dasturda ko`zda tutilgan uloqtirish mashqlari buning amaliy ahamiyatidan dalolat beradi. Shu bilan birga, bu harakat faoliyatlarini bolalar eng murakkab harakat uyg`unligi sifatida katta qiyinchiliklar bilan o`zlashtirishadi. Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarni uloqtirish harakatlari mashqlarining texnika asoslariga dastlabki o`rgatishda zamonaviy uslub va shakllardan foydalanish dasturdagi «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus test me`yorlarini muvaffaqiyatli o`zlashtirishga yordam beradi. Aristotel aytganidek "Hech narsa inson tanasini jismoniy harakatsizlik kabi susaytirmaydi va buzmaydi" . Bolani jismoniy tarbiya bilan shug`ullanishi yurak-qon tomir hamda nafas olish tizimlari faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, o‘zgaruvchan yuklama hamda tashqi sharoitlarga moslashish ko‘nikmalarini rivojlantirishni yanada yaxshilashga yordam beradi. Buning uchun jismoniy tarbiya jarayonida bola ko‘krak qafasining harkatchanligini rivojlantirish, o‘pkaning hayotiy hajmini ( havo sig‘imi) kengaytirish, harakat analizatori va sezish a’zolari faoliyatini takomillashtirish lozim. O‘z-o‘zini boshqarish mexanizmlarining faolligi tufayli bosh miya, kelib tushayotgan turli-tuman, ko‘plab axborotlarni qabul qilib, ularni mukamallashtirgan holda organizmning sog‘lomlashtirish faoliyatini orttiradi. Men o`z fikrlarimni Avitsennaning quydagi fkrlariga qo`shilgan holda bildirmoqchiman Agar siz jismoniy mashqlar bilan shug'ullanadigan bo'lsangiz - bir vaqtning o'zida siz boshqa barcha rejimlarga rioya qilgan bo'lsangiz, turli kasalliklarga qarshi dorilarni qabul qilishning hojati yo'q ».



Download 122,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish