Uni haydar shifokor.
Yuqsa o’ng-u so’llardan,
Havo, tomchi yo’llardan,
Yo’li to’silar shu tob,
Dokadan tutasa niqob.
(Hamma birdaniga niqob taqadi)
Shifokor shiprisni olib:
Dori, igna, sanchiqlar,
Bari grippga sanchilar
Endi yetmas ozori
Hamma birgalikda: Quvg’in bo’ldi bezori ,- deyishib Grippni quvub ketishadi.
1-Boshlovchi:
Assalomu alaykum , hurmatli tadbirimiz qatnashchilari, anglagandirsiz , ha, bugungi bayramimiz SOG’LOM XAYOT SOG’LIGIMIZ GAROVI ” munosabati bilan bo`lib, tayyorlagan tadbirimizni e’tiboringizga havola etmoqchimiz.
2-Boshlovchi:
Sizga deymiz yana-yana ,
Toza bo’lsin mudom tana ,
Pok bo’lmasa a’zolar ,
Kasalliklar jazolar.
Dunyoda juda ko’p yuqumli kasal ,
Hammasi hayotga soladi changal.
Virusni , tayoqcha , mikrobmi , urug’ ,
Tozalik sihatiga eng yaxshi yo’rig’.
Keling , fikrlarimizni mustahkamlab olish niyatida Kavsar Turdiyevaning “ Ali va Mikrob“ to’g’risidagi sahna ko’rinishini tomosha qilaylik.
Boshlovchi:
Men bugun sizlarga so’zlab bermoqchi bo’lgan voqea hammamiz bilan sodir bo’lishi mumkin. Bu voqeaning bosh qahramoni Mikrob . Siz “Mikrob nima? “ – deb so’rarsiz ular atrofimizda mavjud mayda mikroorganizmlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |