Qo’lga oling mikroskop,
Chor atrof mikrob , mikrob ,
Birining nomi savob ,
Birining nomi xarob ,
Biri tiklar jarayon ,
Biri yasar g’alayon ,
Keltirib turib g’alva ,
Deydi bu hali holva !
Ko’payar , o’sar – o’sar ,
Savobning yo’lin to’sar.
Keling yaxshisi , Ali ismli bola bilan sodir bo’lgan voqeani o’z ko’zimiz bilan ko’raylik.
Alining uyi. U shoshilib xonasiga kirdi va papkasini otib , xontaxta ustida turgan tarelkadagi olmaga yopishdi:
Ovoz:
- Ali qo’lingni yuv
Ali ( og’zini to’ldirib):
- Xo’p ( keyin yugurib borib , krandan suv ichadi)
- Ovoz:
- Ali sovuq suv ichma
Ali ( g’uldirab):
- Xo’p , onajon! Ona, men futbolga ketdim. (Onasi ( Choy ko’tarib kelib ):
- O`g`lim, choyingni ichib ol!
- Ona , o’rtoqlarim kutib o’tirishibdi.
Onasi:
- Voy o’lmasam och ketasan-mi?
Parda yopilib ochiladi. Ona uyda yolg’iz o’zi.
Ona:
- Soat 6 bo’ldi-ya , Alidan esa darak yo’q , uni qarab kelay
Do'stlaringiz bilan baham: |