E h, kelinlar 2022-yil 13-aprel soat 10: 30 atrofida Samarqandda bo’lgan voqea asosida…



Download 66 Kb.
bet1/3
Sana19.04.2022
Hajmi66 Kb.
#562851
  1   2   3
Bog'liq
BUGUN BO\'LGAN VOQEA (Alloh shohid)


E h, kelinlar


2022-yil 13-aprel soat 10:30 atrofida Samarqandda bo’lgan voqea asosida…
Ismim Aziz. Men o’zim doktoranturada o’qiyman. Bugun 13-aprel kuni o’zim tahsil olayotgan kafedradan iltimos qilganligi bois, erta tongdan mehribon ukamni, bag‘rikeng ukamni Yandex-taxi chaqira olmaganligi uchun koyiy-koyiy Fakultetga kechikib 08:20 da yetib bordim. Dars o’tayotgan paytim gripp bo’layotganimni payqadim. Drasdan chiqqach, borlig’im, yagona mehribonim, hayotda biz uchun ne-ne zaxmatlar bo’lsa, barchasini ko’rgan onajonim telefon qildilar. Onajonimning dardi o’ziga yetarli bo’lsa-da, o’zimdagi gripp alomatidan shikoyat qildim. Onajonim esa o’z jismida kechayotgan minglab og’riqlarni unutib, mening oddiygina dimog’im achishishining davosini izlay ketdi. «Azizjon, bu nimadan ekan-a?», «kelinlar tovuqning hamma go’shtini oshga solishmagan bo’lishsa, uning qanotidan qaynatma sho’rva qilib ich» «grippga qarshi dori ich» … Qisqasi, meni tuzatish uchun jonini berishga ham tayyor edi onam boyaqish…
Men onamning aytganini qilib dori olib ichishga qaror qildim. Bulvardan bitta apteka topib oldim va u yerdan grippga qarshi dori so’radim. Ular menga Amoksatselin va «Gripp-xitt + Nimesel» parashok berishdi. Paroshokni imkoni bo’lsa, yaqin oradagi oshxonadan ichib olishimni aytishdi. Tabiatan bir vazifani oxiriga yetkazmaguncha tinib-tinchimasligim bois bu payt men uchun asosiy vazifa – aptekachi aytgan muolojalarni bajarish bo’ldi. Aptekadan chiqishim bilan og’izga bitta amoksatselindan tashlab oldim. Endi paroshokchalarni ichib olishim kerak edi. Bilsangiz, fizika fakulteti oldidagi piyodalar yo’lagidan eski georafiya fakultetiga o’tgan joyda magazinning ichidan kirib oshxonaga kiradigan joy bor. O’sha yerga kirdim. Oshxonachi menga dori eritishga stakan berishidan g’ijinadi degan o’y bilan o’sh magazindan ikki dona bir marta ishlatiladigan (odnorazoviy) stakan oldim. Magazindan oshxonaga kirish joyda perashki va xoddog sotishadi, undan oshxonaga kiriladi. Oshxonadan yana oshxonaga kiriladi, u yerda osh va shunga o’xshash nisabatan qimmat taomlar sotiladi. Men o’sha kirish joyidagi xoddogchidan ikkita stakanimga yarim-yarim qilib qaynoq suv quydirib oldim va aytganimdek, oshxonaning birinchi kirish xonasidagi burchakda joylashgan stolga o’tirdim. Ikkala stakanga dorilarni bo’lib soldim. Ancha ko’p aralashma tayyor bo’ldi. Men bu yerda nafaqat mening sog’lig’imda, balki jamiyatmiz sog’lig’ida ham ancha katta xastalik borligini angladim…
Men stakandagi dori solingan suvlarni bir-biriga qo’shib yana suvlarni biridan ikkinchisiga solib aralashtirib dori miqdorini ikki stakandagi suvga bir xil taqsimlashga urinib turgan edim. Shu payt qorni katta, adashmasam homilador bir kelinchak kelib mendan bitta stol naridagi stolga o’tirdi. Men bu yerga birinchi para darsdan chiqib kirganligim bois, soat 10 dan biroz o’tib qolgandi. Shu payt uning yoniga qoramag’izdan kelgan, chiroyli kiyingan yana bitta kelinchak perashki va kofe bilan kelib o’tirdi. Adashmasam, ikkalasi shu yerga o’tirishni oldindan kelishgan perashki va kofe ikkalasi uchun ham edi. Qoramag’iz qiz bundan avval oshning qachon tayyor bo’lishini ham so’ragan edi. Keyin hammasi boshlandi. To'g'ri, kimningdir gapini tinglash - gunoh. Lekin ular shu gaplarni meni eshitadi ham demay, barilla hangoma qilib o’tirishi uyat, shu gaplarni aytish esa mentalitetimizga qarshi og’ir jinoyatdir.
Qorni katta oqsariqdan kelgan kelinchak gap boshladi:

  • kecha uxlamadim ham, borib kir yuvdim. Ovqat qildim. Bu dunyoning tashvishi shunaqangi jonimga tegdiki.

  • «Qayinonangiz bormi?» - so’radi dugonasi.

  • Ha, bor.

  • Nima ish qiladi?

  • Uyda.

  • Siz borguncha kirlarni yuvib qo’ysa, bo’ladiku.

  • Bilmasam. Kirni yuvmasa ham, boshimni og’ritmasa bo’ldi.

  • Ha, qayinonangiz nomard ekan, sizni shu holda kir yuvdirsa.

  • E, bitta qayinonam bo’lsa mayliydiya. Bizning uyda qayinog’am ham bolalari bilan turadi.

  • Ularni chiqarib yuborsalaring bo’lmaydimi?

  • Ha, shular chiqib ketishsa, qanday yaxshi ish bo’lar edi.

  • Ha, boshingizga urasizmi, bir uy odamni.

  • Ha, hozir ularga ham shahardan uy gaplashganmiz. Hal bo’lib qolishi kerak. Ovsunim «oyijon, oyijon» deb qayinonamning pinjiga kirib olgan. Qayinonam menga bola tug’ib beradigan mashinaga qaragandek qaraydi. 1 oy gripp bo’ldim, aqali hech kim «holing qaley» demadi.

  • E, o’lsin. Hali hammasini tiz cho’ktirasiz.

  • Bir oy qattiq gripp bo’lib yotdim. Juda qattiq gripp bo’ldim lekin. O’sha paytda homilamning suvi kamayib ketibdi.

  • Voy sho’rim…

  • Vrachlar tug’iladigan bolani «giperton» bo’ladi deyishdi. Endi shunga kapli olib yotibman.

  • Eringiz ham loxmi deymanda, qaramaydimi bir mundoq… Erkak kishi xotinini himoya qilish kerak. Ona o’z yo’liga, Xotinning ham alohida o’z o’rni bor. Unga qaraydigani endi xotin-ku.

  • Bir kun bolintsaga boraman desam, og’riyotgan bo’lsa, ko’rsating deydi.

  • Qayinonani ham urib ketgan ekan (kuladi).

  • Qayinonammas, ovusunim.

  • (Jiddiylashib) Ovusuningiz shunday dedimi, tur yo’qol, pashshol deng unga. Umuman unga past ketmang. Bir mindirsangiz, keyin toza minib oladi. Haddingni bil, o’zingni uyingda qilasan unaqa politikangni deng. E, o’lsiney. Men qayinonangiz shunaqa debtimi debman-a. Yo’qol deng, unga. Vapshi yo’qol deng. Joyi kelsa, qayinonaga ham pashol deng.

  • Ha, men ham yengillashib olay, qayinonamga ham, ovusunimga ham qanday bo’lishni ko’rsatib qo’yaman. Azborayi, qo’y deb turibman-da (ufff).

  • Hozirdan boshlamasangiz keyin kech bo’ladi. Mana meni qarang aytganim aytgan, deganim degan. Xo’jayinimni bir amallab qayinona, qayinuka, qayinsingil degandek isqirtlarning qo’lidan ajratib oldim. Hozir mana uyimiz, mashinamiz bor. Mazza qilib yuribmiz. Aylanishlarga chiqamiz. Ovusinimga to’y kuni pashol deganman.

  • Qayinonangiznikiga ham borib turasizlarmi?

  • Ha 8-mart, yana unday-bunday bayramlarda yiliga 3-4 borib turamiz. Ko’nglini olib qo’yish uchun. Orqamdan g’iybat olovini yoqmasligi uchun.

  • Hozir nechta farzandingiz bor?

  • 3 ta.

  • Qizingiz rosa sizga o’xshaydiya.

  • Ikkinchim qiz. Ha, kopiyam.

  • Men ham shu ovusinlarim chiqib ketsa, ikki ro’zg’orni ishlarini qilishdan qutilar edim.

  • Umuman, ularning ishini ham aytganini ham qilmang. Kerak bo’lsa, qil deng ovusuningizga.

  • Janjal bo’lmasin deymanda. Qayinonamni davleniya va saxiri bor o’lib-po’lib qolmasin deyman.

  • E tentak bo’libsiz. O’lsa, qayinonadan ham, qayinog’adan ham qutulasiz (kuladi).

  • Ha, shunday (kuladi). Ulardan o’lib ham qutulolmayman.

  • Qancha ko’p janjal chiqsa, qayinonangiz bo’lak qilishni xohlab qoladi. Mana biz bo’lak bo’lishdan oldin haftasiga har kuni janjal edi. Oxiri bo’lak qilib yubordi. Mana mazza malikalardek yashayapman.

  • Ha, uyi shu oy chiqadi-ku endi.

  • Agar sizlar tinchgina, ayniqsa, siz hammasini ichingizga yutib yashayversangiz, yangi olgan uyiga ham ona-bola ishbilarmonlar kvartirant qo’yib yana birga yashayverasizlar… (Men hangomaning 30 % larini eslab qoldim…)

Oxiri chidab tura olmadim. Bilasiz-ku, nohaqlikka hech qachon chidab tura olmaganman. «E, o’llaring bunaqa kelin bo’lmay» dedim. Ikkisi ham birdan o’rnidan turdi. Oq sariqdan kelgani birdaniga qizarib ketdi. Qoramag’izdan kelgan kelinda, haqiqatan, vijdon qolmabdi. U hafsalasizlik bilan sen-senlab gapirdi: «sen kimsan, uyalmaysanmi erkak boshing bilan bizning hangomaga quloq tutgani. Sendaqa aqllilar sabab mana shunday zulm ko’payib ketyapti» - dedi. Oshxonachi kelib bizni tinchlantirishga topindi. Men bu orada qoramag’iz kelinning menga qilgan qo’polligi evaziga ancha narsa gapirib qo’ydim. Oxirida: «seni ikkalangga ham tuf-fu-fu» dedimda u yerdan chiqib ketdim.
Keyin uyga keldim, obed qildim. Ming afsuski, uydagi holat ham meni xursand qilmadi. Uyda ham o’sha oshxonadagi qora to’zonning azobli hidlari burnimda anqidi. Ishontirib aytamanki, men har doim optimist bo’lishga uringanman. Hamma narsaning yaxshi tomonini ko’rishga harakat qilganman. Lekin oshxonadagi ikki shayton kelinchakning hangaomalaridan ming optimist bo’lsangiz ham yaxshilik topa olmasligingiz aniq. Optimistligim yana shundaki, men u yerdagi taassurotlarim bilan qandaydir ko’ylak bichib uni olib kelib xonadomidagi munosabatlarga aslo kiydirganim yo’q. Ha, mayli hammaga insofni o’ziga bersin.
Hurmatli yurtdoshlar, o’ylaylik, chuqur mushohoda qilaylik. Jamiyatimiz qaysi tomonga ketayotganligini teran anglab yetaylik. Bugungi yigit ayni damda kim uchundir farzand bo’lsa, ertaga kuyov, so’ngra ota, va nihoyat, qayinota va bobodir. Xuddi shu tadrijiylik qizlarimiz uchun ham soat strelkasi kabi amal qiladi. Shundan kelib chiqib, yuqoridagi «ikki aqlli» kelinchakka oshxonada ayta olmaganimni hozir uyda, o’zimni bosib olgach aytmoqchiman. Mening bu aytganlarimni o’sha ikki kelin eshitmasligi mumkin, lekin jamiyatimizda ular kabi kabi fikrlaydigan manfurlar eshitib olsin va xulosa qilsin.

Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish