Urmas sira o’zing bor joyda
Qarimaysan sira, azizim
U-chi, hayron soladi quloq,
Tushunmasdan turadi so’zim.
So’ng gapimga berdim men izoh.
Kuchuk qopmas , chunki qadding dol,
Suyanasan hassa-tayoqqa.
O’pkang chirib, yo’talsang qur-qur,
O’g’ri kirmas sira sen yoqqa.
Yana bir sir qarimasliging,
Yosh joningga zahar qilar qasd,
Olib ketar umring yarmini,
Xumor bilan seni qilib mast!
2-o’quvchi:
Epchillik , chaqqonlik , hamisha insonning jismoniy tomondan ziynati sanaladi. Hamisha epchillik , chaqqonlik tark etmasin deya yaxshilik zavqiga taklif etamiz.
“Kim epchil-u , kim chaqqon“ qo’shig`i ijro etiladi.
“Yurak operatsiyasi” pontamima. (Pontomimoda opertasiya jarayonidagi shifokor va bemor hazil-mutoyiba holatlari tasvirlanadi.)
Boshlovchi:
Aslida shifokorlar shundaymi ? Yo’q-yo’q, aslida bularning barchasi oddiy hazil edi xolos. Aslida ularning chekgan zahmatlarini so’zlar bilan ifodalab bo’lmaydi. Ular tunni kun demay , kunni tun demay bemorlarning shirin jono uchun jon kuydirishadi. Qalblari mehrga to’la , faqat qo’llari bilan emas , qalblari bilan dard oluvchi xaloskorlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |