Бошланғич таълим кафедраси


O‟QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‟NALTIRISHDA



Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/282
Sana22.02.2022
Hajmi7,03 Mb.
#94274
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   282
Bog'liq
6-MAQOLA BOSHLANG'ICH ТЎПЛАМ 22.05.2020

O‟QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‟NALTIRISHDA 
PEDAGOGLARNING VAZIFALARINI SHAKLLANTIRISH YO‟LLARI 
 
Avliyaqulov Tolib Xolmurodovich
TerDU o‟qituvchisi 
 
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda pedagoglarning vazifalarini 
shakllantirish yo‘llari: 
- o‘quvchilarni kasbga bo‘lgan qiziqishlarini yanada takomillashtirish;
- uni kasb tanlash darajasiga yetkazish;
-ko‘p qirrali qiziqishiga ega bo‘lgan o‘quvchilarda o‘ziga ko‘proq yoqqan 
sohani, kasbni tanlashga amaliy yordam berish; 
- o‘quvchilarda mehnat qiluvchi kishilarga nisbatan hurmat hislatlarini 
tarbiyalab borish;
- o‘quvchilarning o‘ziga xos qiziqishlarini e‘tiborga olgan holda ularni asta-
sekin jamiyat ijtimoiy mehnatiga jalb qilib borish;
- kasblar to‘g‘risida ma‘lumotlarni yetarlicha berib borish; 
- inson mehnati bilan yaratilgan moddiy boyliklarni har tomonlama tejash 
hislatlarni tarbiyalash; 
- o‘quvchilarning o‘zi qiziqadigan kasb yo‘nalishiga jalb qilish va egallangan 
bilimlarni amalda qo‘llashlariga erishish; 
- o‘quvchilarda mehnat va kasb tanlashga qiziqish uyg‘otish. Bu jarayoni to‘g‘ri 
tashkil etilganda shaxsning bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat sube‘kti sifatida shakllanishini 
ta‘minlaydi.
Jamiyat taraqqiyoti ilgarilab borgan sari chuqur bilimlar, innovatsiyalar va ularni 
amaliyotda qo‘llash usullarining ahamiyati ham ortib bormoqda, ya‘ni bilim iqtisodiy 
taraqqiyotda asosiy o‘rinlarni egallamoqda, ta‘limning turmushda, turli sohalarda 
tutgan o‘rnini tubdan o‘zgartirmoqda. Yangi bilimlarni, axborotlarni, ko‘nikma va 
malakalarni egallash, ularni yangilash va rivojlantirishga qaratilgan intilishlar 
zamonaviy mutaxassislarning asosiy tavsif ko‘rsatkichlari bo‘lib qoldi. Bugungi 
axborotlar jamiyatidagi iqtisodiy taraqqiyotning yangi tipi mutaxassislardan kasbiy 
bilimlarini doimiy ravishda takomillashtirib, malakalarini oshirib borishni talab etadi. 
Funksional tayyorgarlik konsepsiyasidan shaxsni rivojlantirish konsepsiyasiga 
o‘tishning mohiyati nafaqat buyurtma bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash tizimidan 
shaxsning ehtiyojlarini qondirishga o‘tishni, balki har bir insonning imkoniyatlarini 
hisobga olgan holda, uning o‘zini namoyon qilishiga va rivojlanishiga xizmat 
qiladigan, ta‘limning individuallashtirilgan xarakterini nazarda tutadi. Bu 
talabalarning va o‘qituvchilarning individual imkoniyatlarini hisobga oladigan turli 
ta‘lim dasturlarini ishlab chiqish uchun turtki bo‘lishi mumkin. Ta‘limni 
rivojlantirishning ushbu yo‘nalishida talabalarda zamonaviy va istiqbolli axborot 
texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qish ko‘nikmalari, mustaqil faoliyat 
ko‘nikmalarini shakllantirish muhim omil hisoblanadi. 
Ushbu vazifani amalga oshirish davomida kasbga yo‘naltirish ishlarida ta‘lim 
tizimini quyidagi bosqichlari aniqlandi : 
- dasturiy materialda kasbga yo‘naltiruvchi materialni kiritish maqsadga 
muvofiq bo‘lgan mavzularni belgilash; 


474 
- u yoki bu mavzu mazmuniga tegishli ko‘rgazmali qurollar,
elektron 
versiyalarini
tanlash; 
- xalq xo‘jaligi tarmoqlari to‘g‘risidagi va mazkur fanga oid dasturiy material
bilan bog‘liq asosiy kasblar haqida adabiyotni o‘rganish. Bunda o‘z iqtisodiy tumani 
hududidagi kasblarni alohida o‘rganishi, o‘quvchilarni tanishtirishi mumkin bo‘lgan 
kasblar ro‘yxatini aniqlab olishi; 
- o‘quvchilarni qiziqishlari va mayllarini o‘rganish, bularni o‘quvchilar va sinf 
rahbarlari bilan muhokoma qilish, natijalarini qayd etish; 
- o‘quvchilarni o‘rganilayotgan fanga bog‘liq kasblarga qiziqish va havaslarini 
shakllantirish maqsadida ular bilan yakkama-yakka ishlarni muntazam ravishda olib 
borish; 
- ta‘lim muassasalarida kasbga yo‘naltirish xonalarini mazkur fanni o‘rganishga 
bog‘liq kasblarga oid materiallar bilan muntazam ravishda yangilab turish;
- kasbga yo‘naltirish, pedagogika va shaxs psixologiyasiga doir va uni 
o‘rganish metodlariga oid o‘z bilimlarni chuqurlashtirish va mukammallashtirish 
ishlari. 
Ushbu bosqichlarni muvaf
f
aqiyatli tarzda amalga oshirish uchun har bir ta‘lim 
boshqaruvchilari albatta yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash 
yoshlarni har tomonlama va uyg‘un rivojlantirishning muhim sharti sifatida 
qaralmoqda. Bu shaxsni g‘oyaviy-siyosiy, axloqiy, mehnatsevarlik, aqliy, estetik va 
jismoniy jihatdan kamol toptirish bilan, ya‘ni butun ta‘lim-tarbiya jarayoni, uning 
butun kompleksi bilan uzviy birlikda va hamjihatlikda amalga oshirilishi kerak. 
Kasbga yo‘naltirish uzoq muddatli yalpi dasturlar asosida va milliy xalq 
hunarmandchilik kasblarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Ayrim turdagi 
kasblarga yo‘naltirish bilan cheklanib qolmasdan, balki aniq iqtisodiy hududning turli 
sohalaridagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda yoshlarni sanoat, 
qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlaridagi kasblar va milliy hunarmandchilik 
kasblariga umumta‘lim maktablarining mehnat ta‘limi darslarida yo‘naltirish 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Oliy ta‘lim, kasb-hunar kollejlari, umumiy o‘rta 
ta‘lim maktablari tizimida milliylikka asoslangan o‘quv jarayonini tashkil qilish 
bugungi kunning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Jumladan, boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarini mehnat ta‘limi va tarbiyasi jarayonida o‘qitiladigan «Loy va plastillin 
bilan ishlash» ish turiga oid haykaltaroshlik, kulolchilik, rassomchilik, «Gazlama va 
ip turlari bilan ishlash‖ ish turiga oid tikuvchilik, kashtachilik, do‘ppido‘zlik, 
ipakchilik, to‘quvchilik, dizaynerlik, ―Turli va tabiiy materiallar bilan ishlash‖ ish 
turiga oid dehqonchilik, gulchilik, bog‘bonchilik, tadbirkorlik kasb-hunarlari 
to‘g‘risida ma‘lumotlar berish darslarni xalq milliy qadriyatlari asosida o‘qitishni 
tashkil qilish lozim bo‘ladi. 
Ushbu masalani hal qilish yo‘llari keltirilgan bo‘lib, u quyidagi tartibda hal 
etilishi lozim deb hisoblaymiz:
- kasb tanlashning rivojlanishi va tarixiy taraqqiyoti bo‘yicha o‘quvchilarga 
boshlang‘ich tushunchalar berish; 
- o‘quvchilarga mehnat ta‘limi jarayonida olib boriladigan kasbni tanlashga 
yo‘llash ishlarida milliy hunarmandchilikning mazmuni, vazifalari va o‘ziga xos 
xususiyatlari haqida ma‘lumot berish; 


475 
- o‘quvchilarga ta‘lim jarayonida olib boriladigan kasbni tanlashga yo‘llash 
ishlarida milliy hunarmandchilikning mazmuni, vazifalari va o‘ziga xos xususiyatlari 
haqida ma‘lumot berish; 
- I-IV sinflarda o‘quvchilarni mehnat ta‘limi dasturidagi milliy 
hunarmandchilik kasblari bilan tanishtirish; 
- V-IX sinflardagi mehnat darslarida amaliy mashg‘ulotlar davomida 
o‘quvchilarni milliy hunarmandchilik kasblariga yo‘llash; 
- o‘quvchilarni xalq hunarmandchiligiga o‘rgatish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar 
ishlab chiqish va ularda kasbiy tushunchalarni shakllantirish 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mehnatga va kasb tanlashga yo‘llashda mehnat 
ta‘limining asosiy, yetakchi ishlardan bo‘lib hisoblanadi. Ma‘lumki umumta‘lim 
maktablarida mehnat darslari 1-sinfdan boshlab yuqori sinflarning oxirigacha o‘tiladi. 
Ko‘rinib turibdiki mehnat darslari uzoq davom etadigan o‘quv predmetlaridan biridir. 
Kichik yoshdagi o‘quvchilar boshlang‘ich ta‘lim jarayonida (tikuvchilik, 
kashtachilik, duradgorlik, kulolchilik) ishlarini, katta yoshdagilarga o‘xshab 
bajarishni, mehnat qilishni xohlaydilar. Ammo ularda bu ish turlarini bajarish 
bo‘yicha malaka va ko‘nikmalari yetishmaydi. Shu sababli o‘quvchilar mehnat 
darslarida ish turlarining boshlang‘ich elementlarini o‘rganadilar 
Bundan ko‘rinadiki, boshlang‘ich sinf mehnat darslari va sinfdan tashqari 
ishlarda o‘qituvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishga yordam beruvchi alohida maxsus 
mashg‘ulotlar tashkil etish zarur. Buning sabablari: 
1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kasb-hunar to‘g‘risida to‘liq tushunchaga ega 
emasliklari; 
2. Mehnat darslarida o‘quvchilariga kasb-hunar to‘g‘risida tushunchalar berish 
yo‘lga qo‘yilmaganligi; 
3. O‘qituvchilar dars va darsdan tashqari ishlarda kasb-hunarga yo‘naltirishga 
alohida e‘tibor berilmayotganligi; 
4. Amaliy ish va tarbiyaviy tadbirlar orqali kasb-hunarga yo‘naltirish ishlariga 
innovatsion yondashuv yo‘lga qo‘yilmaganligi; 
O‘quvchining ijodiy faoliyati, ta‘lim jarayoni tuzilmasi va omillarning unga 
qanchalik ta‘sir ko‘rsatishiga bog‘liq. Shu tufayli boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini 
kasb-hunarga yo‘naltirish tizimida uning ijodiy faoliyatini boshqarish va 
takomillashtirish borasida o‘qituvchining mas‘uliyati yanada ortdi. 
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarini mehnatga tayyorlash ularning qiziqishlari, 
moyilliklari va imkoniyatlariga asoslangan qo‘l mehnati hisoblanadi. Qo‘l
mehnati 
darslari jarayonida bolalar asosan ishlab chiqarish materiallari qog‘oz, karton, 
gazlama va boshqalar bilan; tabiiy va sun‘iy xom-ashyolar daraxt barglari, somon, 
urug‘lar, tuxum po‘choqlari, loy, plastmassalar, plastilin, yelim va boshqalar bilan, 
keng iste‘mol mollari va xalq hunarmandchiligi mahsulotlari, tayyorlash uchun 
mahalliy xom-ashyolar bilan elektr, radiotexnika to‘plamlari va hokazolar bilan 
ishlashga o‘rganadilar. 
Bularning hammasi o‘quvchilarga qo‘l asboblari bilan ishlash, har xil xom 
ashyolardan foydalanishning ma‘lum tajribasini to‘plashga inmkon beradi, bu esa 
mehnatning qadrini va ma‘nosini tushunishga, mehnat kishilariga hurmatda bo‘lishga 


476 
mehnatning va kasbning u yoki bu turiga qiziqishlarini shakllantirishga yordam 
beradi. 

Download 7,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish