Бошланғич таълим кафедраси


SHAXS PSIXOLOGIK STRUKTURASINI O‟RGANISHGA



Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/282
Sana22.02.2022
Hajmi7,03 Mb.
#94274
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   282
Bog'liq
6-MAQOLA BOSHLANG'ICH ТЎПЛАМ 22.05.2020

SHAXS PSIXOLOGIK STRUKTURASINI O‟RGANISHGA 
YONDOSHUVLAR 
 
Alimova Nargiza 
TеrDU magistranti 
 
Shax va uning psixologik tuzilishini o‘rganish psixologiyada muhim tadqiqot 
ob'еktlaridan xisoblanadi. Zеro shaxs psixologiyaning asosiy katеgoriyalaridan 
bo‘lib, aynan psixologik xodisalarni boshdan kеchirish va namoyon bo‘lishining 
timsolidir. Shuning uchun avvalo shaxs tuzilishini tadqiq etgan yo‘nalishlar, ularning 
g‘oyalarini 
o‘rganish 
orqali 
amaliyotda 
qo‘llanib 
kеlinayotgan 
shaxs 


469 
so‘rovnomalarining qay darajada shaxs va uning psixologik tuzilishini aniq va to‘liq 
o‘rganish imkoniyatiga ega ekanligini taqlil qilish ikonini bеradi. 
Psixologiya fanida sistemali yondashuvga oid tadqiqotlarning ko‘rsatishiga 
qaraganda, har qaysi tizimning tavsifi sifatida uning tuzilishi qabul qilinadi. Odatda, 
ya‘ni struktura - bu obyektning bir qator tarkiblari o‘rtasidagi uning yaxlitligi, o‘ziga 
o‘zining ayniyatlashuvini ta‘minlovchi barqaror ichki aloqalar majmuasidir. 
Biz shaxs strukturasi, ya‘ni tuzilishi muammosini bayon, talqin qilishda tayanch 
va jabha, komponent tushuncha tariqasida yaxlit tuzilishning nisbiy mustaqil 
qismidan, tahlilning birligi sifatida element tushunchasidan (atamasidan), har qanday 
kontekstlardan yaxlitlik xususiyatini aks ettirmasa ham ulardan foydalanamiz. 
Bunday tafovut (farq) shaxs xususiyatlarini yaxlit holda mukammal ochish uchun 
tarkibiy tizimli va elementli tizimli darajalarini namoyon etish uchun mutlaqo zarur. 
Shaxsning tuzilishi to‘g‘risidagi muammo o‘zining dolzarbligi bilan fanning 
tadqiqot doirasidan, predmetidan tashqari chiqadi. Shaxs tuzilishiga oid ilmiy 
tasavvurlarning yaratilishi, ishlab chiqilishi yaxlit nazariyaning zaruriy sharti 
hisoblanib, insonning ijtimoiy mohiyatini qirralarini ochish imkoniyatiga egadir. 
Xuddi shu boisdan psixologiyaga falsafa, pedagogika, tibbiyot singari fanlarning 
namoyandalari tomonidan uni muhokama qilish namoyon bo‘layotganligi tufayli 
unga qiziqishning yuksakligidan dalolat bermoqda. 
Psixologiya fani shaxs strukturasining modelini yaratishga boshqa fanlardan 
izchilroq kirishadi, uning tabiatini aks ettirish imkoniyatiga erishadi, natijada u 
psixologiya muammolari majmuasida markaziy o‘rin egalladi. Psixologiya olimlari 
tomonidan tadqiqot qilinayotgan dolzarb muammolar bilan shaxs tuzilishiga oid 
masala u yoki bu jabhasi orqali uzviy bog‘likka ega. Bu kontekstda xulq 
motivasiyasi, shaxsning tipologiyasini ishlab chiqish, shaxsga ta‘sir o‘tkazishning 
samarali yo‘l-yo‘riqlarini qidirishni eslatib o‘tishning o‘zi kifoya. 
Psixologiya fanida shaxsga strukturaviy yondashish bo‘yicha eng salmoqli ilmiy 
izlanishlar amalga oshirilganligi qonuniy holat bo‘lib, xilma-xil shaxs strukturasining 
modeli yaratilganligi fikrimizning yorqin dalilidir. Bu borada B.G.Ananyevning 
fikricha, psixologik hodisalarni aql (intellekt), hissiyot (emosiya) va irodaga 
ajratilish... inson psixologiyasida strukturaviy yondashish tajribasining dastlabki 
ko‘rinishi bo‘lib, uning haqchilligi ko‘pgina psixologlar tomonidan tan olinishidir. 
B.G.Ananyev strukturaviy yondashishning boshqa variantlari tariqasida turlicha 
psixik hodisalar bilan qarama-qarshi aloqalarning e‘tirof etilishi - psixik aktlarning 
psixik funksiyalar, ongning ongsizlik, tendensiyalarning potensiyalar bilan 
uyg‘unligini ta‘kidlaydi. L.S.Vigotskiyning mulohazasiga ko‘ra, insonning psixik 
funksiyalarini yuksak, madaniy, quyi, tabiiy turlarga ajratishni kiritish mumkin, 
chunki ularning negizida ta‘lim bilan insonning oliy nerv faoliyatida birinchi va 
ikkinchi signallar sistemasi o‘zaro ta‘sirining ifodalanishi yotadi. 
Hozirgi davrda psixologiya fanida psixologik hodisalarni psixik jarayonlarga, 
holatlarga, shaxsning xususiyatlariga ajratish qabul qilinganligi muhim ahamiyatga 
ega. Bunday yondashuvning mavjudligi B.G.Ananyev tomonidan strukturaviy 
konsepsiyaning bir tajribasi sifatida qaraladi. Bu voqyelik ―hodisalarni bir qator 
jabhalari bilan to‘ldirishga intilish psixofiziologik xususiyat kasb etib, psixik 
jarayonlar uchun dastlabki materiallarni to‘plash imkoniyatini (idrok, tafakkur, 


470 
emosiya, iroda) beradi‖. Uning fikricha, dastlabki materiallar, bir tomondan, psixik 
funksiyalar (sensor, mnemik), xulqning, ikkinchi tomondan, elementar, motivlari 
(ehtiyoj, ustanovka) hisoblanadi. Olimning mulohazasicha, bu qo‘shimchalar 
―genetik ma‘no kasb etib, fiziologiyadan miya mexanizmlarini umumpsixologik va 
neyrogumoral regulyatorlarini qamrab olish psixologiyaga o‘tishga imkon beradi‖. 
Lekin ushbu strukturaviy yondashuvning maxsus psixologik deb qarashdan qat‘i 
nazar, hozirgi zamon sintetik insonshunosligi uchun umumiy ahamiyatli jihatni 
yuksaklikka ko‘tarishga qodir emas. 
Yuqorida ta‘kidlab o‘tilgan psixik hodisalarning turli ko‘rinishlarini 
fenomenlarga ajratishning qonuniyligi bo‘yicha bahs yuritmasdan turib, jumladan 
jarayonlarga, holatlarga, xususiyatlarga bo‘linishdan ko‘z yumib, ushbu 
kategoriyalar, ularning turlicha talqini shaxs strukturasining tarkibiy qismlariga 
tenglashtirish mumkin emasligini qayd etish zarur. Chunki ular sof psixologik asnoda 
vaqt va fazo o‘lchami bo‘yicha aniqlikka ega emasdirlar. Shuning uchun 
B.G.Ananyev tomonidan kiritilgan ilmiy qo‘shimchalar umumpsixologik vaziyatni 
keskin o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lmasa-da, uning ayrim tomonlarni 
to‘ldirishga ega. 
Shaxs tuzilishining modelini ishlab chiqishdagi muhim qiyinchiliklarning eng 
asosiy sababi har xil nuqtai nazarlar mavjudligida yorqin namoyon bo‘ladi, ular 
―shaxsning tuzilishiga ko‘ra, substansional va ideal, irsiy va egallaganlik, ijtimoiy va 
psixologik, somatik va psixologik tomonlariga ega‖ (V.M.Banshikov). Mulohazadan 
ko‘rinib turibdiki, bunda shaxsning ―substansional tomoni‖ ni irsiy, turmushda 
egallaganlik, somatik jabhalar bilan taqqoslaganda mustaqil strukturaviy tarkib 
sifatida alohida reallikka ega emas. Bunday talqin biron bir psixologik hodisani 
turlicha nuqtai nazardan izohlash bilan bog‘liq bo‘lib, yakkahol, ya‘ni individual 
voqyelik (reallik) ustida gap borayotganligini bildiradi. 
Psixologiya fanida qo‘llanilib kelinayotgan va nisbatan barqarorlashgan shaxsni 
yo‘nalganlikka, temperamentga, xarakter va qobiliyatlarga bo‘lish yetarli darajada 
keskin e‘tirozlarga sabab bo‘layotgani yo‘q. Shuning uchun ko‘pgina psixologlar 
umumiy tizimning majmuasini tashkil qiluvchi murakkab xususiyatlarning tuzilishi 
sifatida qaraydilar va shaxsning yaxlit tavsifini ifodalaydi, deb tushunadilar. 
A.G.Kovalevning fikricha, temperament tabiiy (irsiy) xususiyatlarning tizimini 
bildirib keladi, yo‘nalganlik - ehtiyoj, qiziqish, ideallar tizimi, qobiliyatlar - 
intellektual, irodaviy va emosional xislatlar ansambli, xarakter - xulq-atvor 
usullarining va munosabatlarining sintezidir. 
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, shaxsning murakkab tuzilishga ega bo‘lgan 
ko‘p qirrali xususiyatlari, fazilatlari, xislatlari o‘zaro bir-birlarining ichiga singib 
ketganligi natijasida tabiiy, emosional, ehtiyojlar, munosabatlar, xulq-atvor usullari 
to‘g‘risidagi mulohazalar umumlashmalar umumlashmasidir. Shunday ekan, shaxsni 
o‘ganish metodikalarida xam mazkur jihatlar inobatga olish muhimdir. 

Download 7,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish