4. Qo’l to’pi o’yini qoidalari
Harakatda toʼpni ilib olish joyda turib tutib olishga oʼxshaydi. Oʼyinchining qoʼllari koʼkrak oldida turadi. Toʼpni qadamlab yoki sakrab tutib oladi. Tez uchib kelayotgan toʼpning tezligini pasaytirish uchun qoʼllar oldinga choʼziladi. Yuqoridan uchib kelayotgan toʼpni tutish uchun oldinga—yuqoriga sakraladi, pastdan kelayotgan toʼpni tutish uchun qoʼllar tushiriladi va kaftlar keng ochiladi. Dumalayotgan toʼpni tutib olish uchun oʼyinchi uning qarshisiga chiqadi, egiladi va toʼpga yaqin qoʼli bilan uni tutib oladi.
Toʼpni olib yurish. Basketbol oʼyinidan kirib kelgan bu usul yordamchi usul hisoblanadi. Toʼpni qarshida raqib boʼlmaganda yerga urib olib yuriladi. Toʼp olib yurishdan yana raqib tomondan oʼz jamoasi zonasiga qaytishda foydalaniladi. Toʼpni yerga urganda uning sakrash balandligi beldan oshmasligi lozim
Toʼpni yerga urib yurish mashqiga har bir mashgʼulotda doimo 2—3 daqiqa vaqt ajratilishi kerak.
Toʼpni otish. Toʼpni otish uni sherikka uzatishdan unchalik
farqlanmaydi. Farqi shundaki, toʼp keskin kuch tezligi bilan otiladi. Toʼp turli holatlardan: yuqoridan, pastdan, yondan, boshdan, orqadan otiladi (51-rasm).
Joydan turib toʼp otish yetti metrli jarima toʼpi urish, toʼqqiz metrdan erkin zarba berish, turli masofalardan toʼpni oʼyinga kiritish kutilmaganda bajariladi.
Harakat paytida toʼp otish. Joyda turib toʼp otish yaxshi oʼzlashtirib olinsa, uni harakat paytida (1,2,3 qadamda) otishni egallash uncha qiyin emas. Toʼpni katta tezlikda tirsakdan egilgan qoʼl bilan toʼxtab, tayyorgarlik koʼrmay otish mumkin. Toʼpni otish choggʼida oʼyinchi oggʼirlik markazini oldingi oyogʼiga oʼtkazadi, bu esa otish kuchini oshiradi
Tirsakdan bukilgan qoʼl bilan yondan va yelka barobaridan toʼp otish. Bu uzoqqa otish lozim boʼlganda qoʼllaniladigan usuldir. Otish oʼtkir burchak ostida toʼp otuvchining bel qismi balandligida ikki holatdan bajariladi Birinchi holatda u tizza barobarida, ikkinchi holat esa yelka barobarida va undan pastroqda bajariladi.
Toʼgʼri qoʼl bilan pastdan otishni oʼyinchi har qanday holatda ham bajara oladi. Uni bajarish esa egilgan qoʼl bilan pastdan otishga oʼxshab ketadi.
Toʼgʼri qoʼl bilan yuqoridan otish yugurib va sakrab turib bajariladi. Buning uchun uchib kelayotgan toʼp qabul qilinib darhol oʼz sherigiga uloqtiradi
Toʼpni darvozaga orqa qilib turib, 180° ga burilib otish ham mumkin.
Toʼggʼri qoʼl bilan yondan otish. Bu usul bilan otish qoʼl egilmagan holda kaftning qatʼiy siltov harakati bilan bajariladi.
Quyidagi holatlarda toʼp egallanadi, yulib olib qoʼyiladi, urib chiqariladi:
a) toʼp oshirilayotgan paytda uni egallab olish, himoyachi pozitsiyani qay daraja muvaffaqiyatli egallaganiga boggʼliq;
b) hujumchilar uzatgan toʼpni egallab olish, u toʼp uchib kelayotgan paytida unga sakrash mahoratiga boggʼliq;
d) hujumchilar otgan burchak toʼpini va uzoqdan oʼz sherigiga otgan toʼpni yuqoriga sakrab tutib olish, bu esa himoyachining egallagan pozitsiyasiga boggʼliq;
ye) hujumchidan toʼpni olib qoʼyish koʼproq himoyachiga boggʼliq;
f) raqib toʼpni olib yurganda, uzatganda yoki darvozaga urmoqchi boʼlganda olib qoʼyish, bu himoyachi toʼpning yoʼnalishini toʼgʼri belgilashiga va qoʼli bilan uning yoʼnalishini qay darajada muvaffaqiyatli toʼsishiga boggʼliq;
g) raqibni taʼqib qilib, qoʼlidan toʼpini olib qoʼyishi himoyachining uni oldiga yoki yon tomoniga mohirlik bilan oʼtishiga boggʼliq (bunda raqibning qoʼliga tegish mumkin emas);
h) chalgʼitmoqchi boʼlgan raqib hujumchidan toʼpni olib qoʼyishi, himoyachi raqib oʼyinchining aldamoqchi boʼlayotganini sezib qolishi bilan bogʼliq. Raqib toʼpni yerga urish chogʼida yoki uzatganda egallab olishi mumkin;
i) hujumchi toʼpni darvozaga otish paytida himoyachi toʼpni hujumchi qoʼlidan
urib chiqarib yuborishga harakat qiladi. Tez harakat chogʼida toʼpni urib chiqarib yuborish qiyinroq.
Buning uchun himoyachi biroz orqaroqda va yon tomonda turishi zarur, himoyachi bilan bir paytda oldinga—yuqoriga sakraydi. Bu oʼrinda darvozaga toʼp kirishi, himoyachining panjalari bilan toʼpni qay daraja toʼsib qolishiga boggʼliq.
Demak, darvozaga otilgan toʼplarni toʼsib qolish, darvozani toʼpdan qoʼriqlash faqat darvozabonning emas, balki himoyachining ham ishidir. Himoyachi panjalari yoyilgan qoʼlini toʼp uchib kelishi mumkin boʼlgan yoʼnalishga tutadi. Toʼsish doim ikki qoʼllab bajariladi. Faqat yondan kelayotgan toʼp bir qoʼl bilan toʼsiladi. Darvozaga urilayotgan toʼpni toʼsishning asosiy usullari quyidagicha: yuqoriga koʼtarilgan qoʼllar bilan sakrash, uchib kelayotgan toʼplarni toʼsish uchun turli tomonlarga egilish, toʼpni oyoq bilan toʼsish va boshqalar.
Yuqoridan uchib kelayotgan toʼpni toʼsish joyda turib qoʼllarni yuqoriga koʼtargan holda yoki yondan bajariladi. Аgar toʼp balandroqdan uchib kelayotgan boʼlsa, uning yoʼlini kaft bilan toʼsish uchun balandga sakrash lozim. Toʼpni yumshoqroq qabul qilish uchun panjalar yoyiladi.
Yerdan 70—170sm balandlikda kelayotgan toʼpni toʼsish. Аgar toʼp yon tomonga yoʼnalgan boʼlsa, unga yaqin qoʼl kafti ochiladi, ikkala qoʼlni toʼpning yoʼnalishiga qoʼyiladi.
Yerdan 40—50 sm balandlikda uchib kelayotgan toʼpni toʼsish. Buning uchun himoyachi toʼpning yoʼnalishi tomon odimlaydi va uni qoʼllarni oldinga choʼzgan holda toʼsadi. Аgar toʼp himoyachining oʼng yoki chap tomonidan oʼtib ketilayotgan boʼlsa, oldinga engashish zarur.
Toʼpni oyoq bilan toʼsish. Himoyachi bu usuldan toʼp juda pastdan uchib kelayotganda uni toʼsishga ulgurmaganda foydalanadi. Himoyachi oyoggʼini oldinga choʼzib pastga egiladi. Toʼpni oyoq bilan toʼsish qoidada man etilgan, lekin sharoit taqozo qilsa, qoʼllash mumkin. Bunda toʼsishga yoʼnaltirilgan oyoq bilan bir vaqtda qoʼl ham oʼsha tomonga uzatiladi. Yer yoqalab uchib kelayotgan yoki yerga urilgan toʼpni yarim oʼtirib toʼsish mumkin.
Darvozabonning oʼyinlari. Oʼyin paytida darvozabon raqib bilan koʼp marta roʼbaroʼ keladi. Unga juda katta jismoniy va ruhiy yuk (nagruzka) tushadi. U toʼpni doimiy nazorat qila turib, maydondagi holatni tahlil qiladi va bagʼzida oʼyinchilarga tegishli koʼrsatmalar beradi. Oʼyin davomida 40—50 marta kuchli zarblarni qaytarishiga toʼgʼri keladi.
Darvozabon idrokli, chaqqon, harakatchan, kuzatuvchan, qoʼrqmas, vaziyatni toʼgʼri baholay oladigan va shu kabi xislatlarga ega boʼlishi zarur.
Darvozabon kuchli urilmagan toʼplarni ikki qoʼllab tutadi. Darvozabon yondan kelayotgan toʼpga ham ikkala qoʼlini choʼzadi. Bir qoʼl bilan toʼsilsa ham boʼladi. Аsosiy holatda turgan darvozabon qoʼlini toʼp uchib kelayotgan tomonga uzatadi va oʼsha tomonga egiladi
Darvozaning pastki burchagiga yoʼnaltirilgan toʼpni darvozabon oyogʼi bilan toʼsadi, shu bilan birga, har ehtimolga qarshi qoʼlini ham oʼsha tomonga choʼzadi Yuqoridagi usullardan tashqari, toʼpni yiqilib turib toʼsish ham mumkin. Futboldagi bu usul darvozaning bir tomonidan ikkinchi tomoniga
uchib kelayotgan toʼpni tutishda qoʼllaniladi. Bu toʼpdan uzoqda turgan oyoq bilan siltanish orqali bajariladi. Toʼp bir qoʼl bilan qaytariladi. Yiqilib turib toʼp tutish tavsiya etilmaydi, uni albatta qaytarish kerak. Yiqilish lozim boʼlsa, dumalash usulini qoʼllash zarur.
Darvozabonning hujum qilayotgan raqibga qarshi chiqishi. Bu usul texnik jihatdan tayyor boʼlishdan tashqari, dovyuraklikni ham talab qiladi. Darvozabon turgan joyidan toʼp bilan kelayotgan oʼyinchi tomon bir necha qadam tashlaydi. Darvozabon gavdasini oldinga egib, qoʼllarini toʼliq ochadi. Bir oyoq ikkinchisidan 30—40 sm ga olinadi, bunday chiqish darvozaga toʼp kiritish ehtimolini kamaytiradi.
Darvozabon toʼpni tutish yoki yorib kiruvchini toʼxtatish uchun oʼz maydonidan tashqariga chiqadi, shunda darvozabon oʼyinchiga aylanadi. Shu bois ham u oʼyinchining malakasini egallagan boʼlishi kerak.
Oʼyin davomida darvozabon toʼpni bir necha marta oʼyinga kiritadi. Bunda toʼp oshirish turlicha boʼlishi mumkin, yaʼni qisqa masofada turganda sherikka oshirish yoki 20—25 m ga uloqtirish. Buning uchun darvozabon toʼpni turgan joyidan yoki yugurib kelib oʼyinga kiritishni bilishi kerak.
Qo‘l to‘pi o'yinida turli-tuman to‘p bilan va to‘psiz usullar bajariladi. Qo‘yilgan maqsadga erishmoq uchun o‘yinda qoMlaniladigan xilma-xil maxsus usullar yig‘indisi qo‘l to‘pi texnikasini tashkil etadi. Texnik usullar - bu qo‘l to‘pi o‘yinini vujudga keltirish vositasi demakdir. Yuksak sport natijalariga erishish ko‘p jihatdan qo‘l to‘pi o‘yinchilarining ana shu xilma-xil vositalarni qanchalik to’liq bilishiga, raqib jamoasi o‘yinchilari qarshilik ko‘rsatayotgan, ko‘pincha esa charchoq orta borayotgan sharoitda o‘yin jarayonidagi turli holatlarda ulami qanchalik mohirlik bilan, samarali qoMlashiga bog‘liq. Qol to‘pi texnikasini yaxshi bilish o‘yinchining har tomonlama tayyorgarligi va har jihatdan kamol topishining ajralmas qismidir. 0‘yin taraqqiyotining yuzyildan ortiq tarixi mobaynida qo’l to‘pi texnikasida muayyan o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu taraqqiyotning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: avval keng tarqalgan 11x11 o‘yini o‘rniga hozirgi kunda qiziqarli, doimiy yuqori tezlikda harakat qilishni talab qiladigan 7x7 o‘yini vujudga keldi. 0‘yin texnikasida hujum va himoya usullari bir-biridan farq qiladi. To‘pni ilish, uzatish, olib yurish va darvozaga otish hujum texnikasiga tegishlidir. To‘p yo’lini to‘sish, uni tutib olish, urib qaytarish va darvozabon o‘yinining texnikasi himoyada qo’llaniladi.
Maydonda hujum va himoya harakatlari o‘yin texnikasining asosini tashkil etadi. Dastlabki holat, turish va tayyorgarlik o‘yinchining harakat qilishni belgilaydi. Baland va past holatda turishlar vaziyatdan kelib chiqqan holda bajariladi. Qaysi o‘yinchi maydonda tez va tejamli harakat qilsa, o‘sha o‘yinchi jamoasiga ko‘proq
foyda keltiradi. Shuning uchun har bir o‘yinchi tez start olishni, yugurayotib yo‘nalishni o‘zgartirishni, to‘xtash va sakrashni, orqa bilan oldinga erkin yurishni, yon tomon bilan yurishlami o‘zlashllrib olishi shart.
Qo‘l to‘pi o‘yinining tasnifi texnik usullarni umumiy maxsus
belgilarga qarab guruhlarga bo’lishdan iborat. 0‘yin faoliyati tavsifiga qarab qo‘l to‘pi texnikasi ikkita yirik bo‘limga ajratiladi:
1. Maydon o‘yinchisi texnikasi.
2. Darvozabon texnikasi.
To‘pni egallagan hujumchi raqiblar darvozasiga to‘p kiritishga intiladi. Raqiblaming qarama-qarshiligini faqat maxsus usullar yordamida yengishi mumkin. 0‘yin texnikasining bu qismiga to‘pni ilish, ushlash, to‘pni yerga urib olib yurish va egallab olish, chalg‘itish (fint) va to‘siq (zaslon) qo‘yish usullari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |