Mavzu: Qo’l to’pi o’yini kelib chiqishi va rivojlanish tarixi.
O’zbekistonda qo’l to’pi o’yini rivojlanishi
Reja:
Kirish
1. Qo’l to’pi o’yini kelib chiqishi va rivojlanish tarixi
2. O’zbekistonda qo’l to’pi o’yining paydo bo’lishi va rivojlanish bosqichlari
3. Qo’l to’pi o’yinining mohiyati va tavsifi
4. Qo’l to’pi o’yini qoidalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mamlakatimizda ta’lim tizimini takomillashtirish va bu borada «Ta’lim to’g’risida» gi hamda «Kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dastur» qabul qilinishi katta ahamiyatga ega. Yosh avlodni har tamonlama: aqliy va ahloqiy va jismoniy jihatdan rivojlanishida jismoniy tarbiya asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Shuning uchun O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida» gi qonunida «Maktabgacha yoshdagi bolalar, o’quvchilar, talabalarga katta e’tibor qaratish qayd etilgan. Eng avvalo bolalik davridan boshlab sport yuklamalarini yaxshi taqsimlash zarur. Bunda umumiy jismoniy tayyorgarlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratish lozim. Inson jismonan barkamollikka erishish uchun organizmdagi turli tizimlarning yaxshi rivojlanishiga erishish kerak . O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 2017-yil jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.Yurtimiz vakillarining Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari, Osiyo o‘yinlari va chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani, dunyoda O‘zbekistonning obro‘-e’tibori va sport salohiyati yanada oshayotgani, respublikamiz hududlarida jahon andozalariga mos muhtasham sport inshootlari barpo etilayotgani, o‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida uch bosqichdan iborat “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport o‘yinlari ommalashib borayotgani ayniqsa e’tiborlidir.
Shu bilan birga, mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi ekanini targ‘ib-tashviq qilish, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularga o‘z qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida muhim va dolzarb vazifalar turibdi.O‘zbekiston Respublikasi hududlarida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, mamlakatimizda bu borada yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanish natijadorligini oshirish maqsadida:O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Quyidagilar Dasturning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:jismoniy tarbiya va sport sohasini tashkil etish va boshqarish tizimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qonunchilikni yanada takomillashtirish;jismoniy tarbiya va sport sohasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport komplekslarini qurish, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, mazkur sohada xususiy sektorni rivojlantirish;jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarini ilmiy-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda sport maktablarini yuqori malakali murabbiylar va tibbiyot xodimlari bilan ta’minlash;ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari, aholining keng qatlamlari o‘rtasida sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya, ommaviy sport ishlarini tashkil etish, kompleks sport musobaqalarini o‘tkazish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish va ularni maqsadli tayyorlash;ommaviy axborot vositalari, Internet tarmog‘ining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda
Ustozi avval arastu Xakim “Xitoba” (Ritorika) kitobida yozadiki, ajoyib jismoniy fazilatlarga ega bo‘lgan yigitlar – sog‘lom, bo‘ydor, sport musobaqalarida chaqqon yoshlar har qanday davlatning boyligidir.Sport o’yinlari (qo‘l to‘pi) fani o‘sib kelayotgan yosh avlodni sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda o‘quvchilarni dunyoqarashiga, o‘rtoqlari o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlashga, bir-biriga ko‘maklashishga, favqulotdagi holatlarda o‘zini tuta olishda jamoaga rahbarlik qilishga, malaka va ko‘nikmalarni o‘zida mujassamlashtirishga, jismoniy rivojlanishga sport turlari sirlarini mukammal o‘zlashtirishga va musoboqalarini boshqarishga zamin hozirlaydi. O’quvchilar hayotida mazmun va mohiyatiga ko‘ra sport uyinlarning tarbiyaviy ahamiyati beqiyosdir. Shuning uchun ham o‘quv maskanlarida «Uch bosqichli» sport musoboqa tizimini shakllanishida va rivojlanishida sport o‘yinlarga alohida o‘rin ajratilgan. Prezidentning 24 yanvardagi mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni takomillashtirish va ommalashtirish to‘g‘risidagi Farmoni imzolandi. 2025 yilga maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi – ular jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan aholining umumiy sonini 30%gacha, sport tashkilot va muassasalarida shug‘ullanayotgan yoshlarning umumiy sonini 20%gacha oshirish, davlat sport ta’limi muassasalarida oliy ma’lumotli trener va mutaxassislar sonini 80%gacha yetkazishdan iborat. Iqtidorli sportchilar shaffof to‘rt bosqichli – tashkilot– tuman (shahar)–hudud–respublika tizimi bo‘yicha tanlab olinadi.2020 yil 1 fevraldan boshlab olimpiya sport turlari bo‘yicha respublika sport musobaqalarida doping-test namunalarini olish tizimi joriy etiladi. Qishki olimpiya sport turlari infratuzilmasini yaratish va professional sportchilarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. O‘zbekiston sport delegatsiyalarini nufuzli sport musobaqalariga tizimli tayyorlash bo‘yicha Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Olimpiya tayyorgarlik markazi tashkil etiladi. O‘zbekistonda turli sport tadbirlari, masalan, bolalar va talabalar sport o‘yinlari, festivallar, tanlovlar, «Tashkent
Marathon» xalqaro marafoni, «Save Aral» xalqaro ekomarafoni, avtoralli va motokross sport musobaqalari o‘tkaziladi. Shuningdek xorijlik sportchi va muxlislar uchun «xospitaliti xizmatlari»ni yo‘lga qo‘yish, «Sport Visa» qo‘shimcha (elektron bo‘lmagan) kirish vizasini joriy etish rejalashtirilmoqda.Iste’dodli yosh voleybolchilarni tayyorlash samaradorligi ko‘p jihatdan sport to‘garaklari va sport maktablariga qabul qilishda tanlov jarayonini maqsadga muvofiq tashkil qilishga bog‘liq bo‘ladi. O‘zbekiston R espublikasi P rezidentiningfarmoni og‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Jahonda COVID-19 koronavirus pandemiyasining yuzaga kelishi dunyo mamlakatlari qatori O‘zbekistonda ham aholining sog‘lig‘i, jismonan salomatligi, sog‘lom hayot kechirish darajasi zaif ekanligini ko‘rsatdi.COVID-19 koronavirus infeksiyasi avvalo yurak-qon tomir va nafas olish yo‘llari hamda semizlik (ortiqcha vazn) kasalligiga chalingan fuqarolarimizning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Natijada, bugungi pandemiya oramizdan ko‘plab fuqarolarimizni bevaqt dunyodan ko‘z yumishiga sabab bo‘ldi.Barchamiz bundan jiddiy xulosa qilgan holda zararli odatlardan voz kechib, ommaviy sport bilan doimiy shug‘ullanish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, xususan tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini me’yoridan ortiq iste’mol qilmaslikni, bir so‘z bilan aytganda, sog‘lom turmush tarzini kundalik hayotimizga aylantirishimiz zarur ekanligini bugungi davrning o‘zi taqozo etmoqda.Jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish orqali har bir fuqaroda kasallikka qarshi kuchli immun tizimi paydo bo‘lishini ta’minlash, Tiklash va reabilitatsiya ishlari hamda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilish, bu borada tegishli infratuzilma va boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida
:1. Quyidagilar Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:har bir oila, mahalla va tuman (shahar)da, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida hamda boshqa tashkilotlarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishga shart-sharoitlar yaratish;ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha oilalar, sinflar, mehnat jamoalari va hududlar o‘rtasida sport musobaqalarini muntazam ravishda o‘tkazish;aholi turli guruhlarining sog‘lom ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish, tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini iste’mol qilishni qisqartirish, zararli odatlardan, xususan, alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishdan voz kechish yo‘li bilan kasallikka chalinish, ortiqcha vazn holatlari (semizlik) va bevaqt vafot etishni kamaytirish;aholi o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish madaniyatini keng targ‘ib qilish, shu jumladan, tartibsiz va kechki uyqu oldidan ovqatlanish odatlaridan voz kechish;sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini oilalar, mahallalar, maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalari darajasida sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi sifatida targ‘ib qilish;maktabgacha ta’lim, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida, korxona, tashkilot va boshqa turdagi barcha muassasalarda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun zamonaviy moddiy-texnika bazasini shakllantirish.Respublikada aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda — yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol, “Workout” (mahalla va ko‘cha fitnesi) sportning ustuvor turlari etib belgilansin. Belgilab qo‘yilsinki:yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini ommaviylashtirish va rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun Davlat budjetidan
2021-yildan boshlab dasturlar to‘liq bajarilgunga qadar har yili 104 milliard so‘mdan;jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb qilishga qaratilgan dasturlarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 2021-yildan boshlab dasturlar to‘liq bajarilgunga qadar har yili 10 milliard so‘mdan mablag‘lar ajratiladi.Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish maqsadida“Sog‘lom turmush tarzi” (www.1hls.uz) platformasini yaratish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Bunda:O‘zbekiston hududida bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining platformadagi elektron hamyoniga 3 ming so‘mdan;har oyda har bir tuman (shahar) bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 300 ming so‘mdan, har bir hudud bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 500 ming so‘m, respublika bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 1 million so‘m qo‘shimcha ravishda platformadagi elektron hamyoniga o‘tkaziladi.Belgilansinki:“Sog‘lom turmush tarzi” platformasini ishlab chiqish va unga xizmat ko‘rsatish va keyinchalik modernizatsiyalash bo‘yicha buyurtmachining funksiyalari Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga yuklatiladi;Sog‘lom turmush tarzi” platformasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan IT-park direksiyasi rezidentlari bilan birgalikda 2021-yil 1-martga qadar Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ishlab chiqiladi va doimiy ravishda texnik qo‘llab-quvvatlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qurilish vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 15-noyabrga qadar har bir tuman markazi va shaharlarda piyoda va velosipedda yurish uchun “Salomatlik yo‘laklari”ni tashkil etish bo‘yicha tegishli loyihalarni ishlab chiqib, keng jamoatchilik muhokamasiga joylashtirsin, 2021-yil 1-yanvardan boshlab qurilish ishlarini boshlasin va
2021-yil 1-mayga qadar tugatsin.Bunda, quyidagilar nazarda tutilsin:piyodalar va velosiped yo‘laklarining umumiy uzunligi 3 — 5 kilometrni tashkil etishi hamda o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lishi;zamonaviy, energotejamkor (harakat sensorlari bilan jihozlangan) yoritish tizimlari va yorug‘lik qaytaruvchi, yo‘laklarning boshlanishi, oralig‘i va yakunini ko‘rsatuvchi yo‘l belgilari bilan to‘liq ta’minlanishi;piyodalar va velosiped yo‘laklarini barpo etishda alohida harakatlanish imkoniyatlari yaratilishi hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “to‘siqsiz muhit” tashkil etilishi.Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021-yil uchun investitsiya dasturi doirasida markazlashgan kapital qo‘yilmalar hisobidan markaziy ko‘chalarni modernizatsiya qilish uchun jami 1,4 trillion so‘m mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin. Toshkent shahar hokimligi 2021-yil davomida bosqichma-bosqich barcha tumanlarda aholi uchun qulay bo‘lgan ko‘chalarda umumiy uzunligi 50 kilometr bo‘lgan piyoda va velosipedda yurish uchun “Salomatlik yo‘laklari”ni tashkil etsin.Mazkur maqsadlar uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi Toshkent shahar hokimligiga 2023-2024-yillarda qaytarish sharti bilan 20 million AQSh dollari miqdorida foizsiz ssuda ajratsin.«Tanlov» – ko‘p yillik jarayon bo‘lib, o‘z ichiga dastlabki tanlov, qayta tanlov (guruhdan guruhga o‘tkazishda saralash), o‘yin funksiyalari bo‘yicha tanlov o‘tkazish, jamoa tarkibiga tanlov asosida qabul qilish kabi bosqichlarni kiritadi. O‘quv-trenirovka jarayonida murabbiy o‘z rahbarligi ostida shug‘ullanayotgan turli yoshga mansub guruh a’zolari tarkibidan qobiliyatli, boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan bolalarni tanlab olishi va ularni o‘ziga faol yordamchi qilib tayyorlashi nafaqat mashg‘ulotlar samaradorligini oshiradi, balki sport intizomi, umuman ta’lim-tarbiya jarayonini maqsadga muvofiq tashkil qilishga yordam beradi. Ushbu masalaning yana bir ahamiyatli joyi, ya’ni yordamchi faollar joyi shundaki, yordamchi faollar ommaviy voleybolni tashkil qilishda, iste’dodli bolalarni izlab topish, turarjoylarda – mahallalardagi bolalarni voleybolga jalb qilish, musobaqalar tashkil qilish, me’yoriy mashq-testlarini hamda
«Alpomish» va «Barchinoy» testlarini qabul qilishda alohida o‘rin egallaydi.Har bir murabbiyni sport to‘garagi va sport maktablarida o‘quv-trenirovka jarayonini maqsadga muvofiq tashkil qilishi uchun shug‘ullanuvchi bolani ta’lim olayotgan maktabi, o‘qituvchilari va ota-onalari bilan hamkorlikda ishlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, murabbiy mashg‘ulotlarni samarali olib borishi, shug‘ullanuvchi bolaning mashqlarni o‘zlashtirishi, uni mahoratini shakllanishi shu bolani maktab va uydagi ahvoli, kayfiyati, dunyoqarashi, qiziqishi hamda xislat va boshqa omillarga bog‘liqdir.Ma’lumki, shug‘ullanuvchi bolani o‘quv-trenirovka jarayonida mashqlarni ongli tushungan holda ijro etishi, yuklamani qanday ijro etayotganligini sezishi, malaka va ko‘nikmalarni hamda o‘yin sirlarini mukammal o‘zlashtira olishi ko‘p jihatdan uning nazariy-intellektual tayyorgarligiga ham aloqadordir. Demak, har bir murabbiy o‘z rahbarligi ostida shug‘ullanayotgan bola haqida barcha ma’lumotlarga ega bo‘lishi, shu bolani nafaqat malakali sportchi qilib yetishtirishga yordam beradi, balki ma’naviy-madaniy jihatdan yetuk inson qilib tarbiyalashda muhim rol’ o‘ynaydi.Sog‘lom avlodni kamolga yetkazish va tarbiyalashning turli yo‘l-yo‘riqlari, o‘ziga xos usullari mavjud. Ayniqsa, bolalarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil qilish, badan tarbiyasi va sport bilan shug‘ullantirish, sport uyinlarni o‘rgatish ota-ona va murabbiy oldidagi muhim vazifa hisoblanadi. Bola tarbiyasidagi bu jihatlar davlat va jamiyat ahamiyatiga molik masaladir. Prezidentimiz bu masalani davr talabi darajasida hal qilishga alohida e’tibor berib, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etishning, shu jumladan, ommaviy sport va jismoniy tarbiya, turizm, sport uyinlarni sportning boshqa milliy turlari va shakllarini amaliyotga joriy etish, ayniqsa, boyitish va shular asosida yoshlarimiz o‘rtasida keng tashviqot olib borishni kun tartibidagi dolzarb masalalar sifatida e’tirof etib o‘tadi. Ta’lim va tarbiyaning bunday uyg‘unligi yetuk insonni tarbiyalash uchun dasturilamal vazifasini o‘taydi. Sport uyinlar, sport turlari ham xalq qadriyatlariga daxldor bo‘lib, ularni yig‘ish, boyitish va bolalarga taqdim etish sog‘lom avlodni tarbiyalash yo‘lidagi muhim va zaruriy vazifalardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |