Бошланғич таълим факультети “Бошланғич таълим методикаси” кафедрасининг ўқитувчиси Жураева Мухтасар Абдукаххоровнанинг



Download 59,51 Kb.
bet6/7
Sana14.07.2022
Hajmi59,51 Kb.
#794127
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qo’l to’pi o’yinining tarixi

To‘pni otish. Otish natijasi bir qator sharoitlarga bog’liq, shular
orasida muhimi raqiblarga kutilmagan vaziyatda otish yo'nalishini
va usulini o‘zgartirishdir. To‘pni ko‘zlagan joyga yo‘naltirishda, ayniqsa, tezlik muhim ahamiyat kasb etadi - uning kuchi tezligiga bog’liq bo’ladi.
To‘p otish texnikasini bajarishda uning energiyasi va vaznini hisobga olish zarur. To‘p otayotgan qoMning keng amplitudadagi harakati gavdadagi barcha mushaklaming qisqarishiga qulay sharoit yaratadi. Lekin o‘yinda bir necha qadamdan so‘ng keng amplitudada qo’lni silkitib to‘p otishni qo’llash anchagina mushkul. Shuning uchun o‘yinchilar va murabbiylarning ijodiy izlanishdan
maqsadi tezlik bilan otish texnikasini (harakatni tezlashtirib, to‘pni ilib olgandan so‘ng darrov sakrab va hokazo) yaratishga qaratilgan.
Darvozaga to‘p otish turlari joyidan, yurib kelib, sakrab va tayangan holatda bajariladi. Eng ko‘p tarqalgan usul harakatda va yuqoridan qo’lni bukib to‘p otishdir. Qo’llarni silkitish natijasida to‘pni otish holati o‘zgaradi. To‘pni otish boshning orqa tomonidan, yelka ustidan yoki yon tomondan bajarilishi mumkin. Bu vujudga kelgan holat va texnikani bajarish xususiyatiga qarab qo’llanadi. Harakat vaqtida qo’lni yuqorida bukib to‘p otish uch xil vaziyatda bajariladi: chalishtirma qadamlardan (skrestniy shag) so‘ng otish,
chalishtirma qadamlarsiz otish va to‘xtab otish.
Chalishtirma qadamlardan so‘ng o‘yinchi yugurib kelib sakrab to‘p otishi yoki ruxsat etilgan uch qadam qoidasidan foydalanishi mumkin. Agar o‘yinchi to‘pni o‘ng qo‘li bilan otmoqchi bo‘lsa, birinchi qadamni chap oyoq bilan boshlaydi, bu holda ikkinchi qadamini qo‘yishda shu oyoq kaftining ichki tomonini yugura tarafiga qarab qo‘yadi. Shu holda to‘p ushlagan qo‘l to‘g‘irlanib, boshning orqa tomoniga o‘tkaziladi va gavdaning yon tomoni darvozaga qaratiladi. To‘p ushlagan qo’lga qaramaqarshi oyoqqa tayanilgandan so‘ng to‘p otish harakati boshlanadi; bu holda gavdaning og‘irligi oldinga o‘tkazilib, darvoza tomon buriladi va to‘p ushlagan qo‘l bukilib, oldinga qarab tezlanish harakatini boshlaydi. Shuni hisobga olish kerakki, qo‘l harakati davomida tirsak panjalardan oldinda bo‘lmog‘i kerak. To‘pni qo’ldan chiqarishda vujudga keladigan kaft va bilak silkitilishiga, keyinchalik gavdaning yuqori qismlariga nisbatan pastki qismlarini
to‘xtatishga olib keladi. Yuqoridan qo‘lni bukib to‘p otish qo‘lni tez siltash yordamida bajariladi. Birinchi, oldinga qo‘yilgan oyoqqa qarama-qarshi qo‘l to‘p bilan orqaga suriladi va keyingi qadamda gavdaning yuqori qismi bilan birga siltanadigan qo‘l oxirgi chegarasigacha orqa tarafga burilishi kerak. Keyingi qadamni qo‘yishda gavda darvoza tomon burilib, tezlik bilan oldinga egiladi va to‘pni qo’ldan chiqaradi. Bu usulning farqi shundaki, to‘p otish bir oyoqqa tayangan holda bajariladi.
XULOSA
Milliy dasturda ta’lim muassasalari mustaqilligini kengaytirish, o‘qitish va tarbiya metodlarini tanlash, ta’lim boshqaruvida davlat va jamoat tizimiga o‘tish orqali ta’limni demokratlashtirish ko‘zda tutilgan. Ta’lim tizimi o‘z faoliyati, maqsadi va mazmunini inson qobiliyatini rivojlantirishga, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlashga, shaxs, jamiyat va atrof muhit munosabatlarini uyg‘unlashtirishga yo‘naltirilishi lozim. Bu ta’limning mohiyatini belgilaydi. Ta’limni ijtimoiylashtirish deganda, o‘kuvchilarda yuqori darajadagi ma’naviyatni, madaniyatni, ijodiy fikrlashni shakllantirish, sihat-salomatligini tiklash tushuniladi. Ta’lim jarayonini modernizatsiyalash bosqichida qo’l to’pi o‘yinlardan foydalanishning didaktik asoslarini yaratish orqali o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini kamol toptirish, jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchi faoliyatini boshqarish muhim pedagogik masalalar sirasiga kiradi. Qo’l to’pi o‘yinlardan foydalanishning didaktik asoslarini yaratish uchun: optimal pedagogik-psixologik vaziyatlarni tashkil qilish, fanlararo integratsiyalashuv jarayonini ta’minlashda taqdim qilinayotgan materiallarning pedagogik imkoniyatlaridan keng foydalanish lozim. Maktab o‘quvchilarida qo’l to’pi o‘yinlar orqali sport malakalarini o‘stirish ularda: qo’l to’pi texnikasini anglashlari, o‘quv materialini idrok qilish jarayonini intensivlashtirish zarur. Bu esa o‘z navbatida mustaqilligimizni qadrlay oladigan, o‘zligini, jamiyat, davlat va oila oldidagi ma’suliyatni anglaydigan etuk shaxsni shakllantirish kabi vazifalar bilan bog‘liq jarayondir. Jismoniy tarbiya darslarida o‘yinlar o‘z mazmuni va qoidalari, tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishiga ko‘ra: shartli ravishda didaktik o‘yinlar, musiqiy o‘yinlar va sport o‘yinlarga bo‘linib, ular orqali o‘quvchilarida harakat malakalari, sport texnikasi shakllantiriladi, aqliy faoliyati rivojlanadi, bilimlari chuqurlashadi va kengayadi; axloqiy fazilatlari tarkib topadi. Kuchli ta’sirchan va mustahkam tarbiyaviy va ta’lim tizimini faqatgina fan o‘rnatgan ob’ektiv asoslar va amaliyotda tasdiqlangan qoidalar yordamida rivojlantiriladi

Download 59,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish