VI. Qochiruvhi nerv (n.abdiicens) harakat nervi bo’lib, rombsimon
o’yiq tubidan boshlanadi va ko’z kosasining yuqorigi yorig’idan chiqib, ko’zning
chetki to’g’ri muskulini nerv bilan ta’minlaydi. Bu nerv g’ilay bo’lishga sababchi
bo’lganligi uchun uni g’ilaylik nervi ham deb atashadi.
VII. Yuz nervi (n.facialis) aralash nerv bo’lib, unga parasimpatik
sezuvchi tola va oraliq nerv qo’shiladi. U rombsimon o’yiq tubidan boshlanib,
bosh miya Voroliyev ko’prigining lateral qismidan chiqadi. Yuz nervi barcha
mimika muskullari, bo’yinning teri osti muskullarini nerv bilan ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |