IX. Til – tomoq (halqum) nervi (n.glessop - harygcus) uzunchoq miya
yuzasidan bir nechta ildiz bilan boshlanib, miya qutisidagi bo’yinturuq
teshikdan chiqadi. Bu aralash nerv bo’lib, harakat, sezuvchi va sektor nerv
tolalaridan tarkib topgan.
X. Adashgan nerv (n.vagus) bosh miya nervlarining eng uzuni bo’lib,
aralash nervdir. U uzunchoq miyadan chiqadi. Bu nerv IX – XI nervlar bilan
birgalikda bo’yinturuq teshigi orqali miya qutisiga chiqadi. Bu nervning
sezuvchi tolalari halqum, hiqildoq, til asosining shilliq qavatini va bosh
miyaning qattiq pardasini nerv bilan ta’minlaydi. Harakat tolalari tanglay,
halqum, qizilo’ngach, traxeya, bronxlar, yurak, me’da, ingichka ichak
muskullarini va o’pka, taloqni nerv bilan ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |