Altsgeymer sindromi – demensiyaning ko’p uchraydigan turi bo’lib,
uni birinchi bo’lib 1906 – yilda nemis psixiatori Alois Altsgeymer aniqlagan.
Odatda bu kasallik 65 yoshdan yuqorilarda ko’p uchraydi, lekin undan oldin
ham uchrashi mumkin. Hamma odamlarda kasallik har xil kechadi, lekin
ularning hammasida bir xil alomatlar kuzatiladi. Kasallikning boshlanish davrida
qisqa xotiraning pasayishi kuzatiladi. Kasallik rivojlana borishi bilan xotira,nutq
va aqliy o’ylash butunlay yo’qoladi. Organizm funksiyalarining buzilishi esa
o’limga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |