Bosh buxgalterga yuklatilgan majburiyatlarni amalga oshirish uchun


Buxgalteriya hisobining bosh-jurnal shakli



Download 67,57 Kb.
bet5/8
Sana11.04.2022
Hajmi67,57 Kb.
#544159
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Мухлис

Buxgalteriya hisobining bosh-jurnal shakli

Bosh-jurnal shakli qo'llanilganda buxgalteriya hisobi kitoblarda yoki kartochkalarda yuritiladi. Bu tartibni yuqori tashkilotning bosh buxgalteri belgilaydi. Bunda quyidagi kitoblar qo'llaniladi: ≪Boshjurnal ≫ kitobi, kassa kitobi, mehnat haqi to'lashga tarqatuvchilarga berilgan pullar kitobi, joriy schyotlar va hisob-kitoblami hisobga olish kitobi, deponent qilingan mehnat haqi va stipendiyalarning analitik


hisobini olib borish kitobi, moddiy qiymatliklari miqdor-summali hisobini olib borish kitobi, quyi tashkilotlarni moliyalashtirish bo'yicha hisob-kitoblarni hisobga olish kitobi, maxsus mablag'larni hisobga olish kitobi. Bosh-jurnal kitobi sintetik hisob uchun, qolganlari esa analitik hisob uchun tayinlangan.


2. BUDJET TASHKILOTLARI BOSH BUXGALTERLARINING
HUQUQLARI VA MAS’ULIYATLARI

O'zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tashkil qilishga


budjet tashkilotining rahbari javobgardir. Budjet tashkilotida buxgalteriya
hisobini bosh buxgalter tomonidan boshqariladigan buxgalteriya xizmati
amalga oshiradi.
Budjet tashkilotining bosh buxgalterini tashkilot rahbari tomonidan,
agar yuqori tashkilot bo‘Isa, uning rahbari va bosh buxgalteri bilan kelishib tayinlanadi yoki lavozimdan ozod qilinadi. Budjet tashkilotining bosh buxgalteri to‘g‘ridan-to‘g‘ri mazkur budjet tashkilotining rahbariga, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil qilish masalalari bo'yicha esa yuqori tashkilotning bosh buxgalteriga bo'ysunadi.
Bosh buxgalter lavozimiga maxsus oliy ma’lumoti bo'lgan shaxslar
tayinlanadi. Ayrim hollarda, bosh buxgalter lavozimiga maxsus oliy ma’lumoti bo'lmagan, uning rahbarlik lavozimlarida, buxgalteriyamoliyaviy ishlarda ish staji besh yildan kam bo'lmagan shaxs ham tayinlanishi mumkin. Bosh buxgalter lavozimidan ozod qilinganda yangi tayinlangan bosh buxgalterga (oxirgi shaxs bo'lmaganda-budjet tashkiloti rahbarining buyrug'i bilan tayinlangan xodimga) buxgalteriya hujjatlarining yig'majildlari topshiriladi. Buxgalteriya hujjatlarini qabul
qilish-topshirish jarayonida buxgalteriya hisobining holati va hisobot ma’lumotlarining haqiqiyligi tekshiriladi va budjet tashkilotining rahbari tomonidan tasdiqlaniladigan tegishli qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi.
Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi buxgalteriya hujjatlarining yig'majildlarini qabul qiluvchi va topshiruvchining javobgarliklarini ajratish uchun tuziladi. Shu bilan birga, uning maqsadi buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini qabul qilish-topshirish vaqtida hisobning boshlang‘ich hujjatlarining, hisobotlarning va, birinchi navbatda, moddiy zaxiralar va pul mablagiari hisoblarining holatini ko‘rsatish hamda hisobni tashkil qilish va moliyaviy nazoratni yaxshilash uchun zarur
chora-tadbirlami ishlab chiqish uchun kerakli boiadigan maiumotlami yigishdir. Buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini bosh buxgalterlar (qabul qiluvchi va topshiruvchilar) tomonidan qabul qilish-topshirish budjet tashkiloti rahbarining buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi.
Buyruqda buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini qabul qilishtopshirish
muddatlari ko‘rsatiladi.
Buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini topshirishda yuqori tashkilotning bosh buxgalterining vakili qatnashishi kerak.Ammo, yuqori tashkilot bosh buxgalterining vakili kelmasa ham buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini qabul qilish va topshirish to‘xtatilmaydi. Agar avvalgi bosh buxgalter vafot etganligi yoki
boshqa buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini topshirishda qatnashishi mumkin boimagan sabablar bilan lavozimidan ozod qilingan boisa, u holda yangi tayinlangan bosh buxgalter va yuqori tashkilot bosh buxgalterining vakili tomonidan buxgalteriya
hujjatlarining yig‘majildlarini har vaqtdagi kabi tartibda odatdagi qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi. Buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini qabul qilish-topshirish oldidan kassaning holati tekshiriladi. Kassani tekshirish dalolatnomasi buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini topshirayotgan tomonidan
va qabul qilib oluvchi tomonidan hamda yuqori tashkilot bosh buxgalterining vakili tomonidan imzolanadi va buxgalteriya hujjatlarining yig'majildlarini qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga ilova qilinadi.
Kassani tekshirish dalolatnomasi imzolangandan so‘ng buxgalteriya
hujjatlariningyig‘majildlarini topshirayotgan bosh buxgalter, buxgalteriya
xizmatiga rahbarlik qilishdan chetlatiladi. Bir vaqtning o‘zida yangi
tayinlangan bosh buxgalterning toiov topshiriqlariga, cheklarga va boshqa bank hujjatlariga imzo chekish huquqi rasmiylashtiriladi. Bu imzo chekish huquqi rasmiylashtirilgunga qadar bank hujjatlariga avvalgi bosh buxgalter yangi tayinlangan bosh buxgalter nazorati ostida imzo chekaveradi.
Bundan buyon buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini qabul qilayotgan bosh buxgalter buxgalteriya hisobi va hisobotining holatini tekshirish bilan birga buxgalteriya xizmatining joriy ishiga rahbarlik qiladi. Buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini topshirish buxgalteriya xizraati tomonidan oxirgi marta topshirilgan balans asosida amalga oshiriladi. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasida qaysi sana
holatiga buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini topshirish amalga
oshirilganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini qabul qilish-topshirish jarayonida moddiy zaxiralar va pul mablag'iari hisobi, balansning hisob-kitob moddalarini hamda budjet tashkilotining hisobotining holati tekshiriladi.
Buxgalteriya hisobining va hisobotining holati tekshirilgandan so‘ng qabul qiluvchi va topshiruvchi, hamda yuqori tashkilot bosh buxgalterining vakili tomonidan imzolanadigan buxgalteriya hujjatlari yig'majildlarining qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi.
Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi hujjatlar bilan asoslangan bo‘lishi kerak, ammo buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini qabul qilish-topshirish taftish usullari bilan amalga oshirilishi kerak emas. Agar buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini topshirish jarayonida suiste’mol qilish hollari aniqlanilsa, u holda buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini qabul qilib oluvchi shaxs yuqori tashkilotdan hujjatli taftish tayinlashni talab qilish huquqiga ega bo'ladi. Ammo, bu
buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini qabul qilish-topshirishnito‘xtatishga sabab bo‘lishi mumkin emas.
Topshirayotgan qabul qilish-topshirish dalolatnomasining birorbir
joylariga rozi bo‘lmagan hollarda, u qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga imzo chekishda tegishli dalil-isbotli izohlar qilishga haqlidir, yuqori tashkilot bosh buxgalterining vakili esa mazkur norozilik hollariga o'zining yozma xulosasini berishi kerak. Qabul qilishtopshirish dalolatnomasi uch nusxada tuziladi, uning birinchi nusxasi budjet tashkilotining rahbariga tasdiqlash uchun beriladi, ikkinchi
nusxasi yuqori tashkilotning bosh buxgalteriga yuboriladi, uchinchi
nusxasi esa buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini topshirayotgan shaxsga beriladi.
Buxgalteriya xizmatida ishlovchi har bir xodim o'zining vazifa va
mas’uliyatlarini aniq bilishi va ulaming bajarilishiga javobgar ekanligini
his qilishi uchun bosh buxgalter buxgalteriya xizmatining barcha
xodimlari uchun vazifa va mas’uliyatlami belgilaydi.
Bosh buxgalter tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan hamma xo‘jalik operatsiyalarining nazoratini va buxgalteriya hisobi schyotlarida qayd qilinishini, tezkor axborotlar taqdim qilishni va belgilangan muddatlarda buxgalteriya hisobotini tuzishni ta’minlaydi. Bosh buxgalter tashkilot rahbari bilan birgalikda moddiy qiymatliklami va pul mablag‘larini qabul qilish va berish hamda hisob-kitob va moliyaviy majburiyatlari va xo‘jalik shartnomalari uchun asos boiib xizmat
qiladigan hujjatlarga imzo chekadi. Bu hujjatlar bosh buxgalterning imzosisiz haqiqiy emas, deb hisoblanadi va ijro uchun qabul qilinmaydi. Imzo chekish huquqi bunga vakil qilingan shaxslarga budjet tashkiloti rahbarining yozma farmoyishi bilan berilishi mumkin.
Bosh buxgalterning buxgalteriya xizmati uchun talab qilinadigan
hujjatlami va maiumotlami rasmiylashtirishga va buxgalteriya xizmatiga
topshirishga doir talablari budjet tashkilotining barcha xodimlari uchun majburiy hisoblanadi. Budjet tashkilotining bosh buxgalteriga shartnoma va moliyaviy tartibga to‘g‘ri kelmaydigan operatsiyalar bo‘yicha hujjatlami ijroga va rasmiylashtirishga olish man etiladi. Bunday hujjatlar haqida bo sh buxgalter budjet tashkilot rahbariga yozma axborot beradi. Budjet tashkiloti rahbaridan yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlami
hisobga qabul qilishga yozma farmoyish yoki hujjatga ikkinchi marotaba
imzo olganda bosh buxgalter uni ijro etadi. Bundan so‘ng qonunga zid
boigan operatsiyalar amalga oshirilganligi uchun budjet tashkilotining
rahbari javob beradi.
Moddiy javobgar shaxs(kassir, ombor mudiri va boshqa)lamingtayinlanishi, almashtirilishi va bo‘shatilishi budjet tashkilotining bosh buxgalteri bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.



Download 67,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish