4. BUDJET TASHKILOTLARIDA QO‘LLANILADIGAN
SINTETIK VA ANALITIK HISOB REGISTRLARI
Buxgalteriya hisobining registrlari bo‘lib ikki yoqlama yozishusullariga muvofiq yuritiladigan jumallar, vedomostlar, kitoblar, kartochkalar va tasdiqlangan blank(shakl)lar xizmat qiladi. Operatsiyalaming hisobi kitoblarda yoki kartochkalarda yuritiladi. Sintetik hisob rgistri bo‘lib faqat ≪Bosh-jumal≫ kitobi (308- shakl)
hisoblanadi. Analitik hisob registrlari bo‘lib:
1. Joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari (kartochkasi) (292-shakl);
2. Kassa va haqiqiy xarajatlarni hisobga olish daftari (294-shakl);
3. Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobi bo'yicha inventar
kartochka (binolar, inshootlar, uzatkich qurilmalari, mashinalar va uskunalar,
asboblar, ishlab chiqarish (jihozlari bilan birga) va xo‘jalik inventarlari
hamda transport vositalari hisobi uchun) (AV-6-budjet- shakl);
4. Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisob bo‘yicha inventar
kartochka (chorva mollari, ko‘p yillik daraxtlar va yerlami yaxshilashga
doir kapital xarajatlar uchun) (AV-8-shakl);
5. Asosiy vositalar guruhini hisobga olish bo‘yicha inventar kartochka
(kutubxona fondlari va sahnalashtirish vositalari hisobi uchun) (AV-9- shakl);
6. Asosiy vositalar hisobi bo‘yicha inventar katochkalar ro‘yxati (AV-10 -shakl);
7. Asosiy vositalaming inventar ro‘yxati (AV-13- shakl);
8. Asosiy vositalar bo‘yicha aylanma vedomost (326-shakl);
9. Chorva mollarini hisobga olish daftari (395-shakl);
10. Oziq-ovqat mahsulotlarining kirimi bo‘yicha yig‘ma vedomost
(300-shakl);
11. Oziq-ovqat mahsulotlari xarajati bo‘yicha yig‘ma vedomost (399-shakl);
12. Materiallarning ombordagi hisobi daftari (М-17-shakl);
13. Moddiy qiymatliklaming miqdoriy-summali hisobi daftari (kartochkasi) (296-shakl);
14. Singan idishlami ro‘yxatga olish bo‘yicha kitob (325-shakl);
15. Deponent qilingan ish haqi va stipendiyalaming analitik hisobi bo‘yicha kitob (441-shakl);
16. Bolalar muassasalarida bolalar saqlanganligi uchun ulaming otaonalari
bilan hisob-kitoblar vedomosti (327-shakl);
17. Ish haqi va stipendiya berish uchun tarqatuvchilarga berilgan pullami hisobga olish daftari (f. 320);
18. Qat’iy hisobotdagi blanklami hisobga olish daftari (448-shakl);
19. Aylanma vedomost (285-shakl);
20. Material zaxiralar bo‘yicha aylanma vedomost (М-44-shakl);
21. Kassadan hisobdor shaxslarga pul berish vedomosti (317-shakl);
22. ≪Kassa≫ kitobi (ko-4-shakl);
23. Kartochka-ma’lumotnoma (417-shakl) va boshqalar hisoblanadi.
Agar analitik hisob kitoblarda emas, balki kartochkalarda tashkil
qilingan bo‘Isa, u holda kartochkalar har bir birinchi tartibli schyotbo‘yicha olib boriladigan kartochkalar reestrida ro‘yxatga olinadi.Memorial-ordcrlar ≪Bosh-jumal≫ kitobida (308-shakl) ro‘yxatga olinadi. ≪Bosh-jumal≫ kitobi o‘tgan yilning yakuniy provodkalari yozilgan va qoldiqlar chiqarilgan ≪Bosh-jumal≫ kitobiga muvofiq yil boshiga qoldiqlarni ko‘chirib yozish bilan ochiladi. Unga yozuvlar memorial-orderlar tuzilishi bilanoq, memorial-orderlar-yig‘uvchi
vcdomostlar tuzilganda esa oyiga bir marotaba yoziladi. Memorialordeming
summasi dastlab ≪Order bo'yicha≫ ustuniga, keyin esa tegishli subschyotlaming debetiga va kreditiga yoziladi. Barcha subschyotlar bo‘yicha oylik aylanma summasi debet bo'yicha ham, kredit bo‘yicha ham ≪Order bo'yicha summa≫ ustunning jamiga teng bo‘lishi kerak.Oylik aylanmalardan keyingi ikkinchi qatorga har bir subschyot bo‘yicha kelgusi oyning boshiga qoldiq chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |