Bosh buxgalterga yuklatilgan majburiyatlarni amalga oshirish uchun


Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli



Download 67,57 Kb.
bet4/8
Sana11.04.2022
Hajmi67,57 Kb.
#544159
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Мухлис

Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli

Bu shakl qo‘llanilganda ayrim boshlang‘ich hisob hujjatlari yoki guruhlovchi va yig‘uvchi vedomostlar asosida memorial-orderlar tuziladi va har bir memorial-ordeming umumiy summasi ro‘yxatga olish jumaliga yoziladi. Memorial-orderlaming ma’lumotlari bosh kitobga yoki bosh kitobning o‘mini bosadigan nazorat vedomostiga yoziladi. Bunda debet subschyoti bo'yicha korrespondensiyalanuvchi


kreditlanuvchi subschyotlar hamda kredit subschyoti bo'yicha korrespondensiyalanuvchi debetlanuvchi subschyotlar ko'rsatiladi. Oy tugagandan keyin har bir subschyotning debeti va krediti bo'yicha yozuvlar jami (aylanmasi) sintetik schyotlar bo'yicha aylanma vedomostga o'tkaziladi. Bu vedomostning jami ro'yxatga olish jumali bo'yicha jami summa bilan solishtiriladi. Memorial-orderlarga ilova qilingan hujjatlaming ma’lumotlari bo'yicha analitik hisob schyotlari
olib boriladi; oyning oxirida ular asosida aylanma vedomostlari tuziladi;
sintetik schyotlarbo‘yicha aylanma vedomost bilan solishtiriladi. Sintetik
schyotlar bo‘yicha aylanma vedomost asosida balans tuziladi. Memorial-order shaklning asosiy kamchiliklari bo‘lib analitik hisobning sintetik hisobdan alohidaligi, bitta summani ko‘p marotaba yozilishi (memorial-orderda, ro‘yxatga olish jumalida, sintetik hisob va analitik hisob registrlarida), hisobot tuzishda joriy hisob ma’lumotlarini yig‘ib chiqilishi va guruhlashtirilishini amalga oshirish kerakligi
hisoblanadi.


61-sonli buxgalteriya hisobi bo'yicha yo'riqnomaga muvofiq xaraja
tla r smetalarining ijrosini buxgalteriya hisobi buxgalteriya hisobining
memorial-order shakli bo ‘yicha amalga oshirilishi belgilangan.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli

Vazirliklar va idoralar ayrim hollarda budjet tashkilotlariga xarajatlar smetalarining ijrosini buxgalteriya hisobini belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan ko'rsatmalar bo‘Isa buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida olib borishga ruxsat berilishi mumkin.


Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli boshlang‘ich hisob hujjatlarining ma’lumotlarining sintetik va analitik hisobini olib borish uchun kerak bo'lishi nuqtayi nazaridan kelib chiqib yig‘ish prinsiplaridan foydalanishga asoslangandir. Hisobning bu shaklida yig‘uvchi registrlaming ikki xili qoilaniladi: jumal-orderlar va
yordamchi vedomostlar. Jumal-orderlarda korrespondensiyalanuvchi schyotlar keltiriladi, shuning uchun ham memorial-orderlami tuzish zarurati yo‘qoladi. Jumal-orderlarda yozuvlar xronologik tartibda olib boriladi, shuning uchun ham ro'yxatga olish jumalini yuritishning keragi bo'lmaydi.
Boshlang‘ich hisob hujjatlarining yoki yordamchi va guruhlovchi vedomostlarning ma’lumotlari har bir sintetik schyotga alohida-alohida yuritiladigan jumal-orderlarga yoziladi. Ayrim jumal-orderlar bir nechta o‘zaro aloqador sintetik schyotlar uchun tayinlangan bo‘ladi. Jumalorderlar kredit a’lomati bo‘yicha tuzilgan, ya’ni ularda yozuvlar mazkur schyotning krediti bo'yicha korrespondensiyalanuvchi debetlanuvchi schyotlar bilan amalga oshiriladi. Budjet tashkilotining kassa va talab
qilib olgunga qadar depozit hisobvaraqlari bo'yicha operatsiya ustidan qat’iy nazoratni ta’minlash uchun debet bo'yicha maxsus vedomostlar ham yuritiladi. Jumal-orderlaming oylik jami bosh kitobga o'tkaziladi. Bu bosh kitob memorial-order shaklida olib boriladigan bosh kitobdan shaklan farq qiladi, chunki schyotning krediti bo'yicha kredit aylanmaning umumiy summasini korrespondensiyalanuvchi debetlanuvchi schyotlar bo'yicha bo'linmasdan yozish uchun bir ustun ko'zda tutilgan. Bundan tashqari, aylanmani yozish uchun har bir oyga faqat bir qator ajratiladi
va saldo ko'rsatiladi. Bosh kitob asosida (sintetik schyotlar bo'yicha
aylanma vedomost tuzmasdan) balans tuziladi. Jurnal-orderlarda ko'pgina schyotlar bo'yicha sintetik va analitik hisoblar birga olib boriladi. Katta miqdordagi shaxsiy schyotlarga ega bo'lgan schyotlar bo'yicha alohida analitik hisob olib boriladi.
Bu analitik schyotlar bo'yicha aylanma yoki saldo vedomostlari
tuziladi. Buxgalteriya hisobining jumal-order shaklida yozuvlar va registrlar
soni qisqaradi; analitik hisob sintetik hisob bilan yaqinlashtiriladi; ko'pgina hisobot ko'rsatkichlarni joriy hisob registrlaridan to'g'ridanto'g'ri olish imkoniyati paydo bo'ladi, bu esa hisobotni tuzishni osonlashtiradi va tezlashtiradi hamda hisobning analitik sifatini yuqori ko'taradi.
Buxgalteriya hisobining jumal-order shaklining kamchiliklari ayrim
jumal-orderlaming tuzilishi murakkabligi va beso'naqayligi, buxgalteriya
hisobida shaxsiy kompyuterlar qo'llanilgan hollarda jumal-orderlami
qo'llashning qiyinligi hisoblanadi.



Download 67,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish